Elmurodov Eldorjon Shodiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosatida Yaponiya tajribasini qo‘llash yo‘llari», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ss292.
Ilmiy rahbar: Jalilov Aktam Toshnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Mirzohid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor; Qosimova Zilola G‘ulomiddin qizi, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishda siyosiy institutlarning ishtiroki va ularning o‘zaro munosabatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda loyihaviy shartnomalarni amalga oshirish orqali ta’lim va tadqiqotdagi uzoq muddatli hamkorlik samaradorligini ta’minlash asoslangan;
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini rivojlantirishda nodavlat va notijorat tashkilotlarning ta’lim sifatini oshirish, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni boshqarish hamda grant loyihalari natijalarini birgalikda nazorat qilishdagi ishtirokini faollashtirishga asoslangan shaffof boshqaruv mexanizmi dalillangan;
oliy ta’lim tizimida xalqarolashuvni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatini izchil rivojlantirish maqsadida tegishli siyosiy konsepsiyalar, strategiyalar hamda normativ hujjatlar loyihalarini Respublika oliy ta’lim Kengashi bilan kelishish amaliyotini tatbiq etish zarurati asoslab berilgan;
oliy ta’lim sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida “komplaens nazorat” (korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat) tizimini joriy qilish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim davlat siyosatini takomillashtirishda va ta’lim sifatini ta’minlashda xorijning ilgʻor tajribasiga asoslangan innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan taklif-mulohazalar asosida:
O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda loyihaviy shartnomalarni amalga oshirish orqali ta’lim va tadqiqotdagi uzoq muddatli hamkorlik samaradorligini ta’minlash borasidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan 2022-yilning yanvarida tasdiqlangan “O‘zbekiston va Yaponiyaning diplomatik munosabatlarining o‘rnatganligining 30-yilligiga bagʻishlangan chora-tadbirlar rejasi”ning “ta’lim, fan, akademik almashinuv va innovatsiyalar” sohasidagi bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasining 2023-yilning 24-avgustidagi 033/1008-sonli dalolatnomasi). Natijada,  Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Termez davlat universitetilarining xalqaro hamkorlik siyosatida Yaponiya oliy ta’lim muassasalari loyihalarining mavqeini oshirishga xizmat qilgan.
Oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini rivojlantirishda nodavlat va notijorat tashkilotlarning ta’lim sifatini oshirish, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni boshqarish hamda grant loyihalari natijalarini birgalikda nazorat qilishdagi ishtirokini faollashtirishga doir ilmiy-amaliy xulosalaridan “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan 2023-yilning 30-sentyabrida e’lon qilingan «O‘zbekistondagi TOP 20 “Aql markazlar” loyihasi» doirasida siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va mustaqil baholovchi institutlarning ahamiyatini oshirish metodlarini takomillashtirishda qo‘llanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2023-yilning 25-oktyzbriagi 664/23-sonli dalolatnomasi). Natijada, nodavlat va notijorat tashkilotlarning ishtiroki orqali oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini monitoring qilish va mavjud muammolarni tizimli o‘rganish hamda tahlil qilish imkonini berdi.
oliy ta’lim sohasiga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini Respublika oliy ta’lim Kengashi bilan kelishish amaliyotini tatbiq etishga doir takliflari 2022-yilning 8-iyunida Vazirlar Mahkamasining 319-sonli “Respublika oliy ta’lim Kengashini tashkil etish to‘gʻrisida” 2019-yil 26-dekabridagi 1037-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi  qarorning 5 va 7.a) bandlariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023 yilning 25 oktyabridagi 02/01-01-142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika oliy ta’lim Kengashi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirish vakolati orqali oliy ta’lim sifatini oshirish va sohadagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga hissa qo‘shgan;
oliy ta’lim sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida “komplaens nazorat” (korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat) tizimini joriy qilish yuzasidan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni  Yaponiya tajribasi asosida takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil 25 oktyabridagi 04/10-01-5167-son dalolatnomasi). Natijada, OTM tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish va maqsadli tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy asoslarini mustahkamlash maqsadida 96 davlat oliy ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari” tashkil etilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish