Ibragimov Ravshan Raimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Er ostida eritmaga o‘tkazishda elektr toki bilan ta’sir qilish orqali uran qatlami o‘tkazuvchanligini oshirishni ilmiy asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3621.
Ilmiy rahbar: Aliqulov Shuxrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Duysebaev Baurjan Orazovich, texnika fanlari doktori, professor; Urinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sust o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan ma’dan gorizontlarini elektr toki qo‘llash orqali qazib olish bo‘yicha texnologik echimlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ruda oraliqlari orasida o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan rudalardan eritib ajratib oluvchi eritmalarni filtrlash tezligi elektr tokini ajratadigan ta’siri hisobiga rudalarni o‘tkazuvchanligi oshadi hamda kon-massivining etib borish imkoni bo‘lmagan joylarida kapilyarlarni ochilishi aniqlangan;
uranni elektr tokini ta’sir ettirish orqali eritib ajratib olish tog‘ jinslarini tor kapilyarlarida energiya ajralib chiqishi hisobiga kengayadi, hamda uranli rudalarni o‘tkazuvchanligini oshishi analitik tarzda aniqlangan;
o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan rudalardan uranni eritib ajratib olish jarayonida elektr tokini qo‘llash imkoniyatlari uranni ajratib olishni aniq bir oshishiga olib keladi va bu ularni moddiy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek, eritib ajratib oluvchi eritmalarni faollashishi hisobiga sulfat kislotasining solishtirma sarfi qisqarib borishi aniqlangan;
massivni filtrlanishi va texnologik skvajinalarni unumdorligini oshirish uchun elektr ta’sir ettirishni qo‘llanilishi bilan o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan uranli ruda konlarining bloklarini qazib olishni texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er ostida tanlab eritmaga o‘tkazishda elektr tokini ta’sir ettirish orqali uran qatlamini o‘tkazuvchanligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan ruda tarkibli gorizontlarda uranli ruda zaxiralarini qazib olish bo‘yicha tavsiyalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ uran konlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/651-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik skvajinalarning unumdorligini oshishi imkonini bergan;
o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan ruda tarkibli gorizontlarni elektr tokini ta’sir ettirish orqali er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish yordamida uranni qazib olish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ uran konlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/651-son ma’lumotnomasi). Natijada, er ostida tanlab eritmaga o‘tkazish jarayonining gidrodinamik rejimi takomillashgan va er ostidan uranni to‘liqligicha qazib olishni oshirish imkonini bergan.