Raxmonov Azizjon Sadullaevich ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini jilovlashda zamonaviy fiskal instrumentlar rolini oshirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2005
Ilmiy rahbar: Niyazmetov Islombek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Narboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Mirza Qilichbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash, uning darajasini qisqartirishga qaratilgan fiskal instrumentlar rolini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yashirin iqtisodiyotning yuqori soliq yuki hisobiga yuzaga kelayotgan qismini kamaytirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini uning samarali stavkasiga (12 foizga) qadar pasaytirish va shu bilan birga soliq imtiyozlarini qisqartirish taklifi asoslangan;
qo‘shilgan qiymat solig‘ining undirish mexanizmi samaradorligini oshirish maqsadida xufyona iqtisodiyotga molik sohalar (qurilish) va soliq xavfi yuqori darajada bo‘lgan kontragentlar bilan operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar uchun soliq unidirishning “teskari to‘lov” usulini joriy etish taklif etilgan;
elektron to‘lov tizimida pul aylanmalari shaffofligini oshirish maqsadida operatorlarning o‘z to‘lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ulash va unga soddalashtirilgan elektron hisob-fakturalarni biriktirish orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalashuvini ta’minlash taklifi kiritilgan;
turli qisqa muddatli inqirozlar davrida yashirin iqtisodiyotning keskin o‘sishi oldini olish maqsadida avtomatik fiskal stabilizatorlarni qo‘llash bo‘yicha taklif kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yashirin iqtisodiyot ko‘lamini jilovlashda zamonaviy fiskal instrumentlar rolini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini uning samarali stavkasiga (12 foizga) qadar pasaytirish va shu bilan birga soliq imtiyozlarini qisqartirish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi «ochiq muloqoti»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2022-yil 30-avgustdagi PQ-364-sonli Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 yanvardagi 11/05-15-552-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi QQS bazasini yashirin iqtisodiyot hisobiga kengaytirish orqali uning mexanizmidagi komplaens tafovutni kamaytirishga yordam beradi.
qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish mexanizmi samaradorligini oshirish maqsadida xufyona iqtisodiyotga molik sohalar (qurilish) va soliq xavfi yuqori darajada bo‘lgan kontragentlar bilan operatsiyalarni (bitimlarni) amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar uchun soliq unidirishning “teskari to‘lov” usulini joriy etish taklifi kiritilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 yanvardagi 11/05-15-552-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi har bir soliq turi bo‘yicha soliqdan qochish darajasini aniq hisoblab chiqish va kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi.
elektron to‘lov tizimlari operatorlari o‘z to‘lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga majburiy ravishda ulash va unga soddalashtirilgan elektron hisob-fakturalarni biriktirish orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4 oktyabr 2021 yildagi PQ-5252-son qarori asosan amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 yanvardagi 11/05-15-552-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy etilishi qo‘shilgan qiymat solig‘i va daromad solig‘i mexanizmlaridagi soliqdan qochish holatlarini 1-1.5 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.
turli qisqa muddatli inqirozlar davrida yashirin iqtisodiyotning keskin o‘sishi oldini olish maqsadida avtomatik fiskal stabilizatorlarni joriy etish borasidagi taklif keyingi islohotlarni ishlab chiqishga qabul qilindi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24 yanvardagi 11/05-15-552-sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy etilishi tashqi shoklar oqibatida yuzaga keladigan holatlarda biznes sub’ektlarini iqtisodiy va moliyaviy qiyinchiliklar sababli faoliyatini to‘xtatishi yoki yashirin iqtisodiyotga o‘tish to‘g‘risidagi qarorlari oldini olish va ularni rasmiy faoliyat yuritishini rag‘batlantirish imkonini beradi.