Juraeva Feruza Nurmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir-alyuminiyli montmorillonitlarni olish va ularning tekstur xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K645.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Izzat Do‘simbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fe va Al polioksokationlari asosida interkalirlangan tizimlarni sintez qilish, polioksokationlar tarkibi va tuzilishining interkalirlangan tizimlarining hususiyatlari va faolligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fe3+ va Fe3++Al3+ polioksokationlari sintezining maqbul sharoitlari aniqlanib, pillarlovchi agentlarning mustahkamligi polioksokationlar eritmalari pH qiymatining o‘zgarish kengligiga bog‘liqligi ham da Fe3+ va Fe3+/Al3+ polikationlarining yuqori barqarorligi 0,1 M eritma uchun mos ravishda 1,55-1,7 va 2,5-2,85 ni tashkil etganligi isbotlangan;
pillar materiallarni olishda interkalirlovchi zol` sistemasining barqarorligi nuqtai nazaridan Fe (III) xloriddan foydalanish yuqori samara berishi, bunda d001 refleksning intensivligi sul`fatlarga nisbatan doim 5-6% yuqori ekanligi aniqlangan;
polikation + bentonit tizimidagi almashinuv muvozanati 20-24 soatdan so‘ng ro‘y berishi hamda Fe3+ polioksokationi uchun 48 soatdan so‘ng deinterkalyasiya jarayoni boshlanib, unum 50 % va undan kamayishi, aralash polikationli tizimda esa unumi dastlabki 93 %dan faqatgina 70-75% gacha kamayishi aniqlangan;
anion bo‘yicha faolligi ortgani bois interkalirlangan bentonitlar tabiiy bentonitlarga nisbatan anion bo‘yoqlarini samaraliroq sorbsiyalashi, PXNIB va PSNIB interkalirlangan namunalarning bo‘yoq modda turiga bog‘liq holda maksimal sorbsion sig‘imga 2-3,5 soatda erishishi aniqlangan;
PXNIB namunasida metilen kukining sorbsiyasi uchun Freyndlix modeliga mos kelishi, PSNIB namunasi uchun esa ushbu model` qo‘llanganda adsorbsion muvozanat holatidan bir muncha chekinishlar kuzatilib, bu PSNIB yuzasidagi adsorbsion markazlarning xilma-xilligi va bog‘ energiyalarining turlichaligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bentonitlarni interkalirlash jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Fe polioksokationlari va bentonit asosidagi interkalirlangan tizimlar «SOF MEGA TEKSTIL» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya qo‘mitasining 2023 yil 17 apreldagi 01/18-2-1008-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlardan 91-95% gacha bo‘yoq moddalarning adsorbsion tozalanishiga yordam beradi;
oqava suvlarda bo‘yoqlarni foto Fenton tizimida katalitik zararsizlantirish usuli « SOF MEGA TEKSTIL» MChJning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya qo‘mitasining 2023 yil 17 apreldagi 01/18-2-1008-son ma’lumotnomasi). Natijada, Fe interkalirlangan material asosida oqava suvlarni 99% gacha bo‘yoq moddalardan tozalash xamda 5 marta foydalanish imkoniyatini beradi.