Baratov Dilshod Doniyarovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi (materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi fani misolida)”, 13.00.02.- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2842.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Chorshanbiev Zafar Esanpulatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari kompetentlikning kreativ, maxsus, ijtimoiy, shaxsiy, individual turlarini, gnostik, refleksiv, kommunikativ komponentlarning psixologik va akmeologik xususiyatlarni tizimlashtirish hamda uslubiy-didaktik ta’minotni raqamli-mobillashtirish asosida ta’minlangan;
talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli ichki va tashqi pedagogik shart-sharoitlar majmuida maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlarni tizimli, kompetentli, foilyatli yondashuvlar va tarkibiy-funksional aspektlarini asoslash hamda modellashtirishning pedegogik apparatiga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirilgan;
talabalarni innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligining motivatsion-shaxsiy, operativ-faoliyatli, kognitiv-refleksiv komponentlarini rivojlantirish metodikasi materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasini o‘qitishning akademik ta’lim shakllarini innovatsion ta’lim shakllariga kombinatsiyalash hamda interfaol ta’lim metodikalarini muhandislik texnologiyalariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi muhandislik mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda kreativ kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari materialshunoslik va konstruksion materiallarning axborotlashtirligan ta’limiy va klasterli muhitini ishlab chiqish ta’lim natijalarini umumlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari kompetentlikning kreativ, maxsus, ijtimoiy, shaxsiy, individual turlarini, gnostik, refleksiv, kommunikativ komponentlarning psixologik va akmeologik xususiyatlarni tizimlashtirish hamda uslubiy-didaktik ta’minotni raqamli-mobillashtirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 10-maydagi 02/01-01-72-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur didaktik ta’minotdan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim sifatini oshirish va talabalarning kreativlik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli ichki va tashqi pedagogik shart-sharoitlar majmuida maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan komponentlarni tizimli, kompetentli, foilyatli yondashuvlar va tarkibiy-funksional aspektlarini asoslash hamda modellashtirishning pedegogik apparatiga ustuvorlik berish natijasida takomillashtirishga doir takliflar “TIQXMMI” MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining “Talabalarning innovatsion faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompitentligini rivojlantirish metodlari” mavzusidagi ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 10-maydagi 02/01-01-72-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur model talabalarning kreativlik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarni innovatsion muhandislik faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligining motivatsion-shaxsiy, operativ-faoliyatli, kognitiv-refleksiv komponentlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, talabalarning konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi muhandislik mutaxassisligiga xos sifatlarini hamda kreativ kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini takomillashtirishga doir takliflar TIQXMMI” MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Jizzax politexnika institutlarida tajriba-sinovidan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil
10-maydagi 02/01-01-72-son ma’lumotnomasi). Natijadan foydalanish talabalarning kreativlik kompetentligini rivojlantirishga hamda ta’limda o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.