Joldasbaev Paraxat Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik faoliyatida ta’lim-tarbiya asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1526.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Pazilov Arzi Kenjebaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shahlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, proffessor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jumanazar Bazarbaevning ijtimoiy-pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiviy qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash hamda milliy tarbiya jarayoniga tatbiq etishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
akademik Jumanazar Bazarbaevning ijtimoiy-pedagogik faoliyat konsepsiyasi olimning pedagogik qarashlarini retrospektiv tahlil metodi yordamida o‘rganish, ta’lim va tarbiya yaxlitligi va uzviyligini anglash bilan bog‘liq pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan panso‘fiylik (donolik, oqillik) g‘oyasining mazmunini pedagogik aspektda ta’limiy yortishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
akademik Jumanazar Bazarbaev ilmiy asarlarining pedagogik ahamiyati olimning milliy pedagogika nazariy masalalarining echimini rivojlantirishga doir ilmiy-pedagogik qarashlari, tarbiya turlari va uning qonuniyatlari hamda tamoiyillarini pedagogik amaliyotga evristik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy kognitiv texnologiyalari orqali ochib berilgan;
akademik Jumanazar Bazarbaev asarlaridagi pedagogik qarashlarning didaktik mohiyati ilm-fan va odob dialektikasi, ilm egallash va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish konsepsiyasiga oid qarashlarining sub’ektivlik, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish, yaxlitlik tamoyillari, o‘z-o‘zini namoyon etish kabi mezonlarining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmalariga muvofiqligi hamda ularning ijtimoiy ongni rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq ekanligini dalillash asosda ochib berilgan;
talabalarning vatanparvarlik kompetensiyalarni rivojlantirishning konseptual-mazmunli modeli akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik qarashlaridan, fikrlaridan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanish mexanizmlarini vitagen ta’lim texnologiyalari vositasida ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiyaviy asoslari bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
olimning pedagogik qarashlarini retrospektiv tahlil metodi yordamida o‘rganish, ta’lim va tarbiya yaxlitligi va uzviyligini anglash bilan bog‘liq pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan – panso‘fiylik (donolik, oqillik) g‘oyasining mazmunini pedagogik aspektda ta’limiy yortishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan akademik Jumanazar Bazarbaevning ijtimoiy-pedagogik faoliyat konsepsiyasi bo‘yicha xulosalardan 60110100 – Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik xizmati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari» nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va ỳrta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i). Natijada, «Akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik xizmati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari» kursini o‘qitishda uning tarbiyaviy va didaktik qarashlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
olimning milliy pedagogika nazariy masalalarining echimini rivojlantirishga doir ilmiy-pedagogik qarashlari, tarbiya turlari va uning qonuniyatlari hamda tamoiyillarini pedagogik amaliyotga evristik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy kognitiv texnologiyalari orqali tahlil qilish asosida yoritib berilgan akademik Jumanazar Bazarbaev ilmiy asarlarining pedagogik ahamiyati borasidagi mulohazalardan Ozbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Qpraqalpogiston bulimi Qoraqalpoq gumanitar fanlarilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005-raqamli «Qoraqalpoq fol’klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020 yy.) fundamental loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 1 yanvardagi 2/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jumanazar Bazarbaevning ta’lim-tarbiyaviy g‘oyalarini turkumlashtirishga xizmat qilgan.
ilm-fan va odob dialektikasi, ilm egallash va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish konsepsiyasiga oid qarashlarining sub’ektivlik, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish, yaxlitlik tamoyillari, o‘z-o‘zini namoyon etish kabi mezonlarining shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmalariga muvofiqligi hamda ularning ijtimoiy ongni rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq ekanligini dalillash asosda ochib berilgan akademik Jumanazar Bazarbaev asarlaridagi pedagogik qarashlarning didaktik mohiyati, akademik Jumanazar Bazarbaevning pedagogik qarashlaridan, fikrlaridan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanish mexanizmlarini vitagen ta’lim texnologiyalari vositasida ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan talabalarning vatanparvarlik kompetensiyalarni rivojlantirishning konseptual-mazmunli modeliga doir taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 rakamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoydalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» nomli fundamental loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 12 yanvardagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy, pedagogik kompetenligi tajribalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.