Abdullaev Jasurbek Yakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Turli toifadagi poezdlar harakatini tashkil etishda temir yo’l uchastkalarining o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.PhD/3364.
Ilmiy rahbar: Rasulov Marufdjan Xalikovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Maxkamov Alimjan Xamdamovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi turli toifadagi poezdlar harakatini tashkil etishda temir yo’l uchastkalarining o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poezdlarni temir yo‘l uchastkalaridan barqaror o‘tkazishning muqobil texnologiyalari o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda aniqlangan;
temir yo‘ldan foydalanish ish ko‘rsatkichlarining poezdlarni uchastkalardan barqaror o‘tkazishning muqobil texnologiyalari parametrlariga bog‘liqligi eng kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlangan;
poezdlarning harakat grafigida joylashish sxemasi hamda poezdlar oqimi parametrlarini hisobga olgan holda o‘tkazuvchanlik qobiliyati zaxirasini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
tezyurar yo‘lovchi poezdlari qatnovini ko‘paytirish maqsadida temir yo‘l uchastkalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati zaxirasiga bo‘lgan zaruratni hisobga olgan holda poezdlarni barqaror o‘tkazishning muqobil variantlarini taqqoslash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli toifadagi poezdlar harakatini tashkil etishda temir yo‘l uchastkalarining poezd o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
turli toifadagi poezdlarning harakat grafigida joylashish sxemasi hamda poezdlar oqimi parametrlarini hisobga olgan holda temir yo‘l uchastkasining o‘tkazuvchanlik qobiliyati zaxirasini aniqlash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Tashishlarni tashkil etish” boshqarmasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 17-iyuldagi 01/2119-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan usul bo‘yicha temir yo‘l uchastkasi o‘tkazuvchanlik qobiliyatining 8,7% zaxirasi mavjudligi aniqlangan va uchastkadan qo‘shimcha poezdlar o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. 
tezyurar yo‘lovchi poezdlari qatnovini ko‘paytirish maqsadida temir yo‘l uchastkalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati zaxirasiga bo‘lgan zaruratni hisobga olgan holda poezdlarni barqaror o‘tkazishning muqobil variantlarini taqqoslash usuli “Ozbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poezdlar harakatini tashkil etish va foydalanish” bo‘yicha boshqarmasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 17-iyuldagi 01/2119-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning muayyan uchastkasida harakatlanadigan yuk poezdlarining 0,5 ulushini me’yordan uzun tarkibli poezdlar tuzib o‘tkazish orqali harakat miqdorini amaldagi holatga nisbatan 9,8 % ga, oraliq stansiyalarda to‘xtashlar sonini 45% ga, ekspluatatsiya qilinayotgan lokomotivlar parkini 19,4% ga qisqartirishga va uchastka tezligini 11,9% ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish