Babaeva Nargiza Muzafarovna
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta kompaniyalari investision faoliyati samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Iqt273 
Ilmiy maslaxatchi:  tayinlanmagan
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ldoshev Qamariddin Mansurovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dosent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘urta kompaniyalarining investisiya faoliyati samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini oshirish, talab etiladigan minimal ustav kapitali talablarini 4tadan 3taga ixchamlashtirish zarurligi ilmiy asoslangan;
sug‘urta sohalarida sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) uchun ustav kapitalining minimal miqdorlarini bosqichma-bosqich oshirib borish asosida ularning kapitallashuv darajasini kamida 1,5 martaga oshirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirishda sug‘urtalovchilarning investisiya faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari asosida investisiya portfelini  diversifikasiyalash taklifi asoslangan;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini xisoblash metodikasini sug‘urta tarmoqlari xususiyatlarini inobatga olgan holda, umumiy va hayot sug‘urtasi sohalari uchun alohida qayta shakllantirish va joylashtirish tartibini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining aksiyalarini xususiy, xorijiy investorlarga sotish sharti bilan qo‘shimcha emissiya qilish orqali ularning ustav kapitallarini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sug‘urta kompaniyalari investision faoliyati samaradorligini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining kapitallashuv darajasini oshirish, talab etiladigan minimal ustav kapitali talablarini ixchamlashtirish zarurligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitali bo‘yicha mavjud minimal talablar to‘rttadan uchtaga muvofiqlashtirilgan;
sug‘urta sohalarida sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) uchun ustav kapitalining minimal miqdorlarini bosqichma-bosqich oshirib borish asosida ularning kapitallashuv darajasini kamida 1,5 martaga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) uchun ustav kapitalining minimal miqdorlari birinchi bosqichda (2020 yil 1 iyuldan boshlab) umumiy sug‘urta yoki hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtiyoriy sug‘urta uchun 15 milliard so‘m, umumiy sug‘urta yoki hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida majburiy sug‘urta uchun 25 milliard so‘m, faqat qayta sug‘urta uchun 35 milliard so‘mni tashkil etdi. Ikkinchi bosqichda (2022 yil 1 iyuldan boshlab) umumiy sug‘urta yoki hayotni  sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtiyoriy sug‘urta uchun 20 milliard so‘m, umumiy sug‘urta yoki hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida majburiy sug‘urta 35 milliard so‘m, faqat qayta sug‘urta 45 milliard so‘mni tashkil etishi belgilab qo‘yilgan;
sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligini oshirishda sug‘urtalovchilarning investisiya faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari asosida investisiya portfelini  diversifikasiyalash, shuningdek, sug‘urtalovchilarning investisiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 – 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarining bajarilishi ta’minlangan, ya’ni 2022 yil sug‘urta tashkilotlarining jami investisiyalari hajmi 4,7 trln.so‘mni tashkil etgan va bu 2021 yilga nisbatan 175 foizga ko‘p bo‘lgan;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta zaxiralarini hisoblash metodikasini sug‘urta tarmoqlari xususiyatlarini inobatga olgan holda, umumiy va hayot sug‘urtasi sohalari uchun alohida qayta shakllantirish va joylashtirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta zaxiralarini hisoblash metodikasi, ularni shakllantirish va joylashtirish tartibi metodologiyasi jahon standartlariga mos ravishda qayta ishlab chiqilgan;
davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining aksiyalarini hususiy, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish sharti bilan qo‘shimcha emissiya qilish orqali ularning ustav kapitallarini oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 14 avgustdagi 06/04-01-32/1255-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron birja savdolarida «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi 25 foiz davlat aksiya paketi 2020 yil 4 iyunda  22 598,2 mln. so‘mga sotilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish