Sapaeva Barno Shanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped 4181.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Ilmiy rahbar: Alimardonov Zoxid Shukurullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarida kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish bo‘yisha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari jarayonga obektiv ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik omillarning integrativ xususiyatlarini ta’lim maqsadlariga mos yaxlitlash hamda samarali muloqot madaniyatiga rioya qilish, fikrni aniq ifodalash, nutqiy savodxonlikni rivojlantirish va intellektual-irodaviy va emotsional-kognitiv elementlar idientivligini frontal aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan verbal muloqot natijadorligini ta’minlash hamda kasbiy omillarning o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga refleksiv-texnologik ta’sirini diagnostika qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish jarayoni tasvirli, namoyishli, interfeysli integrativ-ijodiy topshiriqlarni kiritish va interfaol modellashtirish imkoniyatlarini real aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish darajasini qiyosiy baholash mezonlari didaktik jarayon mazmunini diagnostik texnologiyalar indikatorlarini hisobga olish ta’sirchanligini kengaytirish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasini barqaror shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish bo‘yisha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari jarayonga obektiv ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik omillarning integrativ xususiyatlarini ta’lim maqsadlariga mos yaxlitlash hamda samarali muloqot madaniyatiga rioya qilish, fikrni aniq ifodalash, nutqiy savodxonlikni rivojlantirish va intellektual-irodaviy va emotsional-kognitiv elementlar idientivligini frontal aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-07-4125/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasiga qo‘yiladigan umumiy kompetensiyalari komponentlari rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan verbal muloqot natijadorligini ta’minlash hamda kasbiy omillarning o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga refleksiv-texnologik ta’sirini diagnostika qilishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-07-4125/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quv jarayonida o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitish orqali kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning amaldagi mexanizmi takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish jarayoni tasvirli, namoyishli, interfeysli integrativ-ijodiy topshiriqlarni kiritish va interfaol modellashtirish imkoniyatlarini real aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada o‘quvchilarda kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish darajalari (yuqori, o‘rta, quyi) sifat ko‘rsatgichlari va baholash mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish darajasini qiyosiy baholash mezonlari didaktik jarayon mazmunini diagnostik texnologiyalar indikatorlarini hisobga olish ta’sirchanligini kengaytirish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish motivatsiyasini barqaror shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-07-4125/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada ingliz tili darslarida kommunikativ kompetentlilikning komponentlarini rivojlantirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish