Yusupov Dilmurod abdurashidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy o‘quv yurtlarida yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4609.
Ilmiy rahbar: Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Dadamirzaev Muhammadjon G‘ulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. oliy ta’limda yadro fizikasi bo‘limini innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish orqali fizika yo‘nalishi talabalarida yadroviy jarayonlarning zamonaviy tasavvurini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
    fizika yo‘nalishi talabalari uchun atom yadrosi va elementar zarralar fizikasiga oid zamonaviy tasavvurlarni innovasion texnologiyalarni qo‘llash orqali hodisalarni kuzatish, tahlil qilish va mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini  shakllantirish va rivojlantirish asosida yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodlari hamda vositalarini takomillashtirish zarurati asoslangan;
    yadro fizikasini innovasion texnologiyalar orqali o‘qitish samaradorligiga  erishish uchun maqsadli, o‘quv metodik va texnikaviy jarayonlarning natijaviy komponentlariga asosan, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari o‘sishini ta’minlaydigan, ilmiy dunyoqarashlarini rivojlanishini amaliy ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini didaktik tamoyillar, metodlar, vositalar orqali rivojlantirib o‘qitish usullari takomillashtirilgan;
yadro fizikasining asosiy didaktik vositasi sifatida innovatsion texnologiyalar va yadroviy jarayonlarni modellashtirish imkonini beruvchi xorijiy va raqamli texnologiyalarga (TechSmith Camtasia, MX Media Flash, ActivePresenter, EasyQuizzy, AutoPlay MediaStudio, Java script) ustuvorlik berish orqali yangi didaktik ta’minotlar yaratilgan va zamonaviy fan yutuqlari uyg‘unlashgan holda yadro fizikasini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarga yadro fizikasini innovatsion o‘qitish orqali yadro energetikasining fizik asoslari, energiya manbalarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ahamiyatini ko‘rsatuvchi barqaror ta’minot, ekologik tozalik, havfsizlik, mobillik, uzoq muddatlilik kabi parametrlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda yadro fizikasi bo‘limlarini o‘qitish metodikasini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
fizika yo‘nalishi talabalari uchun atom yadrosi va elementar zarralar fizikasiga oid zamonaviy tasavvurlarni innovasion texnologiyalarni qo‘llash orqali hodisalarni kuzatish, tahlil qilish va mustaqil xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish asosida yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodlari hamda vositalarini takomillashtirish zarurati asoslashga oid ma’lumotlar “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘iga asosan berilgan 232-442-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, fizika o‘qitish metodikasida qo‘llanilgan zamonaviy innovatsion kompyuter texnologiyalarini yadro fizikasi bo‘limini o‘qitishdagi imkoniyatlarini kengaytirishga sharoit yaratilgan; 
yadro fizikasini innovasion texnologiyalar orqali o‘qitish samaradorligiga  erishish uchun maqsadli, o‘quv metodik va texnikaviy jarayonlarning natijaviy komponentlariga asosan, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari o‘sishini ta’minlaydigan, ilmiy dunyoqarashlarini rivojlanishini amaliy ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini didaktik tamoyillar, metodlar, vositalar orqali rivojlantirib o‘qitishni takomillashtirishga oid tavsiyalari OT-F2-75-raqamli “Deformatsiyalangan o‘ta og‘ir, transuran va noyob er elementlari yadrolari rotatsion holatlarining xususityatlarini tadqiqoti” mavzusidagi loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil                 5-iyuldagi 02-07-2504/04-son dalolatnomasi). Natijada, yadro fizikasini innovasion texnologiyalar orqali o‘qitish ta’lim texnologiyalarini didaktik tamoyillari, metodlari va vositalarining hamda  talabalarni bilim, ko‘nikma va malakalari o‘sishi, ilmiy dunyoqarashlarini rivojlanish samaradorligi oshirilgan;
yadro fizikasining asosiy didaktik vositasi sifatida innovatsion texnologiyalar va yadroviy jarayonlarni modellashtirish imkonini beruvchi xorijiy va raqamli texnologiyalarga (TechSmith Camtasia, MX Media Flash, ActivePresenter, EasyQuizzy, AutoPlay MediaStudio, Java script) ustuvorlik berish orqali yangi didaktik ta’minotlar yaratilgan va zamonaviy fan yutuqlari uyg‘unlashgan holda yadro fizikasini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” nomli o‘quv qo‘llanma hamda “Yadro reaksiyalari” va “Atom energetikasi” elektron darsliklar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘iga asosan berilgan 232-442-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy dunyoqarashlari, kasbiy koppetensiyalari, ijodiy kognitiv rivojlanishlariga sharoit yaratilgan;
talabalarga yadro fizikasini innovatsion o‘qitish orqali yadro energetikasining fizik asoslari, energiya manbalarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ahamiyatini ko‘rsatuvchi  muhim parametrlari asosida yaratilgan jadval ma’lumotlaridan AM-PZ-2019062031-sonli “Yadro energetikasi”, “Yadro medisinasi va texnologiyalari”, “Radiatsion medisina va texnologiyalari” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun mul’timediali darsliklar yaratish mavzuidagi loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-iyuldagi 02-07-2504/04-son dalolatnomasi). Natijada, pedagogik va axborot texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlovchi innovatsion didaktik vositalardan foydalanish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish