Barotova  Munira Murotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘yni  fon va rak oldi  kasalliklarini innovatsion davolash  usullari»  14.00.01 –  Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib.2588.
Ilmiy rahbar: Xamdamova Muxayyoxon Tuxtasinovna, tibbiyot fanlar doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: : Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022. Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva  Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Hamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston akusherlik ,ginekologiya va perinatologiya ilmiy amaliy instituti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilk marotaba bachadon bo‘yni  fon va rak oldi  kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda  patogenetik davo sifatida fotosensibilizatorlar “Metilen ko‘ki” va “Xlorofillipt” preparatlaridan foydalanish, fotodinamik terapiya usulini mahalliy qo‘llashning yuqori samaradorligi isbotlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bachadon bo‘yni  fon va rak oldi  kasalliklarini davolashda fotodinamik terapiyadan foydalanish  patologik  o‘chog‘ning leykotsitlar infiltratsiyasini kamaytirgan, reparativ jarayonlarni tezlashtirgan , asoratlar va qaytalanishlar foizini pasaytirishi asoslangan; 
“ALT Vostok” Model 03 apparati va 0.05 % metilen ko‘ki eritmasining fotosensibilizatori yordamida davolovchi fotodinamik terapiyani mahalliy qo‘llash qisqa vaqt ichida bachadon bo‘ynidagi patologik jarayonning avj olish ko‘rsatkichlarini 26.7% dan 6.7 % gacha kamaytirishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan davo taktikasini tanlash algoritmiga ko‘ra, bemorlardagi  patologik jarayonning  kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan  holda, ularni xar biri uchun tegishli davo taktikasini qo‘llagan holda, davodan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotok kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtirishi asoslangan; 
fotodinamik terapiya o‘tkazilgan ayollarda hujayra immuniteti  ko‘rsatkichlari davolashdan 3 kun o‘tgach, deyarli barcha parametrlar davolanishdan oldingi ma’lumotlarga nisbatan 1,2-1,6 baravar oshgan, bu  hujayra immunitetiga taalluqli immunokompliment hujayralarning nisbiy va mutlaq sonining sezilarli darajada ko‘payishi bilan fotodinamik terapiyaning ijobiy immunoregulyasiyasi ta’siriga ega ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 02 avgust  №23-z/057 son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini innovaison texnologiya fotodinamik terapiyadan foydalanishning aniq ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan, fotodinamik terapiyaning optimal dozalari va energiya zichligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini davolashda fotodinamik terapiya dan foydalanish patologik o‘chog‘ning leykotsitar infiltratsiyasini kamaytirgan, reparativ jarayonlarni tezlashtirgan, asoratlar va qaytalanishlar foizini pasaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №5/1), Buxoro viloyat aholi salomatligi reproduktiv markazi bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №3), Buxoro     shahar 6-son oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №4) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №7) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fotodinamik terapiya tug‘magan ayollarda bachadon bo‘yni patologiyasini davolash uchun tanlov usuli ekanligi, amaliy sog‘liqni saqlashda eng ko‘p qo‘llaniladigan diatermojarroxlik usuliga nisbatan davolash samaradorligi yuqori ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashhislash va maxalliy  davolash taktikasini tanlash dasturidan foydalanish, bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan.Xulosa: Bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini bo‘lgan bemorlarda kasallik rivojlanishi zo‘rayishi va asoratlanishini oldini olish maqsadida tashxisot jarayonida mahalliy immunitet ko‘rsatgichlarini o‘rganish va ularning erta korreksiyasini amalga oshirish  orqali bemorlarning vrachga murojaati soni 1,6 baravarga kamayadi va o‘z vaqtida samarali davolash orqali 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 3 987 679 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini davolashning innovasion usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04/4305-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi  ilmiy yangilik: ilk marotaba bachadon bo‘yni  fon va rak oldi kasallikri bilan kasallangan bemorlarda  patogenetik davo sifatida fotosensibilizatorlar “Metilen ko‘ki” va “Xlorofilippt” prepararatlaridan  foydalanish, fotodinamik terapiya usulini mahalliy qo‘llashning yuqori samaradorligi  isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilgan algoritm va  kompleks diagnostik yondashuvdan foydalanish, bachadon bo‘yni fon kasallik va rak oldi kasallikri bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №5/1), Buxoro viloyat aholi salomatligi reproduktiv markazi bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №3), Buxoro     shahar 6-son oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №4) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №7) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “ALT Vostok” Model 03 apparati va 0,05% metilen ko‘ki eritmasining fotosensibilizatori yordamida davolovchi fotodinamik terapiyani mahalliy qo‘llash qisqa vaqt ichida bachadon bo‘ynidagi patologik jarayonning avj olish ko‘rsatkichlarini 26,7% dan 6,7% gacha kamaytirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasallikri bilan og‘rigan bemorlarda erta tashxisot jarayonida shartli patogen mikroflorarini aniqlash va kasallik asoratlanishini oldini olishga erishilishi orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 219 927 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 120 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasallikri bilan kasallangan bemorlarda patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar tarkibining pasayishi va shartli patogen mikrofloraning ko‘payishi oqibatida   rivojlanadigan disbiozni erta aniqlash natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 219 927 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 120 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini davolashning innovasion usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04/4305-sonli xat yuborilgan.
