Yulchieva Marg‘uba G‘afurjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karbamidformaldegid smolani tarkibida azot bo‘lgan reagentlar bilan modifikatsiyalash asosida ionitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3836.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Baxtiyor Abullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda olingan ionitlar yordamida d-metallar sorbsiyasidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida kompleks hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan organik reagentlar: karbamid formaldegid smolani anilin, 1-naftilamin 2,4-dinitrofenilgidrazin va difenilkarbazon bilan modifikatsiyalash asosida tarkibida azot bo‘lgan yangi KF-A, KF-NA, KF-FG va KF-FK ionitlar olingan;
sintez qilingan ionitlarning Cu(II), Ni(II), Zn(II) va Co(II) ionlariga nisbatan statik almashinish sig‘imlari aniqlangan va ushbu metallarning olingan ionitlarda sorbsiyalanish qatori tuzilgan;
sintez qilingan ionitlarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
tarkibida azot bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi yangi polifunksional ionitlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Karbamidformaldegid smolani tarkibida azot bo‘lgan reagentlar bilan modifikatsiyalash asosida ionitlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan tarkibida kompleks hosil qiluvchi yangi ionitlar yordamida Cu(II), Ni(II), Zn(II) va Co(II) ionlarini murakkab tarkibli eritmalardan sorbsion konsentrlashning maqbul sharoitlari aniqlanib, ushbu metall ionlarini sorbsion ajratish usullari «Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasining 2023 yil 4-sentyabrdagi ECO-CER 362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olingan karbamidformaldegid smolani kimyoviy modifikatsiyalash asosida olingan ionitlar eritmalardan ba’zi d-metallarini ajratish imkonini bergan;
karbamidformaldegid va tarkibida azot, bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi reagentlar asosida olingan ionitlar «Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasida oqova suvlarni tozalashda joriy etilgan («Petromaruz-Uzbekistan» xorijiy korxonasining 2023 yil 4-sentyabrdagi ECO-CER 362-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxona oqova suvlarini ba’zi d - metallardan samarali tozalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish