Axmedov Sayfullo Normatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): «O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanishni iqtisodiy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. DSc/Iqt171.
Ilmiy maslahatchi: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: YO‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Rustam Xasanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Toxir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanishni iqtisodiy boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholiga markazlashgan tizim orqali ichimlik suvini etkazib berish zanjirining har bir bo‘gʼinida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni muvofiq tarzda hisobga olish orqali suv resurslaridan foydalanish natijalarini sifat va miqdor jihatdan ifodalanishini ta’minlovchi iqtisodiy yondashuvni joriy etish asosida suvdan oqilona foydalanishni boshqarish samaradorligini oshirish asoslangan;
suv resurslaridan foydalanishni iqtisodiy boshqarish samaradorligini baholash uslubiyoti hududlarda foydalanilgan suv hajmini YaIMga nisbatan hisoblash yondoshuviga ko‘ra “zaif salbiy ajratish” [e>1.2]; “kengaytirilgan ulanish” [e=0.8-1.2]; “zaif ajralish” [e=0.0-0.8]; kuchli ajralish [e<0] mezonlari asosida takomillashtirilgan;
global isish sharoitida suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni hamda sogʼlom atrof-muhit va ekotizimni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan suv resurslariga ehtiyojni o‘zaro muvofiqlashtirishga asoslanuvchi suv resurslarini kompleks boshqarish konsepsiyasi asosida takomillashtirilgan;
mamlakatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») raqamli texnologiyalarni joriy qilish asosida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida boshqa omillarning o‘zgarmas sifatida qabul qilinishi shartiga asoslangan optimistik ssenariy asosida iqtisodiyot sohalarida foydalaniladigan suv hajmining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda suv resurslaridan samarali foydalanishni iqtisodiy boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholiga markazlashgan tizim orqali ichimlik suvini etkazib berish zanjirining har bir bo‘gʼinida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni muvofiq tarzda hisobga olish orqali suv resurslaridan foydalanish natijalarini sifat va miqdor jihatdan ifodalanishini ta’minlovchi iqtisodiy yondashuvni joriy etish asosida suvdan oqilona foydalanishni boshqarish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakat hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanishni rivojlantirishga oid iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03/26-2919-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida «Toshkent suv ta’minoti» korxonasi abonentlari uchun bir kubometr suv tarifi 950 so‘mdan 1700 so‘mga (QQSsiz), byudjet va ulgurji savdo tashkilotlari uchun 4000 so‘mdan 7000 so‘mgacha oshirish, aholi uchun oqova suv xizmatlari tarifi 1 kubometr uchun 700 so‘mdan 850 so‘mga (QQSsiz), byudjet va viloyat tashkilotlari uchun 1300 so‘mdan 1850 so‘mga oshirish orqali suvdan oqilona foydalanish boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
suv resurslaridan foydalanishni iqtisodiy boshqarish samaradorligini baholash uslubiyoti hududlarda foydalanilgan suv hajmini YaIMga nisbatan hisoblash yondoshuviga ko‘ra “zaif salbiy ajratish” [e>1.2]; “kengaytirilgan ulanish” [e=0.8-1.2]; “zaif ajralish” [e=0.0-0.8]; kuchli ajralish [e<0] mezonlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakat hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanishni rivojlantirishga oid iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03/26-2919-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida respublika tarmoq va hududlarida suvdan foydalanish holati baholanib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
global isish sharoitida suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni hamda sogʼlom atrof-muhit va ekotizimni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan suv resurslariga ehtiyojni o‘zaro muvofiqlashtirishga asoslanuvchi suv resurslarini kompleks boshqarish konsepsiyasi asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakat hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanishni rivojlantirishga oid iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03/26-2919-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida respublika iqtisodiyoti sohalari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanish hajmi 2022 yilda 43661,6 mln.m3 ni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 15,1 foizga kamaytirishga erishilgan;
mamlakatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») raqamli texnologiyalarni joriy qilish asosida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakat hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanishni rivojlantirishga oid iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03/26-2919-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida respublikadagi tomchilatib sugʼoriladigan er maydonlari hajmini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 12,5 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida boshqa omillarning o‘zgarmas sifatida qabul qilinishi shartiga asoslangan optimistik ssenariy asosida iqtisodiyot sohalarida foydalaniladigan suv hajmining 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakat hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanishni rivojlantirishga oid iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-sentyabrdagi 03/26-2919-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida belgilangan suvdan foydalanishning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish