Bo‘riev Jaloliddin Aliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida diniy motivlar», 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1534.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Poziljonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Jaloliddin Olimjonovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asaridagi diniy motivlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Qutadg‘u bilig»da Yusuf Xos Hojib birinchilardan bo‘lib turkiy adabiyotda islom aqidasi g‘oyalari – tavhid (توحيد) (Allohning yagonaligi), kavniyot (کونیات), g‘aybiyot (غیبیات) va nubuvvat (نبوة) masalalarini oyatlarda kelgan didaktik qarashlar asosida baytlarga singdirib, insonlarning e’tiqodiga ta’sir etgani dalillangan;
adib 152 o‘rinda 139 ta oyatdagi aqida (عقیدة), ta’lim (تعلیم), ruhiyat (روحیة), inson (إنسان) va koinot (کائنات)ga doir hukmlarni turkiy xalqlarga oson eslab qolish hamda sodda tushuntirish maqsadida badiiy adabiyotga singdirgani aniqlangan;
Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig»da ijtimoiy masalalarga oid hadislarni baytlar orqali badiiy ifodalashda musulmon jamiyati va tarbiya talablaridan kelib chiqqan holda eng ishonchli (sahih)laridan foydalanishga ahamiyat qaratgani asarda keltirilgan 118 ta hadisdan 82 tasi Imom Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih»i (الجامع الصحيح)dagi hadislar ekani orqali isbotlangan;
adib vazir, harbiy qo‘mondon, davlat maslahatchisi (hojib), elchilar, amaldorlar va xizmatchilarning odob-axloq qoidalarini diniy motivlar asosida badiiy tarzda yoritishi natijasida «Qutadg‘u bilig» barcha turkiy musulmon xalqlar uchun XI asr davlat boshqaruvida dasturilamal sifatida xizmat qilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida diniy motivlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
adib 152 o‘rinda 139 ta oyatdan foydalangan holda ularning tarjima hamda ma’no-mazmunini baytlarda badiiy tarzda ifodalab oyatlardagi mazmunni sodda tushunish imkoniyatini yaratgani borasidagi xulosalar O‘zbekiston Musulmonlar idorasi buyurmasi bilan tayyorlangan «Yosh xatibga» nomli kitobni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 2023-yil 20-iyuldagi 2045-son dalolatnomasi). Natijada kitobxonlarning birinchi Renessans davrida jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasi rivojiga hissasini qo‘shgan alloma haqidagi fikrlarini boyitishda xizmat qilgan;
Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig»da ijtimoiy masalalarga oid hadislarni baytlar orqali badiiy ifodalashda musulmon jamiyati va tarbiya talablaridan kelib chiqqan holda eng ishonchli (sahih)laridan foydalanishga ahamiyat qaratgani asarda keltirilgan 118 ta hadisdan 82 tasi Imom Buxoriyning «Al-jome’ as-sahih»i (الجامع الصحيح)dagi hadislarga mos kelishiga oid ilmiy xulosalardan «O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi» nomli asarida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 13-iyuldagi 02/323-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda tarixiy jarayonlarni tasavvur qilish va amalda foydalanish ko‘nikmalari bo‘yicha yangi g‘oyalarni uyg‘onishiga xizmat qilgan;
«Qutadg‘u bilig»da Yusuf Xos Hojib birinchilardan bo‘lib turkiy adabiyotga islom aqidasi g‘oyalari – tavhid (توحيد) (Allohning yagonaligi), kavniyot (کونیات), g‘aybiyot (غیبیات) va nubuvvat (نبوة) masalalarini badiiy tarzda yoritib, oyatlarda kelgan didaktik qarashlarni baytlarga singdirishi natijasida insonlarning e’tiqodi shakllanishiga ta’sir etgani haqidagi xulosalardan «Buyuk ajdodlarimiz» nomli kitobda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazining 2023-yil 1-avgustdagi 08-17/599-son dalolatnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar yurtimizda islom sivilizatsiyasi rivojiga oid yangi xulosa va qarashlar asosida buyuk o‘tishimizning haqiqiy tarixini yaratishga xizmat qilgan;
adib vazir, harbiy qo‘mondon, davlat maslahatchisi (hojib), elchilar, amaldorlar va xizmatchilarning odob-axloq qoidalarini diniy motivlar asosida badiiy tarzda yoritishi natijasida «Qutadg‘u bilig» barcha turkiy musulmon xalqlar uchun XI asr davlat boshqaruvida dasturilamal sifatida xizmat qilgani haqidagi ma’lumotdan foydalanib O‘zbekiston MTRKning «O‘zbekiston tarixi» kanalida efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvi tizimli senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRKning 2023-yil 9-yanvardagi 01-13-37-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda ajdodlar moddiy-ma’naviy merosini o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishga asos bo‘lgan.