Xikmatullaeva Shaxnoza Shukrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Insul`t o‘tkazgan bemorlarda vahima hurujlari bilan kechuvchi kognitiv buzilishlar” 14.00.13.-Nevrologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib.1707.
Ilmiy raxbar: Xaydarov Nodirjon Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsenti; Tolibov Dilshod Sirojovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston milliy tibbiyot universtiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insul`tning turli davrlarida kognitiv o‘zgarishlar va vahima xurujlarining kechish darajasiga qarab psixoterapevtik davoning samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda neyropsixologik funksiyalarni har tomonlama baholash natijasida insultdan keyingi kognitiv buzilishlar profilining geterogenligi bilan bir qatorda, bemorlarda kognitiv buzilishlar, kundalik faoliyat va hayot sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
ishemik insul`tga uchragan bemorlarda kognitiv buzilishning yuqori chastotasi KT va MRT tomonidan oq moddaning diffuz shikastlanishi, miyaning turli joylaridagi infarktlar va miya atrofiyasi shaklida aniqlangan subklinik miya shikastlanishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
insul`tdan keyingi kognitiv buzilishlar ishemik insultning noqulay funksional natijasini bashoratlovchi mezonligi va bemorlarning kundalik faoliyati va hayot sifatiga salbiy ta’sir qilishi asoslangan;
ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni kompleks davolash insultdan keyingi kognitiv buzilishlar aniqlangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi, neyrodinamik, tartibga soluvchi va operatsion kognitiv buzilishlarning darajasini kamaytirishi hamda affektiv buzilishlarning chastotasini pasaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 8 noyabrdagi 23-Z/045-son ma’lumotnomasiga ko‘ra:
“Insul`t o‘tkazgan bemorlarda vahima xuruji bilan kechuvchi kognitiv o‘zgarishlarni baholash va prognozlash” uslubiy tavsiyanomalar (Toshkent davlat stomatologiya institutining 23.02.2023 yildagi 04-r/9-sonli ma’lumotnomasi).
Taklif qilinayotgan usullarning kiritilishi davolashning iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy samaradorligi oshishiga, ishemik insultlarda vahima xurujlari rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarning va kasallik okibatida ko‘p xarajat kiladigan bemorlar sonining kamayishiga, bu esa, o‘z navbatida, ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga olib keladi;Insult bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va davolashni optimallashtirish usullarining ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga kiritilgan, shu jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi va I sonli klinik kasalxonasi nevrologiya bo‘limi klinik amaliyotiga (Toshkent davlat stomatologiya institutining ilmiy ish natijalarini amaliyotga tadbiq etish to‘g‘risidagi xulosasi 04-z/19-son 06.09.2023 yil). Taklif qilingan usullarni hayotga tatbiq qilish natijasida vahima xurujlari uchraydigan bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, terapiyani optimallashtirish va ishemik insultdan so‘ng vahima xurujlari bilan kechuvchi kognitiv buzilishlar uchrashining oldini olish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon-tomir komorbidligi omillarini va miyaning gemodinamik o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, insult o‘tkazgan bemorlar orasida insultdan so‘ng sotsial adaptatsiya va reabilitatsiya davrini qisqartirish, insultdan keyingi nogironlik rivojlanishini oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Insultdan keyingi vaxima xuruji bilan kechuvchi kognitiv buzilishlarni kompleks davolash insultning reabilitatsiya davrini qisqartirdi, koyka kunlarini qisqartirdi, kasallik varaqasi tufayli mexnatga layoqatlisizlik kunlarini kamaytirdi. Shu ko‘rsatkichlar tufayli ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: kasalxonada qolish muddati o‘rtacha 2,2 koyka kunga qisqartirildi Xulosa: kasalxonada qolish muddati o‘rtacha 2,2 koyka kunga qisqartirildi, bu esa 240 ming so‘mni tejash imkonini berdi. Integratsiyalashgan diagnostika usulidan foydalanish kasallikning sababini kasallikning dastlabki bosqichida aniqlash va patogenetik terapiya o‘tkazish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ishemik insultga uchragan bemorlarda kognitiv buzilishning yuqori chastotasi KT va MRT tomonidan oq moddaning diffuz shikastlanishi, miyaning turli joylaridagi infarktlar va miya atrofiyasi shaklida aniqlangan subklinik miya shikastlanishi bilan bog‘liqligi asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishemik insult bilan og‘rigan bemorlarda kuzatilgan kognitiv buzilishlarni baholash orqali bosh miyadagi shikastlanish geterogenligi va lokalizatsisini aniqlash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 04.08.2023 yildagi 80-sonli buyruq hamda 1-sonli klinik kasalxonasi bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 129-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi. 
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: insultdan keyingi vaxima xuruji bilan kechuvchi kognitiv buzilishlarni kompleks davolash insult o‘tkazgan bemorlar orasida insultdan so‘ng sotsial adaptatsiya va reabilitatsiya davrini qisqartirish, insultdan keyingi nogironlik rivojlanishini oldini olishga imkon berdi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Insultdan keyingi vaxima xuruji bilan kechuvchi kognitiv buzilishlarni kompleks davolash insultning reabilitatsiya davrini qisqartirdi, koyka kunlarini qisqartirdi, kasallik varaqasi tufayli mexnatga layoqatlisizlik kunlarini kamaytirdi. Ushbu ko‘rsatkichlar tufayli ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: kasalxonada qolish muddati o‘rtacha 2,2 koyka kunga qisqartirildi. Xulosa: ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: kasalxonada qolish muddati o‘rtacha 2,2 koyka kunga qisqartirildi, bu esa 240 ming so‘mni tejash imkonini berdi. Integratsiyalashgan diagnostika usulidan foydalanish kasallikning sababini kasallikning dastlabki bosqichida aniqlash va patogenetik terapiya o‘tkazish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: insultdan keyingi kognitiv buzilishlar ishemik insultning noqulay funksional natijasini bashoratlovchi mezonligi va bemorlarning kundalik faoliyati va hayot sifatiga salbiy ta’sir qilishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: insultdan keyingi kognitiv buzilishlar ishemik insult qaytalanishini bashoratlovchi mezon ekanligini inobatga olib amalga oshirilgan kompleks davolash bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi, neyrodinamik, tartibga soluvchi va operatsion kognitiv buzilishlar hamda affektiv buzilishlar kechish og‘irligini kamaytiruvchi ta’sir etishini tasdiqlangan. 
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: insultdan keyingi vaxima xuruji bilan kechuvchi kognitiv buzilishlarni kompleks davolash insultning reabilitatsiya davrini qisqartirdi, koyka kunlarini qisqartirdi, kasallik varaqasi tufayli mexnatga layoqatlisizlik kunlarini kamaytirdi. 
Xulosa: ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: kasalxonada qolish muddati o‘rtacha 2,2 koyka kunga qisqartirildi, bu esa 240 ming so‘mni tejash imkonini berdi. Integratsiyalashgan diagnostika usulidan foydalanish kasallikning sababini kasallikning dastlabki bosqichida aniqlash va patogenetik terapiya o‘tkazish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Xikmatullaeva Shaxnoza Shukrullaevnaning “Insult o‘tkazgan bemorlarda vahima xurujlari bilan kechuvchi kognitiv buzilishlar” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent Davlat stomatologiya institutining ilmiy ish natijalarini amaliyotga tadbiq etish to‘g‘risidagi xulosasi 04-z/19-son 06.09.2023 yil.

Yangiliklarga obuna bo‘lish