uchinchi  ilmiy yangilik:fotodinamik terapiya o‘tqazilishi uchun  zarur bo‘lgan lazer nurlanishining maqbul dozasi aniqlanib, bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini davolash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: fotodinamik terapiya o‘tqazilgan ayollarda hujayra immuniteti ko‘rsatkichlari davolashdan 3 kun o‘tgach, deyarli barcha parametrlar davolanishdan oldingi ma’lumotlarga nisbatan 1,2-1,6 baravar oshgan, bu hujayra immunitetiga taalluqli immunokompetent hujayralarning nisbiy va mutlaq sonining sezilarli darajada ko‘payishi bilan fotodinamik terapiyaning ijobiy immunoregulyasiya ta’siriga ega ekanligi isbotlangan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №5/1), Buxoro viloyat aholi salomatligi reproduktiv markazi bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №3), Buxoro shahar 6-son oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №4) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №7) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi  quyidagilardan iborat: mahalliy immunitet tizimi faoliyati yallig‘lanish vositachilarining nazoratsiz chiqarilishini oldini oladi va mikroorganizmning invaziyasiga makroorganizmning adekvat javobini t’aminlaydi, hamda patogenezida mahalliy immunititet faoliyatining oshiradi mavjud bo‘lgan mikrofloraning patogen faoliyatini pasaytiradi, bemorlarga mahalliy immunitet faoliyatini erta aniqlash orqali kasallik asoratlanishining oldi olish (69,9%) va kasallikni davolashga (98,7%) xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini bo‘lgan bemorlarda taklif etilgan  diagnostika algoritmini qo‘llash natijasida ularning vrachga murojaati 1,6 baravarga, statsionar davolanish kunlari 18,8 kundan 8, 1 kunga qisqarishi hisobidan 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 3 987 679 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 1100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini bo‘lgan bemorlarda taklif etilgan  diagnostika algoritmini qo‘llash natijasida ularning vrachga murojaati 1,6 baravarga, statsionar davolanish kunlari qisqarishi hisobidan 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 3 987 679 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 1100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini davolashning innovasion usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04/4305-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinch ilmiy yangilik:  bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklari davolash uchun algoritm taklif etilgan bo‘lib, u asosida adekvat davo taktikasini tanlash va kompleks davolashni aniqlashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ishlab chiqilgan davo taktikasini tanlash algoritmiga ko‘ra, bemorlardagi patologik jarayonning kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan holda, ularni har biri uchun tegishli davo taktikasini qo‘llagan holda, davodan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ishlab chiqilgan dastur shartlariga muvofiq ushbu bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarining sifati va uning oqibatlarining prognostik ehtimolini inobatga olgan holda davolash usulini tanlashga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat perinatal markazi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №5/1), Buxoro viloyat aholi salomatligi reproduktiv markazi bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №3), Buxoro shahar 6-son oilaviy poliklinika bo‘yicha buyruq (10.02.2022 y.; №4) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.03.2022 y.; №7) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklari davolashni yangi innovatsion usuli ishlab chiqilgan, bu amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini bergan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) davolash jarayonida dorilarni qo‘llash kamaytirilib, fotosensibilizatsiya qiluvchi metilen kuki eritmalari bilan mahalliy davolash kifoya ekanligi  va bu kunlik sarf xarajatlarning 56,8% ga qiqartirish imkonini bergan; metilen kuki eritmalari bilan mahalliy davolash, an’anaviy va diatermojarroxlik davolash usuliga qaraganda 98,7 % ga yuqori samaradorlikga ega; davo va tashxisot jarayonida bir yilda 25-65% gacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: bachadon buyni rak oldi kasalliklarini erta aniqlash va asoratlanishini oldini olishga qaratilgan taklif etilgan diagnostika va davo usullari yordamida bir yilda 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 5 011 931,8 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 1450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bachadon bo‘yni fon va rak oldi kasalliklarini davolashning innovasion usullari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 4 oktyabrdagi 04/4305-sonli xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish