Narzullaev Doniyor Shuxrat o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari» 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam B.2022.1.PhD/Ped3007.
Ilmiy rahbar: Nishonov Maxmud Sobirjonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Ikromjon Abdulazizovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlikni rivojlanganlik darajasiga tashxis qo‘yish indikatorlari motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksivlikka doir komponentlariga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
pedagogik tolerantlik fazilatlarini rivojlantirish va mustahkamlash (loyihalash, ijodiy vazifa) texnologiyalari o‘quv jarayonida muloqot tizimini amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari (madaniy dialog, fikrlar xilma-xilligi) hamda tolerantlikning motivatsion-qadriyatli, kognitiv-informatsion, ijtimoiy-perseptiv, affektiv-empatiya va xulq-atvorga doir komponentlari uyg;unligini ta’minlash asosida talabalarda kasbiy kommunikativ tolerentlik rivojlanganlik darajasini belgilovchi indikatorlar aniqlashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlikni rivojlantirishda kommunikativ tolerantlik salbiy ta’sirlarni bartaraf etishdagi asosiy tarkibiy qism ekanligini tolerantlik tamoyilining pedagogik komponentlari (ezgulikka etaklovchi, rivojlantiruvchi, barqarorlashtiruvchi) va elementlari (millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, madaniy dialog) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning milliy madaniyat bilan begona madaniyat o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashtirish orqali, algoritmik axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
shaxs faoliyatiga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisida pedagogik tolerantlikni rivojlantirishning funksional modeli zamonaviy etnopedagogikaning o‘ziga xos shakli (o‘zgalar fikrini hurmat qilish, boshqalarga nisbatan toqatli bo‘lish, pragmatik tarzda harakat qilish, kasbiy pozisiyaga ega bo‘lish), o‘quvchilarning individual xususiyatlari va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olish, taʼlimning maqsadli-mazmunli komponentligini o‘zaro integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlikni rivojlantirish mexanizmini takomillashtieish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlikni rivojlanganlik darajasini belgilovchi indikatorlar loyihalashning maqsadga yo‘nalganlik, fragmentatsiya, integratsiya kabi mezonlarini etnopedagogikaning translyasiya, kommunikatsiya, transformatsiya belgilarini o‘zida aks ettiruvchi “ijtimoiykod” va “madaniy dialog”ni jismoniy tarbiyaning etnik o‘ziga xosligi sifatida ifoda etish asosida aniqlashtirilgan. Loyihalash texnologiyasini individual ish uslubi va mustaqil ishlarni bajarishda shaxsga, faoliyatga yo‘naltirilgan, tizimli, hamkorlikdagi taʼlimni tashkil etishga doir yondashuvlarni dars va to‘garak mashg‘ulotlariga pragmatik tatbiq etish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni modernizatsiyalash jarayonida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 31-martdagi 01/11-02/0-204-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasini o‘qitish jarayoniga shaxsga yo‘naltitilgan yondashuvni joriy etish orqali talabalarda pedagogik tolerantlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
“pedagogik tolerantlik” kategoriyasining insonparvarlik, adolat, hamkorlik, sahovat singari gumanistik xususiyatlari milliy va umuminsoniy manfaatlarni muvofiqlashtiruvchi, birlashtiruvchi, murosaga keltiruvchi, barqarorlashtiruvchi funksiyalari vositasida talabalarda pedagogik tolerantlikni rivojlantirishning tizimli-funkional modeli va pedagogik mexanizmi takomillashtirish va ularda pedagogik tolerantlikni rivojlanganlik darajasini belgilovchi indikatorlar, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi professiogrammasi (kasbiy qiyofasi) ishlab chiqishga doir taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyolashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-martdagi 04-36-405-son ma’lumotnomasi). Natijada turli millatlar va madaniyatlar o‘rtasida tolerantlik tamoyilining pedagogik jihatlarini yanada ochib berilishiga xizmat qilgan;
refleksivlik, masʼuliyat hissi, moslashuvchanlik, o‘z-o‘ziga ishonch, empatiya kabi tolerantlikning ko‘rsatkichlarini kognitiv, hissiy-emotsional, xulq-atvorga doir komponentlarini inobatga olish bo‘yicha bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlikni rivojlantirishning tizimli-funksional modelini takomillashtitishga oid takliflar PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni ivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 31-martdagi 01/11-02/0-204-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlikni rivojlantirishning tizimli-amaliy modelini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini milliy harakatli va sport o‘yinlari vositasida milliy madaniyat bilan boshqa mamlakat madaniyatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, etnopedagogik materiallar asosida talabalarda pedagogik tolerantlikni rivojlantirishning mexanizmini takomillashtirish, turli madaniyat vakiliga munosabatni tavsiflovchi topshiriqlar, mashqlar, dialogik munosabat va kommunikativ xatti-harakatlarni ifoda etuvchi vaziyatlarni kommunikativ pedagogik tolerantlik tizimi bilan ichki integratsiyasini hisobga olishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 7-dekabrdagi 02/07-3942/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda pedagogik tolerantlikni rivojlantirishga doir etnopedagogik tavsifdagi o‘quv materiallari orqali jismoniy tarbiya o‘qitish jarayonlari samaradorligi oshirishga va tashkiliy, faoliyatga doir va natijaviylik bosqichlarining qayta aloqaga kirishuv darajasini hisobga olish asosida talabalarda pedagogik tolerantlikni rivojlantirish jarayonlariga shaxsga yo‘naltitilgan yondashuvni tatbiq etish mexanizmlari takomillashtitlgan.