Xudayqulov Anvar Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Funksional yog‘ mahsulotlari olish uchun xom ashyo kompozit aralashmalarini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T664.
Ilmiy rahbar: Djuraeva Nafisa Radjabovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Jaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: funksional o‘simlik-yog‘ mahsulotlarini olish uchun xom ashyoning kompozit aralashmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ω6 va ω3 polito‘yinmagan yog‘ kislotalarining muvozanatli tarkibiga (10:1 va 5:1) ega bo‘lgan unli qandolat va milliy mahsulotlar ishlab chiqarishda moyli urug‘larni maydalab yog‘sizlantirilmagan massalarining turli model aralashmalaridan foydalanish bo‘yicha texnologik echimlar nazariy asoslangan va ishlab chiqilgan;
reseptura komponentlarining turlari va nisbatlari mutanosiblashtirilgan moyli urug‘larning yog‘sizlantirilmagan massasi hamda yog‘ mahsulotlari (margarin) aralashmasidan iborat ikki va uch komponentli kompozitlarni qo‘llash tayyor mahsulotlar funksional xususiyatlarining yaxshilanishiga ta’siri ilmiy asoslangan;
olingan funksional model aralashmalardan unli qandolat (kekslar) va milliy mahsulotlar (kunjut pastasi, atola) ishlab chiqarishda foydalanish samaradorligi isbotlangan;
emizikli ayollar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlarning (atola) reseptura ingredienti sifatida moyli zig‘ir urug‘ining maydalangan va yog‘sizlantirilmagan massasini ishlatishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan bo‘lib, bu mahsulotning oziqaviy qiymatini oshirish, shuningdek mahsulotdagi resepturaviy miqdorlariga nisbatan un miqdorini 5,0 kg ga, yog‘ miqdorini 3,0-4,0 kg ga kamayishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Unli mahsulotlar ishlab chiqarishda yog‘lar va moyli urug‘larning yanchib maydalangan hamda  yog‘sizlantirilmagan massasidan olingan kompozit model aralashmalaridan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Salomatlik” kekslarini ishlab chiqarish usuli “Oltin Boshoq Issiq Noni” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zdonmahsulotlari” AKning 2023 yil 5 sentyabrdagi 6-1-2/591-886-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qaymoqli margarinning reseptura miqdorini 20,0% ga va navli bug‘doy uni reseptura miqdorini 5,0% ga kamaytirish imkonini bergan; 
“Shifobaxsh” kunjut pastasini ishlab chiqarish usuli “Oltin Boshoq Issiq Noni” MChJda amaliyotga qilingan (“O‘zdonmahsulotlari” AKning 2023 yil 5 sentyabrdagi 6-1-2/591-886-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, kunjutning reseptura miqdorini 10,0 dan 30,0% gacha kamaytirish imkoni paydo bo‘lib, bu mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bergan;
“Buxoro yangi” atolasini ishlab chiqarish usuli “Pasquale” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zdonmahsulotlari” AKning 2023 yil 5 sentyabrdagi 6-1-2/591-886-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritilgan qo‘y yog‘ining (eritilgan sariyog‘) reseptura miqdorini 10,0% gacha kamaytirish imkoni paydo bo‘lib, bu mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish