Raximberdiev Shoxruxbek Ravshanbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yod tanqisligi sharoitida gipotireoz kasalligida kognitiv faoliyat holatini baholash, davolash yo‘llari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib925.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yod tanqisligi sharoitida gipotireozda kognitiv buzilishlarni erta tashxislash va birlamchi profilaktikaga yondashuvlarni takomillashtirish orqali diagnostika va davolash algoritmini optimallashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotireozda erta nevrologik buzilishlar: pay reflekslari pasayishi, oyoq va qo‘llarning distal qismida giposteziya va koordinatsiyani buzilishi ekanligi, erta kognitiv buzilishlar esa: xotira passayishi, gnozis va diqqatni buzilishi ekanligi aniqlangan;
gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda tireoid gormonlar neyrospesifik oqsillar sintezida ishtirok etgani sababli, erkin T4 va kognitiv faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatqichlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik, shuningdek TTG va kognitiv faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatqichlari o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
gipotireoz bilan xastalangan yosh va o‘rta yoshdagi bemorlarda kognitiv buzilishlarning avj olishida anemiya va depressiya xolatlari prediktorligi aniqlangan;
yod tanqisligi sharoitida subklinik gipotireozda nevrologik va kognitiv assoratlarlar o‘rin bosuvchi terapiyadan sung qaytariluvchan bo‘lishi, manifest gipotireozda esa assoratlar turg‘un va ifodalangan namoyon bulishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 30 sentyabrdagi 06/24-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2021 yil 29 iyuldagi 06/2038-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: gipotireozda erta nevrologik buzilishlar: pay reflekslari pasayishi, oyoq va qo‘llarning distal qismida giposteziya va koordinatsiyani buzilishi ekanligi, erta kognitiv buzilishlar esa: xotira passayishi, gnozis va diqqatni buzilishi ekanligi aniqlangan, bu o‘z navbatida gipotireozda neyropsihologik asoratlarni barvaqt tashxislash va profilatikaga imkon berib, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri tireodologiya bo‘limida 21.06.2021y. 54-sonli buyrug‘i va Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 22.06.2021y. 68-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireozda nevrologik va kognitiv buzilishlar dinamikasi haqidagi bilimlar birlamchi tibbiy yordam shifokorlariga (oilaviy poliklinikalarda) ish yukini to‘g‘ri taqsimlashga imkon beradi; gipotireozda nevrologik va kognitiv buzilishlar diagnostikasida yanada malakali yondashuvni taminlaydi; bemorlarning davo muolajalariga moyilligini oshiradi, bu esa o‘z navbatida shifoxonalar va klinikalar yuklamalarini 58% gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ambulator davolanish muddatlarining qisqarishi tufayli xalq xo‘jaligida erishilgan iqtisodiy samaradorlik: Ais = M*(A1 – A2) = 50.000 * (10 – 6) = 200 000. Bu erda M - poliklinikadagi bitta qatnovning o‘rtacha qiymati, A1 va A2 – yil davomida asosiy va taklif qilingan poliklinikada ambulator bemorlar tomonidan vrachlarga bo‘lgan qatnovlarning o‘rtacha soni. Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida gipotireoz bilan hastalangan bemorlarda davolash va profilaktika ishini to‘g‘ri tashkillashtirish xalq xo‘jaligi hisobidan bir bemor uchun 200 000 so‘m tejashga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda tireoid gormonlar neyrospesifik oqsillar sintezida ishtirok etgani sababli, erkin T4 va kognitiv faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatqichlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik, shuningdek TTG va kognitiv faoliyatni baxolash shkalalari ko‘rsatqichlari o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlanganligi, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri tireodologiya bo‘limida 21.06.2021y. 54-sonli buyrug‘i va Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 22.06.2021y. 68-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aniqlangan korrelyasion bog‘liqlik birlamchi tibbiy yordam shifokorlari va shifoxona shifokorlari tomonidan nevrologik va kognitiv asoratlarning og‘irligini baholash, va o‘z vaqtida tashxislash jarayonini optimallashtirish, soddalashtirish va tezlashtirish imkonini berdi; yuqori malakali mutaxassislarning ish yukini 78% gacha qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: ushbu band nazariy ahamiyatga ega va olingan natijalar ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarda aks etadi. Xulosa: gipotireoz markerlari (TTG va fT4) va shkalalar (MMSE, MoCA, FAB) natijalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, davolash va profilaktikaga muolajalarini o‘z vaqtida rejalashtirishda imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: gipotireoz bilan xastalangan yosh va o‘rta yoshdagi bemorlarda kognitiv buzilishlarning avj olishida anemiya va depressiya xolatlari prediktorligi aniqlanib, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri tireodologiya bo‘limida 21.06.2021y. 54-sonli buyrug‘i va Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 22.06.2021y. 68-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kognitiv buzilishlarning xavf omillari va avj olish omillarini aniqlash gipotireoz bilan xastalangan bemorlarda ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasiga qiyosiy va sifatli yondashishga 63%gacha imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Statsionar davolanish muddatlarining qisqarishi tufayli xalq xo‘jaligida va(yoki) byudjet tomondan erishilgan iqtisodiy samaradorlik: Sis = K * (t1 – t2) = 150.000 * (24 – 14) = 1 500 000. Bu erda K - statsionarda davollanishda bo‘lgan 1 ta o‘rin-kun qiymatini , t1 va t2 – yil davomida asosiy va taklif qilingan bemorlarni statsionar davolanishda o‘rtacha bo‘lish muddati. Xulosa: sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan shifoxonalarida gipotireoz bilan hastalangan bemorlarda davolash va profilaktika ishini to‘g‘ri tashkillashtirish orqali davolash davomiyligini qisqarishidan kelib chiqadigan umumiy (xalq xo‘jaligida va(yoki) byudjet tomondan) iqtisodiy samara o‘rtacha bitta bemorga yiliga 1 500 000 so‘m tejashga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yod tanqisligi sharoitida subklinik gipotireozda nevrologik va kognitiv assoratlarlar o‘rin bosuvchi terapiyadan sung qaytariluvchan bo‘lishi, manifest gipotireozda esa assoratlar turg‘un va ifodalangan namoyon bulishi isbotlash asosida takomillashtirilib, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri tireodologiya bo‘limida 21.06.2021y. 54-sonli buyrug‘i va Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 22.06.2021y. 68-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireoz bilan hastalangan bemorlarni davolash jarayonida birlamchi bo‘g‘in shifokorlari yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash, bemorlar tashxisotiga malakali yondashuvlarni ta’minlash imkonini berdi. Gipotireozda kognitiv buzilishlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar, o‘z navbatida statsionar va poliklinikalar yuklamalarini 73%gacha qisqartirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yangi profilaktika usulini amalga oshirish hajmiga nisbatan o‘rtacha yillik tejash qiymati: Cyil = (Md x (D1 – D2) + K x (t1 – t2)) * C = (100 000 x (10-6) + 150 000 x (24-14)) * 2 = 3 800 000. Bu yerda Md – gipotireozda nevrologik va kognitiv asoratlarni profilaktikasi hajmini tanlash uchun diagnostika usulining o‘rtacha narxi; D1 va D2 asosiy va taklif qilingan variantlarda tekshiruvlar soni; K - shifoxonadagi bitta yotoq kunining o‘rtacha narxi; t1 va t2 - asosiy va taklif qilingan variantlarda bermorning kasalxonada davolanishining o‘rtacha davomiyligi, C - tavsiya etilgan Mdni amalga oshirish o‘rtacha yillik soni. Xulosa: yod tanqisligi sharoitida gipotireoz bilan hastalangan bemorlarda nevrologik va kognitiv asoratlarni taklif qilingan profilaktika usulida yillik statsionar davoni o‘rtacha 10 koyko-kunga kamaytiradi va 3 800 000 so‘mni tejaydi, kunlik iqtisod qilish qiymati esa 10 410 so‘m bo‘lishi aniqlangan.