Askarov Abdurashid Murodjovonichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sa’duddin Taftazoniyning balog‘at ilmiga oid nazariy qarashlari”, 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Isl15. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: Rustamiy Salimaxon Aliybeg qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Shafoat Saidbekovna, filologiya fanlari doktori; Zohidov Rashid Fozilovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sa’duddin Taftazoniyning balog‘at ilmiga doir nazariy qarashlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«Muṭawwal» va «Muḫtaṣaru-l-ma’āniy»dan farqli ravishda «Šarḥu-l-miftāḥ» asarida matnni so‘zma-so‘z sharhlash uslubining qo‘llangani asar tilining ruhu-l-adab (adabiy ruh)ga yaqinligini oshirgani dalillangan;
Taftazoniy tomonidan bayon ilmidagi iltifāt (التفات) usulining ta’rifiga «tinglovchi kutganidan boshqa uslubga o‘tish orqali» (غير ما يتوقعه المخاطب) degan shartning kiritilishi mazkur usulning ekspressiv vazifasini aniq chegaralashga xizmat qilgani asoslangan;
Taftazoniyning ikki ma’noga ega kalomni «tajāzub» (تجاذب), lafzlarning biri ikkinchisiga bir jihatdan taalluqli bo‘lib tartiblanishi hodisasini «tasalsul» (تسلسل) istilohi bilan nomlashi, ma’oniy ilmida xususiylikka ega bo‘lgan kategoriyalarning ajralib chiqishi va balog‘at ilmida o‘zlashishiga omil bo‘lgani aniqlangan;
XIII asr oxiri XIV asr boshlarigacha balog‘at olimlarining bu ilmga bergan ta’rifida keltirilgan ḥāl (حال) istilohi turg‘un tushuncha bo‘lmagani sababli undan turg‘un bo‘lgan maqām (مقام) tushunchasi Taftazoniy tomonidan ajratilgani balog‘at ta’rifining mukammallashishiga olib kelgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Sa’duddin Taftazoniyning balog‘at ilmiga oid nazariy qarashlari” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Muṭawwal» va «Muḫtaṣaru-l-ma’āniy»dan farqli ravishda «Šarḥu-l-miftāḥ» asarida matnni so‘zma-so‘z sharhlash uslubining qo‘llangani asar tilining ruhu-l-adab (adabiy ruh)ga yaqinligini oshirgani dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan mamlakatimiz yoshlari ongi va tafakkurini yuksaltirish ishlari hamda «Samarqandlik allomalar» nomli kitobni nashrga tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 16-avgustdagi 02/392-son ma’lumotnomasi). Natijada nashr etilgan kitoblar mazmuniga singdirilgan ma’lumotlar mamlakatimiz yoshlari ongi va tafakkuri hamda madaniyatini yuksaltirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Taftazoniy tomonidan bayon ilmidagi iltifāt (التفات) usulining ta’rifiga «tinglovchi kutganidan boshqa uslubga o‘tish orqali» (غير ما يتوقعه المخاطب) degan shartning kiritilishi mazkur usulning ekspressiv vazifasini aniq chegaralashga xizmat qilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan «Buyuk yurt allomalari», «Keshlik allomalar» nomli kitoblarni tayyorlashda keng foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 18-avgustdagi 01/07-133-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy xulosalarning keltirilishi Sa’duddin Taftazoniyning balog‘at ilmini o‘rganish orqali arab tilshunosligi va adabiyotshunosligidagi ilmlarni tartibga solgan va rivojlantirgan olimlardan bo‘lganligini ochib berishga xizmat qilgan;
Taftazoniyning ikki ma’noga ega kalomni «tajāzub» (تجاذب), lafzlarning biri ikkinchisiga bir jihatdan taalluqli bo‘lib tartiblanishi hodisasini «tasalsul» (تسلسل) istilohi bilan nomlashi, ma’oniy ilmida xususiylikka ega bo‘lgan kategoriyalarning ajralib chiqishi va balog‘at ilmida o‘zlashishiga omil bo‘lgani xususidagi xulosalardan «Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash sertifikati» taqdim etilishi belgilangan «Arab tilida bilim darajasini bilishga oid bo‘lgan B2 va C1 darajalardagi CEFR testlarini» tuzishda (leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limida), shuningdek, arab tilini bilishga qaratilgan eshitib tushunish, yozma va og‘zaki kompetensiyalarni aniqlash uchun topshiriqlar tuzish va shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 24-avgustdagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada, Davlat test markazining chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha arab tili grammatikasi va stilistikasi bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar mazmuni boyitilgan;
XIII asr oxiri XIV asr boshlarigacha balog‘at olimlarining bu ilmga bergan ta’rifida keltirilgan ḥāl (حال) istilohi turg‘un tushuncha bo‘lmagani sababli undan turg‘un bo‘lgan maqām (مقام) tushunchasi Taftazoniy tomonidan ajratilgani balog‘at ta’rifining mukammallashishiga olib kelgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining ayrim ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda, xususan, «Taqdimot» ko‘rsatuvida, shuningdek, «Ma’naviyat va ma’rifat» telekanalida «Buyuk yurt allomalari» ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2019-yil 6-dekabrdagi 02-40-2582-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Markaziy Osiyodan etishib chiqqan allomalar, xususan, Sa’duddin Taftazoniy ilmiy merosi, uning balog‘atga oid «Muṭawwal», «Muḫtaṣaru-l-ma’āniy», «Šarḥu-l-miftāḥ» asarlari haqida qo‘llangan istilohlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish