Qurbonov Nurbek Nurillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energiya resurslari ishlatilishi samaradorligini baholash usullari va algoritmlari”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (B2023.4.PhD/T3143).
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ikromjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Muzaffar Burxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Reymov Kamal Mambetkarimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energiya samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari: mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiyaning solishtirma sarfi, energiya isroflari va ekologik ta’sirni aniqlashning usullari va algoritmlarini ishlab chiqish asosida energiya iste’moli samaradorligini baholashning raqamli tizimini (EBRT) yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energiya resurslari iste’moli samaradorligini baholashning raqamli tizimi ma’lumotlari bazasini shakllantirish va ularni qayta ishlash usuli va algoritmi universallik tamoyili asosida takomillashtirilgan;
energiya resurslari iste’moli samaradorligini tashkil etuvchi faktorlar ulushini aniqlashning matematik modeli va algoritmi davriy ma’lumotlarning o‘zgarish qonuniyatini hisobga olib ishlab chiqilgan;
energiya resurslari iste’moli samaradorligini baholashda tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirish, tanlash va qaror qabul qilish usuli va algoritmi sun’iy neyron tarmoqlar asosida takomillashtirilgan;
energiya iste’moli samaradorligini baholashning raqamli tizimi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiyaning solishtirma sarfi, energiya isrofi va ekologik ta’sirni aniqlash usullari va algoritmlari asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energiya resurslari ishlatilishi samaradorligini baholash usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiyasini tahlil qilish, me’yorlash va prognozlash usullari va algoritmlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2-Misni boyitish fabrikasida joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2021 yil 22 noyabrdagi AA-009537 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energiya iste’molini me’yorlash va prognozlash ko‘rsatkichlarini 5% gacha yuqori aniqlikda aniqlash va energiya balanslarini qurish imkonini bergan;
energiya resurslari iste’moli samaradorligini baholashning raqamli tizimi ma’lumotlari bazasini shakllantirish va ularni qayta ishlash usuli va algoritmi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2-Misni boyitish fabrikasida joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2021 yil 22 noyabrdagi AA-009537 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, energiya resurslarini iste’mol qilish jarayonlari bilan bog‘liq ma’lumotlarning almashinish tezligini hamda ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
sun’iy neyron tarmoqlar asosida tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirish, tanlash va ular asosida qaror qabul qilish usuli va algoritmi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 1 fevraldagi №23/01-01-07/48 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilgan tashkiliy texnik tadbirlarning joriy etilishi elektr energiyasi iste’molini 3% gacha kamaytirish imkonini bergan;
energiya iste’moli samaradorligini baholashning raqamli tizimi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 1 fevraldagi №23/01-01-07/48 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli tizimning joriy etilishi energiya resurslari iste’moli samaradorligini baholash va elektr energiyasi iste’molini kamaytirish hisobiga 92 882 238 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.