Xamroqulov Jalolidin Haydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Toha ibn Muhammad Bayquniy «Al-Manzuma» asarining hadis ilmi rivojidagi o‘rni», 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Isl23.
Ilmiy rahbar: Islamov Zoxidjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Ne’matullo Asatullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Eshonjonov Baxtiyor Ilhomovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toha Bayquniy “al-Manzuma” asarining hadis ilmi rivojida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VII asrda shakllangan hadis ilmi (علم الحديث) o‘zining tadrijiy bosqichlarini bosib o‘tishi va keng rivojlanishi natijasida XV-XVI asrlarga kelib, nasriy(نصر) uslubda yozilgan asarlardan nazmiy (نظم) uslubdagi asarlar yozilishiga o‘tilishi ilm va badiiylikning bir-biriga qorishishi samarasi ekanligi dalillangan;
Toha ibn Muhammad Bayquniy “al-Manzuma” (المنظومة) asarining o‘z turidagi boshqa kitoblardan farqli ravishda nazmiy uslubda yozilgani arab bo‘lmagan xalqlarda hadis ilmini to‘liq tushunish va terminlarini yodlab qolishni osonlashtirgan hamda manba Movarounnahr madrasalarida darslik adabiyoti darajasida qabul qilingani aniqlangan;
asarda mustalah al-hadisga oid avvalgi kitoblarda hadislarning “aziz” (عزيز) va “mashhur” (مشهور) turlariga berilgan ta’riflarning turlachiliga muallifning: “Aziz ikki yoki uch roviydan rivoyat qilingan hadis bo‘lsa, mashhur esa, undan ko‘proq sondagi roviylardan naql qilingan hadisdir”, deya bergan ifodasi, xulosa bo‘lib, keyingi manbalarga andoza qilib olingani asoslangan;
Toha Bayquniyning 34 baytdan iborat “al-Manzuma” asarida ilk bora hadislarning 34 ta turi ko‘rsatilib, tasniflash amaliyotining ishlab chiqilishi natijasida hadis ilmining ushbu masaladagi xulosaviy qarashlari yuzaga kelgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toha ibn Muhammad Bayquniy “al-Manzuma” asarining hadis ilmi rivojidagi o‘rni mavzusini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
VII asrda shakllangan hadis ilmi (علم الحديث) o‘zining tadrijiy bosqichlarini bosib o‘tishi va keng rivojlanishi natijasida XV-XVI asrlarga kelib, nasriy(نصر) uslubda yozilgan asarlardan nazmiy (نظم) uslubdagi asarlar yozilishiga o‘tishi ilm va badiiylikning bir-biriga qorishishi samarasi ekanligi dalillanganiga oid ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi” va “Sahihi Buxoriy sharhi” (1-jild) nomli kitoblar mazmuniga singdirilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02/491-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda hadis ilmidagi asarlarda nazm uslubining qo‘llanishiga doir ma’lumotlar, xulosalarning shakllanishiga xizmat qilgan;
Toha ibn Muhammad Bayquniy “al-Manzuma” (المنظومة) asarining o‘z turidagi boshqa kitoblardan farqli ravishda nazmiy uslubda yozilgani arab bo‘lmagan xalqlarda hadis ilmini to‘liq tushunish va terminlarini yodlab qolishni osonlashtirgan hamda manba Movarounnahr madrasalarida darslik adabiyoti darajasida qabul qilingani aniqlanganiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston” telekanalining “Hidoyat sari” va “Imom Buxoriy saboqlari” nomli turkum ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-oktyabrdagi 02-13-1588-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhaddislar faoliyati, ishonchli hadis manbalari, hadislarni o‘rganishda qo‘llanilgan qoidalar, o‘ziga xos tartiblar haqidagi ma’lumotlar tomoshabinlarga etkazildi;
asarda mustalah al-hadisga oid avvalgi kitoblarda hadislarning “aziz” (عزيز) va “mashhur” (مشهور) turlariga berilgan ta’riflarning turlachiliga muallifning: “Aziz ikki yoki uch roviydan rivoyat qilingan hadis bo‘lsa, mashhur esa, undan ko‘proq sondagi roviylardan naql qilingan hadisdir”, deya bergan ifodasi, xulosa bo‘lib, keyingi manbalarga andoza qilib olingani asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan “Hanafiy ulamolar nazdida hadis ilmi qoidalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 01-noyabrdagi 4759-son ma’lumotnomasi). Natijada hadis ilmiga doir istilohlar, ularning turlarini yoritishda “al-Manzuma” asarining ahamiyati ilmiy jamoatchilik e’tiboriga etkazildi.
Toha Bayquniynig 34 baytdan iborat “al-Manzuma” asarida ilk bora hadislarning 34 ta turi ko‘rsatilib, tasniflash amaliyoti ishlab chiqilgani natijasida hadis ilmining ushbu masaladagi xulosaviy qarashlari yuzaga kelgani isbotlanganiga oid xulosalardan buyurtma asosida nashr etilgan “Hadis to‘plamlarini qiyosiy o‘rganish” va “Hadisshunoslik I” o‘quv-qo‘llanmalari mavzularini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023-yil 26-oktyabrdagi 02-02/1-7917-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning hadislarda axloq-odob ko‘rsatmalari, ularni o‘rganish va tushunishda ma’lum qoida-atamalar ishlab chiqilganiga oid bilimlari boyishiga erishildi.