Nazarov Shaxzod Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yong‘oq zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1033
Ilmiy rahbar: Shukurov Xushvaqt Mamasolievich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raxmonova Madina Kimsanboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida yong‘oqzorlarda uchraydigan asosiy zararkunandalarning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, topilgan zararkunandalarni eʼtirof etish hamda ularning yong‘oq daraxtlariga keltiradigan zararini aniqlash, shuningdek ularga qarshi kurash choralarini qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yong‘oq barg o‘rovchisi (Archips argyrospila W.) ning bioekologik hususiyalari birinchi marta aniqlangan;
yong‘oq mevalarida uchraydigan kemiruvchi hamda so‘ruvchi hasharot va kanalarning 13 ta turini sistematik tutgan o‘rni belgilab berilgan;
hasharotlarni zarari bo‘yicha asosiy dominant 2 ta kemiruvchi hamda 3 ta so‘ruvchi turlarni ajratib, ularning zararini baholash asoslangan;
zararkunanda hasharotlarning 3 ta turi (yong‘oq mevaxo‘ri, yong‘oqning barg ustki katta va barg ostki kichik shiralari) ning tabiiy entomofag (yirtqich va parazit) lari aniqlangan hamda ularning sonini boshqarishdagi ahamiyati aniqlangan;
kemiruvchi va so‘ruvchi zararli hasharotlarga qarshi umumiy kurash tizimini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yong‘oq daraxti zararkunandalariga qarshi kurashish asosida ushbu yong‘oqzorlarni himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
Yong‘oq daraxti zararkunandalariga qarshi kimyoviy kurash choralari Toshkent viloyatining Bo‘stonlik va Qibray tumanlarida yong‘oqning Chandler, Ideal, Yubileyniy, Bo‘stonskiy navlarida 58,7 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022–yil 25–noyabrdagi №04/021–5668-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yong‘oqzorlarning hosili saqlab qolinib, yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan;
yong‘oq daraxtining asosiy zararkunandalaridan yong‘oq mevaxo‘riga qarshi Difen super 55% n.kuk. 0,15–0,25 kg/ga., Roskypso OD 0,5–0,6 l/ga., Aktinara 240 SC 0,15–0,25 l/ga. va Karat Gold 5% em.k. 0,4–0,8 l/ga. sarf miqdorida preparatlarini qo‘llash joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022–yil 25–noyabrdagi №04/021–5668-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan iqtisodiy samaradorligi 6104,5 ming so‘mdan 7885,0 ming so‘mni tashkil etib, har bir sarflangan so‘m o‘zini 7,6–11,3 martagacha samaradorlikka erishilgan;
Toshkent viloyatining Bo‘stonlik tumani yong‘oqzorlarda shiralar va kanalarga qarshi Difen super 55% n.kuk., Roskypso OD, Aktinara 240 SC va Karat Gold 5% em.k. insektoakarisidlari 11,7 gektarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022–yil 25–noyabrdagi №04/021–5668-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektardan 7621,5 ming so‘mdan 9019,7 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan, har bir sarflangan so‘m o‘zini 9,5 marttadan 13,3 martagacha samaradorlikka erishilgan hamda har bir gektardan 25–31 sentner hosil saqlab qolish imkoniyati yaratilgan. Preparatlarni qo‘llash natijasida har bir gektardan o‘rtacha 6–9,5 mln. so‘mgacha qo‘shimcha foyda olingan.