Axmedova Xolisxon Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tilidagi gaplarni semantic analiz qilishning modeli, algoritmlari va axborot tizimini ishlab chiqish», 05.01.10- Axborot olish tizimlari va jarayonlari  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2289
Ilmiy rahbar: Elov Botir Boltaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobirjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Muxamedieva Dilnoz Tulqunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili semantik analizatori uchun omonim, polisemantik va polifunksional so‘zlarni semantik analiz qilish jarayonlarini modellashtirish, ma’lumotlar bazasi va tuzilmalarini yaratish hamda axborot tizimi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi omonim, polifunksional va polisemantik so‘zlarni kontekstda farqlash usullari aniqlandi hamda semantik analizator axborot tizimining  konseptual modeli ishlab chiqilgan;
ma’lumotlar bazasining asosiy atributlari yordamida ma’lumotlarni jamlash, ishlov berish uchun ma’lumotlarning relyasion modeli va normallashtirish qoidalari asosida o‘zbek tilidagi omonim, polifunksional va polisemantik so‘zlarni semantik farqlovchi axborot tizimining ma’lumotlar bazasining ER modeli ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilidagi omonim, polisemantik va polifunksional so‘zlarni semantik farqlovchi biznes- jarayonlarining BPM modellari ishlab chiqilgan va jarayonlari lingvistik ma’lumotlar bilan ta’minlangan;
statistik ma’lumotlarga asoslangan holda gap tarkibidagi omonimiya, polisemiya va polifunksionallikni  aniqlash, qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi ma’lumotlarni jamlash, ishlov berish va taqdim etish axborot tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Semantik analizatorning axborot-qidiruv tizimidagi ahamiyati, axborot qidiruv tizimida omonim, polifunksional hamda ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlashning matematik modellari, o‘zbek tili semantik analizatori uchun omonim, polifunksional va ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlashni amalga oshiruvchi matematik modellar, biznes-jarayon va axborot tizimidan:
o‘zbek tilidagi omonim, polifunksional va polisemantik so‘zlarni gap tarkibida semantik tahlil qilishni amalga oshiruvchi dasturiy majmuaning Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi davlat muassasasi faoliyatiga joriy qilingan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 22 noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan matematik modellar va biznes-jarayonlar majmuasini joriy qilish va sinovdan o‘tkazish natijasida o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan jami 3000 ga yaqin omonim so‘zlarni farqlovchi usullar aniqlangan, 19 ta matematik model, polisemantik so‘zlarni farqlovchi matematik mantiqqa asoslangan 1 ta model va polifunksional so‘zlarni semantik farqlovchi jami 5 ta matematik model ishlab chiqilgan; tadqiqot davomida ishlab chiqilgan axborot tizimida “Qoidalarga asoslangan usul”, “Chastotali usul”, “Naïve Baes klassifikatori” hamda Yashirin Markov modellaridan foydalanilgan va ishlab chiqilgan biznes-jarayonlar asosida omonimiyani bartaraf etish aniqligi 84 foizni, polisemiyani farqlash aniqligi 73 foizni va polifunksionallikni farqlash aniqligi 74.5 foizni tashkil etgan.
tadqiqot natijalaridan Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan “Mustafo Software MChJ” dasturlash firmasi dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan “MyDoctor consultant” dasturini yaratishda foydalanildi (Mustafo Software MChJ” direktorining 2023-yil 1-fevraldagi dalolatnomasi). Tadqiqot natijalaridan foydalanish natijasida inson a’zolari orasidagi ko‘p ma’nolilikni aniqlashga erishildi. Berilgan xulosalardagi ma’nolarni aniqlashda semantik o‘xshashliklarni aniqlash natijalaridan foydalanildi. Bu “MyDoctor consultant” dasturining samaradorligini 1.2 barobarga oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish