Eshankulov Xasan Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Izopren kauchuk va metall tutgan akril oligomerlar bilan modifikatsiyalangan bitumlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4061.
Ilmiy rahbar: Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shukurov Dilmurod Xursandovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: izopren kauchuk va metall tutgan akril oligomerlar bilan modifikatsiyalangan bitumlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida Ni, Sn bo‘lgan akril oligomerlarini sintez qilish usuli ishlab chiqilgan va sintez jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
tarkibida Zn bo‘lgan akrilonitril-stirol-izopren sopolimeri olingan va uning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari zamonaviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
BND 60/90 markali bitumni izopren kauchuk, tarkibida metall bo‘lgan akril oligomer va sopolimerlari hamda oltingugurt yordamida modifikatsiyalangan X-1, X-2, X-3 markali bitumlar olingan;
X-1, X-2, X-3 markali bitumlarning elastiklik, reologik, yopishqoqlik, termik barqarorlik xususiyatlari zamonaviy usullar yordamida aniqlangan;
BND 60/90 markali bitum asosida izopren kauchuk, oltingugurt va metall tutgan oligomerlar bilan modifikatsiyalangan bitumlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Izopren kauchuk va metall tutgan akril oligomerlar bilan modifikatsiyalangan bitumlar olish texnologiyasi va qoʻllanilishi boʻyicha olingan natijalar asosida:
izopren kauchuk va metall tutgan akril oligomerlar bilan modifikatsiyalangan bitumlar olish texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ korxonasida yangi yuqori samarali bitumlar olishda joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ korxonasining 2023 yil 23 iyundagi 06-G‘K-434-son ma’lumotnomasi). Natijada, izopren kauchuk va metall tutgan akril oligomerlar asosida import o‘rnini bosuvchi yangi bitumlar olish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan bitumlar asosida izolyasiyalovchi qoplamalar olish usuli “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ korxonasining 2023 yil 23 iyundagi 06-G‘K-434-son ma’lumotnomasi). Natijada, BND 60/90 markali bitumni modifikatsiyalash orqali olingan izolyasiyalovchi qoplamalarning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatlarini 20 % ga oshirish imkonini bergan.