Sulaymanbekov   Oybek  Dusbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3451.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali.
Ilmiy rahbar: Botirova Shahlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shahzoda Abdulaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik omil va shart-sharoitlari uning tartibga solish, yo‘naltiruvchi va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini ta’lim mazmuniga kuchaytirish (adaptiv), kengaytirish (qisman modellashtiruvchi) va takomillashtirish (tizimli modellashtiruvchi) xususiyatlariga muvofiq kognitiv va motivasion komponentlar vositasida singdirish asosida aniqlashtirilgan;   
ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning ta’lim imkoniyatlari ijtimoiy bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui, usul va vositalarni ijtimoiy axloqni kuchaytirishga qaratilgan metod va usullarga shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari vositasida integrasiyalash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modeli ijtimoiy ko‘nikma va malakaga asoslangan refleksiv texnologiyalar mazmunini tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalarga motivasion (pragmatik omil), empirik (kognitiv omil) va faoliyatli (deterministik omillar) komponentlar vositasida singdirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning metodik-didaktik asoslari ijtimoiy ong va ijtimoiy axloqni ijtimoiy faoliyat ko‘nikmasiga aylantirishda pedagogikaning kognitiv, madaniy va kompetentlik paradigmalariga deterministik omil sifatida ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik mexanizmlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
ijtimoiy burchning tartibga solish, yo‘naltiruvchi va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini kuchaytirish, kengaytirish va takomillashtirish xususiyatlariga muvofiq kognitiv va motivatsion komponentlar vositasida singdirish asosida aniqlashtirilgan ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik omil va shart-sharoitlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishga doir ishlab chiqilgan diagnostik vositalar majmui bo‘yicha taklif va tavsiyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlag‘ich sinflari uchun nashr etilgan “Vneklassnaya rabota v nachal`noy shkole” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan berilgan 302-0887-son nashr guvohnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlag‘ich sinflarining metodik ta’minoti boyitilgan;
ijtimoiy bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui, usul va vositalarni ijtimoiy axloqni kuchaytirishga qaratilgan metod va usullarga shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari vositasida integrasiyalash asosida takomillashtirilgan ijtimoiy burch hissini qaror toptirishda ta’lim imkoniyatlari, o‘quvchilarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning refleksiv texnika va usullari majmui borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 15-avgustdagi 433-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ijtimoiy burch hissini qaror toptirish orqali ularni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
ijtimoiy ko‘nikma va malakaga asoslangan refleksiv texnologiyalar mazmunini tayanch, umumiy va xususiy kompetensiyalarga pragmatik, emperik va deterministik omillar vositasida singdirish asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning pedagogik modeli, ijtimoiy ong va ijtimoiy axloqni ijtimoiy faoliyat ko‘nikmasiga aylantirishda pedagogikaning kognitiv, madaniy va kompetentlik paradigmalariga deterministik omil sifatida ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida ijtimoiy burch hissini qaror toptirishning metodik-didaktik asoslari bo‘yicha ilmiy xulosa va metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 15-avgustdagi 433-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy burch hissini shakllantirish ota-ona, maktab va mahalla hamkorligi mexanizmlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish