Nosirova Dilnoza Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondoshuv asosida talabalarning ma’naviy tafakkurini rivojlantirish (sport o‘yinlari misolida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3. PhD/Ped 3834.
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Komiljon Burxonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba yoshlardagi ma’naviy dunyoqarashni va tafakkurni rivojlantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdn iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport o‘yinlari talaba yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishning kognitiv, akmeologik, aksiologik omillari kabi pedagogik-psixologik jihatlari, ma’naviy idealning roli va e’tiborga molikligini yaxlitlilik tamoyili asosida jismoniy tarbiya murabbiylari hamda o‘qituvchilarida axloqiy komponentlari ta’limiy sharoitda aniqlashtirilgan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib borish paytida talaba yigit-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishning blok–modulli integratsiyalashgan tizimini ma’naviy sharoit va ma’naviy ideal bilan o‘zaro uyg‘unligini noan’anaviy va innovatsion ko‘rinishlarini birlashtirish orqali takomillashtirilgan;
talaba yoshlar ma’naviyatini oshirishning profilaktik texnologiyasi empatiya ko‘rsatkichi diagnostikasi ijtimoiy da’vatlarni maqullab, quvvatlash hamda rag‘bat bildirish bilan birga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari asnosida talabalarning ma’naviyati areasini kengaytirishning profilaktik texnologiyasi takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida talabalarning ma’naviy fazilatlarni (emotsional-hissiy, intensiv-ekspressiv, integrativ komponentlar) rivojlantirishga oid tarbiya berish xususiyatiga ega sport o‘yinlari tadbirlari ustida loyiha yaratish hamda uning natijadorligini baholash integrativ topshiriqlarni bajarish metodlarini qo‘llashni samarali tatbiq etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy yondashish natijasida talabalarning ma’naviy dunyosini, ong-tafakkurini rivojlantirishga doir ilmiy natijalari:
sport o‘yinlari talaba yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishning kognitiv, akmeologik, aksiologik omillari kabi pedagogik-psixologik jihatlari, ma’naviy idealning roli va e’tiborga molikligini yaxlitlilik tamoyili asosida jismoniy tarbiya murabbiylari hamda o‘qituvchilarida axloqiy komponentlari ta’limiy sharoitda aniqlashtirilgan takliflaridan Termiz davlat universiteti va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutlarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2020-2022-yillar doirasidagi AIF–2/19–20 “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy negizini hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023–yil 25–apreldagi 061/12–1685–son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiya va takliflar 60112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talaba yoshlarning ma’naviy tafakkurini rivojlantirishga yordam bergan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini olib borish paytida talaba yigit-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishning blok–modulli integratsiyalashgan tizimini ma’naviy sharoit va ma’naviy ideal bilan o‘zaro uyg‘unligini noan’anaviy va innovatsion ko‘rinishlarini birlashtirish orqali hosil qilishga oid tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019–2022–yillarda bajarilgan 574099–EPP–1–2019–1–IT–EPPKA2–CBHE–SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023–yil 25–apreldagi 061/12–1685–son ma’lumotnomasi). Natijada, 60112000–Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga mo‘ljallangan “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” deb nomlanuvchi qo‘llanmada aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-maydagi 02/01–01–71–son ma’lumotnomasi). Innovatsion yondashuv zamirida talabalarning ma’naviy tafakkurini kengaytirish, mayda guruhlarda tarbiyaga oid ishlar natijadorligini ko‘paytirish imkonini bergan;
talaba yoshlar ma’naviyatini oshirishning profilaktik texnologiyasi empatiya ko‘rsatkichi diagnostikasi ijtimoiy da’vatlarni maqullab, quvvatlash hamda rag‘bat bildirish bilan birga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari asnosida talabalarning ma’naviyati areasini kengaytirishning profilaktik texnologiyasi takomillashtirilgan tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019–2022–yillarda bajarilgan 574099–EPP–1–2016–1–IT–EPPKA2–CBHE–SP Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash (2019–2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-maydagi 02/01–01–71–son ma’lumotnomasi). Natijada, shunday yondashishlar talaba yigit-qizlar ma’naviyatini orttirishning sifatihamda natijadorligi ta’minlagan;
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida talabalarning ma’naviy fazilatlarni (emotsional-hissiy, intensiv-ekspressiv, integrativ komponentlar) rivojlantirishga oid tarbiya berish xususiyatiga ega sport o‘yinlari tadbirlari ustida loyiha yaratish hamda uning natijadorligini baholash integrativ topshiriqlarni bajarish metodlarini qo‘llashni samarali tatbiq etish orqali takomillashtirilgan. tavsiyalardan Termiz davlat universiteti va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutlarining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019–2020–yillar doirasidagi AIF–2/19–20 “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy negizini hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy–uslubiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023–yil 25–apreldagi 061/12–1685–son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari davomida talabalar ma’naviyatini oshirish asosida bo‘lg‘usi mutaxassis o‘qituvchilarda ma’naviy limning ortishni ta’minlagan.