Qurbanov Abdimalik Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mosh hosilini yanchib, donini ajratadigan qurilma parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.4 PhD/T1354
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mosh hosilini kam sarf-xarajatlar bilan yanchib donini ajratadigan qurilmani ishlab chiqish, uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mosh hosilini yig‘ishtirishda donni dukkakdan shikastlantirmasdan to‘liq ajratib olish uchun dukkakga qiya zarba berib, donini ajratadigan barmoqlarga ega rotorli yanchish-ajratish qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
donlarning qurilma yanchish-ajratish apparati dekasida ajralishi rotorga deka teshikli yuzasini mayda qipiqlardan tozalash uchun havo oqimi hosil qiladigan parraklar qo‘yish orqali jadallashtirilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
qurilma yanchish-ajratish apparatida mosh poyali massasining rotordagi qiya o‘rnatilgan barmoqlar ta’siridagi harakati va yon tomonga siljishi rotor radiusi va tezligiga bog‘liq holda aniqlangan;
yanchish-ajratish qurilmasi rotoriga o‘rnatilgan parraklar hosil qilgan havo oqimi ta’sirida mayda qipiq va engil aralashmalarni purkab tashqariga chiqarib yuborilishi mohiyati ochib berilgan va donlarning jadal ajralishi hamda tozaligi ortishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mosh hosilini yanchib donini ajratuvchi qurilma parametr va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yanchish-ajratish apparati ichida qo‘shimcha havo oqimi hosil qilib, yanchilgan donni ajratish jarayonni jadallashtirilgan qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi davlat patent idorasining foydali modelga patenti olingan («Rotorli yanchish-separatsiyalash qurilmasi» FAP 00470-2009 y). Natijada mosh hosilini yanchib, donini kam shikastlanish bilan ajratadigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
mosh hosilini yanchib, donini ajratadigan qurilma Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on, Boysun va Termiz tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 14-avgustdagi 07/34-05/4036-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer va dehqon xo‘jaliklarida mosh hosilini kam harajatlar bilan sifatli yanchib olish imkoni yaratilgan;
mosh hosilini yanchib, donini ajratadigan qurilma bo‘yicha loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 14-avgustdagi 07/34-05/4036-son ma’lumotnomasi). Natijada mosh hosilini yanchib, donini ajratish uchun takomillashgan qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish