Xaydarov Kozimbek Abdixakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
         Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ofiserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4419. 
Ilmiy rahbar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardov Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’lim muassasalarining bo‘lajak ofiserlarida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ta’lim jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning motivatsion va kognitiv-faoliyatli jarayonlarini oliy harbiy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar metodikasi bilan gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi globallashuv sharoitida vatanparvarlik tarbiyasi tamoyillari (ilmiylik, tarixiylik, uzviylik, faollik, vorisiylik) hamda usullarini (ishontirish, mashq qildirish, kuzatish va tahlil, rag‘batlantirish) fuqarolik madaniyatining pedagogik mazmuniga gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasini rivojlantirish orqali singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli kursantlarni faol fuqarolik ruhida tarbiyalash konseptini uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi mazmuniga muvofiq ishlab chiqish hamda fuqarolik va globallashuv tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlikni korrelyasion usul orqali aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik talablarning bo‘lajak ofiserlar siyosiy madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini ilmiy tadqiqot metodologiyasining didaktik modellashtirish usuli vositasida takomillashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ofiserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
ta’lim jarayonida o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishning motivatsion va kognitiv-faoliyatli jarayonlarini oliy harbiy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar metodikasi bilan gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak ofiserlarida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlariga oid taklif va tavsiyalar Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun tayyorlangan “Kursantning or-nomus kodeksi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2019 yil 14 dekabrdagi 1210-sonli guvohnomasi). Natijada, oliy harbiy ta’lim muassasalarining bo‘lajak ofiserlarida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning mavjud holatini pedagogik tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
globallashuv sharoitida vatanparvarlik tarbiyasi tamoyillari (ilmiylik, tarixiylik, uzviylik, faollik, vorisiylik) hamda usullarini (ishontirish, mashq qildirish, kuzatish va tahlil, rag‘batlantirish) fuqarolik madaniyatining pedagogik mazmuniga gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasini rivojlantirish orqali singdirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak ofiserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti “Maxsus ilmiy-texnik dasturlarning “Tankist” va “Zenit” tushunchalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari nomli loyihalarni bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti 230-sonli 2023 yil 28-yanvardagi ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 10/205-sonli guvohnomasi). Natijada, oliy harbiy ta’lim muassasalarining bo‘lajak ofiserlarida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik modelini takomillashtirish uchun sharoitlar yaratilgan;
kursantlarni faol fuqarolik ruhida tarbiyalash konseptini uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi mazmuniga muvofiq ishlab chiqish hamda fuqarolik va globallashuv tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlikni korrelyasion usul orqali aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak ofiserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli bo‘yicha tavsiyalar “Razvedka mutaxassislarini tayyorlashda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy aviatsiya bilim yurti 2022 yil 12 noyabrdagi 9120-sonli sertifikati). Natijada, oliy harbiy ta’lim muassasalarining bo‘lajak ofiserlari o‘rtasida fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish uchun pedagogik sharoitlarni yaxshilash imkoniyati amalga oshirilgan;
fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha pedagogik talablarning bo‘lajak ofiserlar siyosiy madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini didaktik modellashtirish usuli vositasida takomillashtirish zarurati bo‘yicha tavsiyalardan “Harbiy pedagogika va psixologiya” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 12 noyabrdagi 521/13-sonli sertifikati va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 10/205/1-sonli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak ofiserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning mavjud holatini pedagogik tahlil etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish