Norboev Sherzod Berdiali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Autsorsing munosabatlarini shartnomaviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03-Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu247.
Ilmiy rahbar: Choriev Murod Shokirjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Topildiev Baxromjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Sayidvalieva Xurshida Xojiakbarovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR IIV Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi autsorsing munosabatlarini shartnomaviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
autsorsing – bu bir taraf (mijoz) ishlab chiqarish jarayonida faol ishtirok etish uchun o‘z funksiyalari yoki faoliyatining (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot, moliyaviy, boshqaruv va boshqalarni) yohud biznes jarayonlari (tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik, marketing va boshqalar)ning bir qismini zarur malakali kadrlarga (resurslarga) ega bo‘lgan boshqa taraf (autsorcer)ga topshirishni va buning uchun haq to‘lashini nazarda tutuvchi hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan kelishuv hisoblanishi asoslantirilgan;
autsorsing shartnomasi aralash fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘lib, qoida tariqasida, o‘z tarkibiga birinchi navbatda pudrat shartnomasi elementlarini, ikkinchidan, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi elementlarini, shuningdek, ba’zi boshqa shartnomalar, shu jumladan boshqa sohaga mansubligi bilan ajralib turadigan shartnomalar (masalan, mehnat shartnomasi) elementlarini ham olishi asoslab berilgan;
autsorsing munosabatlarida taraflarning huquqiy maqomini belgilash zaruratidan kelib chiqib, autsorser – shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ekti bo‘lishi lozimligi asoslantirilgan;
autsorsing munosabatlarini muayyan muddat bilan aniq chegaralanishi maqsadida, autsorser bilan shartnoma bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Autsorsing munosabatlarini shartnomaviy huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
autsorsing – bu bir taraf (mijoz) ishlab chiqarish jarayonida faol ishtirok etish uchun o‘z funksiyalari yoki faoliyatining (ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot, moliyaviy, boshqaruv va boshqalarni) yohud biznes jarayonlari (tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnologik, marketing va boshqalar)ning bir qismini zarur malakali kadrlarga (resurslarga) ega bo‘lgan boshqa taraf (autsorcer) ga topshirishni va buning uchun haq to‘lashini nazarda tutuvchi hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan kelishuv hisoblanishi to‘g‘risidagi ta’rif “Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash” mutaxassisligi tinlovchilari uchun tayyorlangan “Shartnoma huquqi” darsligi (V-Bob 12-§. Autsorsing sharnomasi) da o‘z ifodasini topgan (O‘zR OO‘MTV ning 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-1071-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Ushbu ta’rif fuqarolik –huquqiy munosabatlarning yangi turi sifatida autsorsing shartnomasining ilmiy nazariy asoslarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
autsorsing shartnomasi aralash fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘lib, qoida tariqasida, o‘z tarkibiga birinchi navbatda pudrat shartnomasi elementlarini, ikkinchidan, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi elementlarini, shuningdek, ba’zi boshqa shartnomalar, shu jumladan boshqa sohaga mansubligi bilan ajralib turadigan shartnomalar (masalan, mehnat shartnomasi) elementlarini olishi haqidagi nazariy g‘oyalar “Shartnoma huquqi” darsligi (V-Bob 12-§. Autsorsing sharnomasi) da o‘z ifodasini topgan (O‘zR OO‘MTV ning 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-1071-son o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Ushbu ta’rif fuqarolik –huquqiy munosabatlarning yangi turi sifatida autsorsing shartnomasining ilmiy nazariy asoslarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
autsorser – shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ekti bo‘lishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 2-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik boshqarmasining 2023 yil 24 apreldagi 12/05-2403-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi autsorsing faoliyati sub’ektlari tarkibini aniq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
autsorser bilan shartnoma bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 22-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik boshqarmasining 2023 yil 24 apreldagi 12/05-2403-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi autsorsing shartnomasining muddatlarini aniq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan.