Ne’matjonova Yulduz O‘tkirjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro tajribalar asosida pedagogik oily o‘quv yurtlarida ta’lim sifati tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3405.
Ilmiy rahbar: Qosimov Shavkat Urolovich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro tajribalar asosida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida taʼlim sifati tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni ijodiy qo‘llashning uslubiy imkoniyatlari (moslashish, akademik muhitning dinamik o‘zgarishi) sinergetik (sifatning turli jihatlarini o‘zaro to‘ldirish), tizimli, kompetensiyaviy, talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvlarining  mazmuni asosida aniqlashtirilgan;
xorijiy tajribalar asosida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini rivojlantirishning asosiy shartlari institutsional muhit, talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi va “talaba markazlilik” tamoyillariga hamda akademik madaniyat, halollik, o‘z–o‘zini baholash, tashqi talablar va formatga muvofiq o‘z–o‘zini baholash mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
xalqaro tajribalar asosida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini takomillashtirish modeli xalqaro tajribaning Evropa va AQSh o‘lchoviga o‘zaro moslik (compatibility) va o‘xshashlikni (comparability) me’yoriy tavsiflashni milliy manfaatlarga moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalarida “Qiyosiy pedagogika” fanini oʻqitishda taʼlim sifatining zamonaviy yondashuvga taalluqli tushunchalarni singdirish maqsadida “Buni bilasizmi?” metodi; “Qanday?” ierarxik diagrammasi, “SWOT – tahlili”, “Tushunchalar tahlili”, “Konseptual jadval” kabi usullarning imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida xalqaro tajribalar asosida taʼlim sifatini takomillashtirishga oid tadqiqot jarayonida erishilgan ilmiy–tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni ijodiy qo‘llashning uslubiy imkoniyatlari (moslashish, akademik muhitning dinamik o‘zgarishi) sinergetik (sifatning turli jihatlarini o‘zaro to‘ldirish), tizimli, kompetensiyaviy, talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvlarining  mazmuni asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan o‘quv dasturlari va darsliklari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023–yil 1–maydagi 4/17–1/2–son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy o‘quv yurtlarida taʼlim sifat ta’minlashga doir ta’lim mazmuni boyitilgan;
xorijiy tajribalar asosida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini rivojlantirishning asosiy shartlari institutsional muhit, talaba shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi va “talaba markazlilik” tamoyillariga hamda akademik madaniyat, halollik, o‘z–o‘zini baholash, tashqi talablar va formatga muvofiq o‘z–o‘zini baholash mezonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishdan Termiz davlat universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS+dasturi doirasida 2020–2021 yillar davomida amalga oshirilgan 574099–EPP–1–2016–1–IT–EPPKA2–CBHE–SP raqamli “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER–hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy–amaliy loyihaning maqsadli ko‘rsatgichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023–yil 1–maydagi 4/17–1/2–son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy taʼlim sifati ko‘rsatgichlari mazmunini takomillashtirish orqali ta’lim mazmuni boyitilgan;
xalqaro tajribalar asosida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini takomillashtirish modeli xalqaro tajribaning Evropa va AQSh o‘lchoviga o‘zaro moslik (compatibility) va o‘xshashlikni (comparability) me’yoriy tavsiflashni milliy manfaatlar bilan takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan “Qiyosiy peagogika” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023–yil 1–maydagi 4/17–1/2–son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qiyosiy o‘rganish va ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirishga erishilgan;
pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalarida “Qiyosiy pedagogika” fanini oʻqitishda taʼlim sifatining zamonaviy yondashuvtga taalluqli tushunchalarni singdirish maqsadida “Buni bilasizmi?” metodi; “Qanday?” ierarxik diagrammasi, “SWOT – tahlili”, “Tushunchalar tahlili”, “Konseptual jadval” kabi usllarning uslubiy imkoniyatlari aniqlashga oid amaliy taklif va xulosalardan “Oliy ta’lim professor–o‘qituvchilarining masofaviy ta’lim muhitidagi pedagogik kompetensiyalari tizimini rivojlantirish” maxsus kursini ishlab chiqishda foydalanilgan(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023–yil 1–maydagi 4/17–1/2–son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida taʼlim sifati tizimini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirishninng o‘quv–metodik ta’minoti mazuini boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish