Xolbutaeva Shaxnoza Abduvalievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transporti tizimida konsalting xizmatlaridan foydalanishni takomillashtirish (“O‘zbekiston temir yo‘llari ” aksionerlik jamiyati misolida”, 08.00.05 - “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt316
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc. 15/31.12.2020.1.09.04
Ilmiy raxbar: Shodmonov Erkin Sherqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand Davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Iqtisodiyot
II. Tadqiqotning maqsadi Temir yo‘l transporti tizimida konsalting xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra muayyan bozor bo‘ginida konsultatsiya xizmatini yurituvchi qisqa bir faoliyat sifatida talqin qilinuvchi “konsalting” tushunchasi barcha xizmatlar soxasida amal qiluvchi xuquqiy,tashkiliy-moliyaviy, HR, IT, innovatsion –investision loyixalarni joriy etish va samarali joylashtirish bo‘yicha malakali mutaxasisslar faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti tizimida kursatiladigan konsalting xizmatlarining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda mutaxassislar fikrining kelishuvanligi inobatga olishning “juda past kelishuvchanlik” [ ]; “pasti kelishuvchanlik” [ ]; “o‘rta kelishuvchanlik”[ ];“ yuqori darajada keliishuvchanlik ” [ ]; “Juda yuqori darajada kelishuvchanlik” [ ]miqdoriy chegaralari asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda amaliy moliyaviy konsalting xizmatlari ko‘rsatishni xalqaro va milliy standartlar talablari asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobotni tayyorlashning asosiy bosqich va jarayonlari kesimida tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJda konsalting xizmatlarini rivojlantirish orqali xarajatlarni optimallashtirish,yuk aylanmasi xajmini oshirish,jamiyatning umumiy daromadining oshishiga tasir etuvchi endogen omil xamda unga tasir ko‘rsatuvchi ekzogen omillarga miqdoriy bogliqligining ko‘p omilli regressiya modelining ekonometrik taxlili asosida 2030 yilgacha trend prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konsalting xizmatlarining “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra muayyan bozor bo‘g‘inida konsultatsiya xizmatini yurituvchi qisqa bir faoliyat sifatida talqin qilinuvchi “konsalting” tushunchasi barcha xizmatlar sohasida amal qiluvchi huquqiy, tashkiliy-moliyaviy, HR, IT, innovatsion-investision loyihalarni joriy etish va samarali joylashtirish bo‘yicha malakali mutaxassislar faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlardan 60310100 – Iqtisodiyot (temir yo‘l transporti); 60411200 – Menejment (transport sohasida loyihalarni boshqarish) yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Organizatsiya proizvodstva na promishlennix predpriyatiyax” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universiteti rektorining 2023 yil 5 maydagi 97-U-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda barcha xizmatlar sohasida amal qiluvchi huquqiy, tashkiliy-moliyaviy, HR, IT, innovatsion-investision loyihalarni joriy etish va samarali joylashtirish bo‘yicha malakali mutaxassislar faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan konsalting tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti tizimida ko‘rsatiladigan konsalting xizmatlarining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda mutaxassislar fikrining kelishuvchanligini inobatga olishning “juda past kelishuvchanlik” [ ]; “past kelishuvchanlik” [ ]; “o‘rta kelishuvchanlik” [ ]; “yuqori darajada kelishuvchanlik” [ ]; “juda yuqori darajada kelishuvchanlik” [ ] miqdoriy chegaralaridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ amaliyotida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 3 maydagi NST-25/282-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilinishi istiqbolda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda konsalting xizmatlarini rivojlantirish va takomillashtirish samaradorligi aniqlash imkonini bergan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda amaliy moliyaviy konsalting xizmatlari ko‘rsatishni xalqaro va milliy standartlar talablari asosida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashning asosiy bosqich va jarayonlari kesimida tashkil etish orqali takomillashtirish taklifidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2020 yil 5 martdagi 1-sonli ““Yagona oyna” tamoyili bo‘yicha yuk tashish sohasida xizmatlar ko‘rsatish uchun mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar tizimini yaratish va amalga oshirish” Nizomining 4.5.1-bandida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 3 maydagi NST-25/282-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq qilinishi natijasida temir yo‘l transporti samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishning asosiy vazifalarini hal qilishda, xizmatlar bozori, tashish hajmi va sifatini oshirish, korxonalarning moliyaviy natijalarni tahlil qilish, transport xarajatlarini kamaytirish hamda moliyaviy konsaltingni yanada rivojlantirishni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda konsalting xizmatlarini rivojlantirish orqali xarajatlarni optimallashtirish, yuk aylanmasi hajmini oshirish, jamiyatning umumiy daromadining oshishiga ta’sir etuvchi endogen omil hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi ekzogen omillarga miqdoriy bog‘liqligining ko‘p omilli regressiya modelining ekonometrik tahlili asosida ishlab chiqilgan 2030 yilgacha trend prognoz qiymatlaridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini istiqboldagi rivojlanish parametrlarini aniqlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 3 maydagi NST-25/282-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotgan joriy qilinishi natijasida ekonometrik tahlili bo‘yicha olingan daromadning 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari aniqlanib, 2030 yilda 1,7 marta oshishi hisoblab chiqilgan.