Mavrulova Nilufar Abduxalilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy sug‘urta sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Iqt412.
Ilmiy maslahatchi: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ldoshev Qamariddin Mansurovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda umumiy sug‘urta sohasini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ish beruvchi tomonidan xodimlarni baxtsiz hodisalardan va kasalliklardan sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urta kompaniyalariga yo‘naltiriladigan mablag‘larni jismoniy shaxslarning jami daromadidan chegirish asosida soliq imtiyozini qo‘llash taklif etilgan;
sug‘urta faoliyati klassifikatorini umumiy sug‘urta sohasiga «Tibbiy sug‘urta» klassini kiritish orqali kengaytirish taklifi ishlab chiqilgan va to‘lov xususiyatlariga ko‘ra klassifikatorning 1- va 2-klasslaridan farqlanish jihatlari aniqlashtirilgan;
sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta risklarini baholash va boshqarish maqsadida umumiy sug‘urta turlarining tarifikatsiya tizimini risk guruhlari va risklar antiseleksiyasi bo‘yicha shakllantirish orqali sug‘urta mukofotlarining zararlilik darajasini kamaytirish hamda sug‘urtalovchining ROE va ROA koeffitsientlarini tartibga solish mumkinligi asoslangan;
jamiyatda sug‘urta madaniyatini va aholining sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish, sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish va sug‘urta qoplamalarini to‘lash tartibini keng yoritish orqali sug‘urtaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 0,8 foizga etkazish taklifi asoslangan;
umumiy sug‘urta sohasiga oid moliyaviy natijalarning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqlash asosida sug‘urta mukofotlarining 2027 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy sug‘urta sohasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ish beruvchi tomonidan xodimlarni baxtsiz hodisalardan va kasalliklardan sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urta kompaniyalariga yo‘naltiriladigan mablag‘larni jismoniy shaxslarning jami daromadidan chegirish asosida soliq imtiyozini qo‘llash bo‘yicha berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 22 avgustdagi 04/23-3-348-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilning 1 yanvaridan 2024 yilning 1 yanvariga qadar sug‘urtalangan jismoniy shaxslarning daromadiga soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi joriy etilib, ushbu imtiyozdan foydalanish orqali 2022 yilda o‘tgan davrga nisbatan 31 foizlik o‘sish bilan 107,8 mlrd. so‘m miqdoridagi sug‘urta tushumlari ta’minlangan;
sug‘urta faoliyati klassifikatorini umumiy sug‘urta sohasiga «Tibbiy sug‘urta» klassini kiritish orqali kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning 1-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 22 avgustdagi 04/23-3-348-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini lisenziyalash pasporti tasdiqlanib, «Tibbiy sug‘urta» klassi umumiy sug‘urta sohasining 18-klassi etib belgilangan hamda sug‘urta bozorida ijtimoiy sug‘urta turlarini kengaytirish va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta risklarini baholash va boshqarish maqsadida umumiy sug‘urta turlarining tarifikatsiya tizimini risk guruhlari va risklar antiseleksiyasi bo‘yicha shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning 14-bandida aks etgan hamda sug‘urtalovchilarning umumiy sug‘urta sohasi bo‘yicha tarif siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 27 oktyabrdagi 59-son va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasining 2023 yil 8 iyundagi 1480-son ma’lumotnomalari). Natijada, umumiy sug‘urta sohasida tarif siyosatini va kapital etarliligini tartibga solish imkoniyati yaratilib, 2022 yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha, sug‘urta kompaniyasida asosiy faoliyatdan 21,7 mlrd.so‘mlik foyda olishga erishilgan;
jamiyatda sug‘urta madaniyatini va aholining sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish, sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish va sug‘urta qoplamalarini to‘lash tartibini keng yoritish orqali sug‘urtaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 0,8 foizga etkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning 3- va 6-bandlarida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 22 avgustdagi 04/23-3-348-son ma’lumotnomasi). Sug‘urta madaniyatini oshirish maqsadida umumiy sug‘urta sohasining transparentligini ta’minlash tartibi ishlab chiqilgan va sug‘urta da’volarini tartibga solishning ekotizimi yaratilgan. Natijada, aholining sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish orqali 2022 yilda umumiy sug‘urta sohasida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmining o‘tgan davrga nisbatan 36,01 foizga ortishiga erishilgan;
umumiy sug‘urta sohasiga oid moliyaviy natijalarning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqlash asosida sug‘urta mukofotlarining 2027 yilgacha prognoz qiymatlari va unda aniqlangan gipoteza natijalaridan sug‘urta kompaniyasi faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2023 yil 27 oktyabrdagi 59-son va «APEX INSURANCE» AJ sug‘urta kompaniyasining 2023 yil 8 iyundagi 1480-son ma’lumotnomalari). Natijada, sug‘urta mukofotlari qiymatiga YaIMning o‘zgarishi, aholi daromadlari ta’sirini baholash orqali 2027 yilga kelib umumiy sug‘urta sohasining makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri ortishi aniqlangan va avvalgi davrga nisbatan 49 foizga o‘sishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish