Nasrullaev Elmurod Jumaboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. “Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining ilmiy o‘rganilishi” (Mustaqillik davri), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil1312.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Salohiy Dilorom Isomiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmon Uralovich Qobilov, filologiya fanlari doktori, dotsent; Almaz Ulvi Binnatova, filologiya fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi); Amanova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr oxirgi choragi va XXI asr boshlari navoiyshunosligida Navoiy ma’rifiy qarashlari badiiy talqinlarining ilmiy-nazariy jihatdan ochib berish, adabiyotshunos olimlar A.Qayumov, Y.Ishoqov, I.Haqqulov, S.Olimov tadqiqotlari, xususan, navoiyshunos va tasavvufshunos olim N.Komilovning asarlarida ijodkor siymosini ochishda qo‘llanilgan konseptual yondashuv va metodlarning ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining badiiy talqiniga doir ijtimoiy-estetik va biografik talqinlarga ko‘ra ulug‘ shoir fenomenining badiiy yuksakligi, obrazliligi, ramziyligi hamda davr ruhini ifodalashda muhim o‘ringa egaligi ochib berilgan;
Ibrohim Haqqulov tadqiqotlarida Navoiy ijodiyoti, shuningdek, uning ma’rifiy qarashlarini talqin qilishda shoir asarlarining turkiy madaniyat bilan munosabatini, tasavvuf ta’limoti bilan aloqasini to‘laqonli yoritish usuli qo‘llanilganligi, buning natijasida o‘ziga xos yangi ilmiy-badiiy uslub yaratilganligi isbotlangan;
Aziz Qayumov, Yoqubjon Ishoqov va Sultonmurod Olimovlar Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarini ilmiy-falsafiy va tasavvufiy jihatdan talqin qilganligi, mutafakkir dahosining shakllanish asoslari va muhitini, ulug‘ shoir fenomenining davr va zamondoshlariga ta’siri, gumanistik qarashlari, jamiyat va shaxs munosabatlari kabi masalalarni ochib berishga intilganliklari dalillangan;
Najmiddin Komilovning Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlariga doir ilmiy tadqiqotlarida tasavvuf ta’limoti talqinlari bilan shoir ijodiy merosining, xususan, g‘oyaviy-ma’rifiy qarashlarining ilmiy-ma’naviy qimmatini aniq ko‘rsata bilishlik hodisasi namoyon bo‘lganligi aniqlangan;
mustaqillik yillarida yaratilgan Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining ilmiy, adabiy-badiiy talqinlarida shoir ijodiga ayrim g‘arb va rus olimlari tomonidan biryoqlama yoki yuzaki munosabat bildirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy navoiyshunoslik sohasida Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlari talqinini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining badiiy talqiniga doir ijtimoiy-estetik va biografik talqinlar asosida ulug‘ shoir fenomenining badiiy yuksakligi, obrazliligi, ramziyligi hamda davr ruhini ifodalashdagi muhim o‘rni ochib berilganligi; Ibrohim Haqqulov tadqiqotlarida Navoiy ijodiyoti, shuningdek, uning ma’rifiy qarashlarini talqin qilishda shoir asarlarining turkiy madaniyat bilan munosabatini, tasavvuf ta’limoti bilan aloqasini to‘laqonli yoritish usuli qo‘llanilganligi, buning natijasida o‘ziga xos yangi ilmiy-badiiy uslub yaratilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170926459 “Navoiyshunoslik tarixi” (XX-XXI asrlar) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 30-martdagi 01/4-649-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Navoiy shaxsi, uning ma’rifiy qarashlari, dunyoqarashi bilan bog‘liq ma’lumotlar boyitilgan;
Aziz Qayumov, Yoqubjon Ishoqov va Sultonmurod Olimovlar Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarini ilmiy-falsafiy va tasavvufiy jihatdan talqin qilganligi, mutafakkir dahosining shakllanish asoslari va muhitini, ulug‘ shoir fenomenining davr va zamondoshlariga ta’siri, gumanistik qarashlari, jamiyat va shaxs munosabatlari kabi masalalarni ochib berishga intilganliklari, Najmiddin Komilovning Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlariga doir ilmiy tadqiqotlarida tasavvuf ta’limoti talqinlari bilan shoir ijodiy merosining, xususan, g‘oyaviy-ma’rifiy qarashlarining ilmiy-ma’naviy qimmatini aniq ko‘rsata bilishlik hodisasi namoyon bo‘lganligi haqidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha web sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 13-apreldagi 816-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining ilmiy xulosalar, dallilar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida yaratilgan Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining ilmiy, adabiy-badiiy talqinlarida shoir ijodiga ayrim g‘arb va rus olimlari tomonidan biryoqlama yoki yuzaki munosabat bildidrilganligi haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Taqdimot”, “Mavzu” ko‘r-satuvlarini tayyorlashda keng foydalanilgan (“O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 13-fevraldagi 02-06-225-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlari bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratilgan.