Badalov Sunatullo Mamadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida egatsiz tekis shudgorlaydigan plugning parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1200
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Akram Azamat o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida palaxsalarni ag‘darib tekis shudgorlaydigan plugning konstruksiyasi va parametrlarini asoslash orqali dalalarni shudgorlashda energiyatejamkorlik va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shkorpus, o‘ng va chap tomonga tuproqsurgichlar hamda o‘ng va chapga ag‘daruvchi korpuslardan tashkil topgan egatsiz tekis shudgorlaydigan plugning konstruksiyasi yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida tuproqni talablar darajasida sifatli shudgorlash va kam tortishga qarshilikni ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
tuproqsurgichning parametrlari tuproqni uning oldiga uyumlamasligi, oldingi korpusning ish jarayoniga xalaqit bermasligi hamda agregat harakat tezligini hisobga olgan holda asoslangan;
plugning tuproqsurgichi va orqa korpusi orasidagi bo‘ylama masofa tuproqsurgich ishchi sirtidan otilgan tuproq zarralari oldingi korpusga etib bormaslik shartidan aniqlangan;
orqa korpus yo‘naltirgichining qamrash kengligi va yo‘naltirgich bilan lemex uchi orasidagi ko‘ndalang masofa orqa korpus bilan ag‘dariladigan palaxsani qo‘shni ochiq egatga to‘liq ag‘darilishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida egatsiz tekis shudgorlaydigan plugning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tekis shudgorlaydigan plugga Rossiya Federatsiyasi intellektual mulk bo‘yicha Federal xizmatining foydali modelga patenti olingan (“Tekis shudgorlaydigan plug”, RU № 207103-2021 y.). Natijada yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida egatsiz tekis shudgorlaydigan plugning sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida egatsiz tekis shudgorlaydigan plug bilan tekis shudgorlashda texnologik jarayonlar bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va plugning konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 06/34-05/2857-son ma’lumotnomasi). Natijada yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida tekis shudgorlaydigan plug konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida tekis shudgorlaydigan plug O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 06/34-05/2857-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa ishlov berishda yonilg‘i sarfi 21,26 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 22,2 foizga kamaygan;
yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida tekis shudgorlaydigan plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 06/34-05/2857-son ma’lumotnomasi). Natijada osma va yuqori manyovrli takomillashgan yopiq va yarim ochiq kesish sharoitida tekis shudgorlaydigan plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.