To‘laev Doniyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘arbiy Tyan-Shanda grek yong‘og‘ining istiqbolli shakllarini tanlash va tabiiy ko‘payishining ekologik asoslari”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/1.PhD/Qx884
Ilmiy rahbar: Qayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Bobokul Yorkulovich, biologiya fanlari doktori, professori; Misirova Surayyo Abdumutalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘arbiy Tyan-Shan hududidagi tabiiy yong‘oqzorlardan uning istiqbolli shakllarini tanlash, yong‘oqzorlardagi tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlarini baholash va ekologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bahorgi kechki sovuqlarda grek yong‘og‘ining novda, barg, kurtak va gullarining 91% gacha zararlanganligi hamda barglarning zararlanish darajasi boshqa organlarga nisbatan 1,25-4,8 marta yuqoriligi aniqlangan;
bahorgi kechki sovuqlarda zararlangan organlarning qayta tiklanish darajasi 20-95,7% hamda gullarning qayta tiklanish ko‘rsatkichi eng past ya’ni 20% ga teng ekanligi aniqlangan;
tabiiy yong‘oqzorlardan tanlangan shakllarni kompleks baholash orqali G‘azalkent-3, Sijjak -2 va Parkent-2 istiqbolli shakllari tanlab olingan bo‘lib, ulardagi yong‘oq mag‘zining chiqish darajasi Xumson-5 (57,8%), G‘azalkent-3 (60,4%), Sijjak–1 (57.1%), va Parkent-2 (57,2%) ekanligi aniqlangan;
tanlangan shakllarning vegetatsiya davomiyligi Sijjak–1 (204 kun) va G‘azalkent-3 (205 kun) shakllarida eng qisqa bo‘lishi aniqlangan;
G‘arbiy Tyan-Shandagi tabiiy yong‘oqzorlarning ko‘payish ko‘rsatkichlarini baholash orqali gomogenlik koeffitsienti KG<1 yaxshi ekanligi aniqlangan;
G‘arbiy Tyan-Shandagi tabiiy yong‘oqzorlarning ko‘payishida ekologik omillar, yoz mavsumidagi harorat va yillik yog‘ingarchilik muhim hisoblanib, ularning o‘zgarish ta’siri natijasida yong‘oqzorlarning maydoni 400 km2 ga qisqarishi aniqlangan;
MaxEnt dasturidan foydalanilgan holda grek yong‘og‘ining bioiqlim modelini yaratish asosida, 2070 yilga borib O‘zbekiston hududining 1,2% maydonida yong‘oqzorlarni tabiiy ko‘payishi uchun qulay bo‘lgan bioiqlim massasi saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘arbiy Tyan-Shanda grek yong‘og‘ining istiqbolli shakllarini tanlash va tabiiy ko‘payishining ekologik asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘stonliq tumani hududidagi tabiiy yong‘oqzorlarni kompleks baholash natijalari asosida tanlab olingan Xumson-5 shakli Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligida 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 03/21-6036-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, yong‘oqzorning hosildorligi 600 kg/ga ga ortgan va qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlik 12 mln. so‘mni tashkil etgan;
Parkent tumani hududidagi tabiiy yong‘oqzorlarni kompleks baholash natijalari asosida tanlab olingan Parkent-2 shakli Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligida 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 dekabrdagi 03/21-6036-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, yong‘oqzorning hosildorligi 500 kg/ga ortgan va qo‘shimcha iqtisodiy samaradorlik 10 mln. so‘mni tashkil etgan.