Xolmuminov Ilxom Abdixalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alpomish” dostonini ingliz tiliga tarjima qilish muammolari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.2.PhD/Fil1869.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, professor Asadov Mahmadiyor Turaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Alpomish” dostonida qo‘llanilgan stilistik vositalar va iboralarni tarjima birliklari sifatida asliyat va tarjima tillarida ekvivalentlik darajalarini sintaktik-semantik tahlil asosida aniqlash, doston tarjimasida tarjimon mahorati va yondashuvini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
folklor asarlar tarjimasi bilan bog‘liq muammolar va lingvistik transformatsiya jarayonlari asosida asliyat va tarjima matnida muqobillikka erishishda qulaylik tug‘diradigan usullar, yetakchi tamoyillar hamda ekvivalentlik darajalarini aniqlash borasidagi tajribalar ochib berilgan;
asliyatda qo‘llanilgan stilistik vositalar va iboralarni tarjima qilishning leksik-semantik, sintaktik-semantik unsurlari va formal-distributiv xususiyatlari aniqlanib, tarjima tilida berishning muqobillik darajalari isbotlangan;
“Alpomish” dostonining milliy-madaniy koloritini, qofiya va ohangini tarjima tiliga o‘girishda tarjimonning uslubi va individual mahorati ochib berilib, badiiy matndagi qofiya va ohangni tarjimada qayta yaratishdan lingvosemantik va kommunikativ omillarning ustuvorligi ochib berilgan.
“Alpomish” dostonining asliyati va ingliz tilidagi tarjimasining qiyosi orqali she’riy shakldagi dostonlar tarjimasida muqobillikka erishish yo‘lida istiqboldagi tarjimalar uchun qo‘l keladigan frazeologik birliklarning stilistik xususiyatlarini tarjimada analogiya, dominant leksika asosida aks ettirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Alpomish” dostonini ingliz tiliga tarjima qilish muammolari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
folklor asarlar matni qurilishining umumnazariy asoslari, ilk folklorshunoslarning o‘zbek folklori namunalarini jamlashda tutgan o‘rni xususidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 16-iyundagi 01/10-1213-son maʼlumotnomasi). Natijada folklor asarlarning paydo bo‘lishi va ularning turlari haqidagi ilmiy qarashlarning boyishiga asos bo‘lgan;
“Alpomish” dostonida inson qiyofasini tasvirlashda milliy madaniy xos so‘zlarning ahamiyati va ularni tarjimada ifodalanishi, dostonda qo‘llanilgan somatik so‘zlar ishtirok etgan iboralar tarjimasi muammolari va ularni bartaraf etishda tarjimon mahorati, tarjimada milliy timsollar tasviri muammolari, ularning asliyat bilan uyg‘unligiga erishishda tarjimon mahorati, asliyatda doston qahramonlarining ichki kechinmalari, fe’l-atvori, xarakteri, milliylik va umuminsoniylik g‘oyalarining tarjimada aks etishi kabi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, feʼl-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 31-maydagi 01/10-1061-son maʼlumotnomasi). Natijada yangi yaratilgan poetik lug‘at insonning qiyofasi, feʼl-atvori, badiiy qahramonning ichki dunyosini tasvirlashga doir ilmiy izohlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
o‘zbek folklorshunosligining taraqqiyot bosqichlari, folklor matnlarining o‘rganilish tarixi, “Alpomish” dostoni tarjimasida adekvatlik va ekvivalentlik muammolari, folklor asarlar tarjimasiga oid umumiy nazariyalar, folklor asarlarda milliy xos so‘zlar tarjimasi, tarjimada ohangning qayta yaratilishi, “Alpomish” dostoni va uning tarjimasida qo‘llanilgan o‘xshatishlarning sintaktik-semantik tahlili, doston tarjimasining asosiy muammolari, dostonda qo‘llanilgan metafora, mubolag‘a, sinekdoxa va qiyoslashlarning tarjima varianti bilan chog‘ishtirma tadqiqi, “Alpomish” dostonida qo‘llanilgan frazeologik birliklar tarjimasida tarjimon mahorati, asliyat va tarjimada qofiya uyg‘unligi, tarjima jarayonida tarjimonning ijodiy yondashuvi masalalariga oid ilmiy-badiiy materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyatining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 3-maydagi O‘z\R-23-29-son maʼlumotnomasi). Natijada mamlakatimiz yoshlarini o‘zbek folklorining jahon tillariga tarjimalari, undagi muammolar, tarjima muammolarini hal etish usullari, dostonda qo‘llanilgan stilistik vositalar, leksik va frazeologik birliklar tarjimasida tarjimon mahorati, keyingi yillardagi tadqiqotlarda shu kabi muammolarga nazariy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlanilayotganini targ‘ib etishga xizmat qilgan.