Pugovkina Oksana Gennadevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Turkiston jamiyatini sovetlashtirishning ijtimoiy va siyosiy tuzilmasida “sobiqlar” (1917-1930-yy.): tarix va manbalar”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.DSc/Tar46.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Baxtiyor Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti..
Dissertatsiya yoʼnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston-O‘zbekistonda “sobiqlar” ijtimoiy toifasining shakllanishi va holatini, yangi sharoitda “sobiqlar”ning moslashuv jarayonlarini, hokimiyatning ularga nisbatan qo‘llagan qatag‘on amaliyotini ochib berish, shuningdek, XX-XXI asr boshlaridagi manbalar va adabiyotlarda ushbu muammoning yoritilishi darajasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkistonda 1917-yildagi Fevral to‘ntarishi g‘alabasi bilan yangi siyosiy sharoitlarda jamiyatni jipslashtirish va burjua-demokratik hokimiyatining umumiy dushmanini shakllantirish maqsadida “sobiqlar” ijtimoiy-siyosiy tushunchasining sun'iy rasmiylashtirilishi jarayoni boshlangani isbotlangan;
Sovet hukumati Turkiston «sobiqlarini» «ishonchsiz», «begona unsurlar» va «begona siyosiy mafkuraga ega» shaxslar sifatida baholagani hamda bu guruhga sobiq imperiya ma'muriyati vakillarini, rus va milliy ziyolilarini, xon va amir sulolalari vakillari va yaqinlarini, mahalliy tijorat kapitali vakillarini va ulamolarni kiritgani aniqlangan;
O‘zbekistonda Sovet hokimiyatining ilk o‘n yilliklarida Turkiston «sobiqlari» nazariy jihatdan marginal (yot) guruhlar deb e'lon qilinganiga qaramay, amaliyotda malakali kadrlar etishmovchiligi tufayli bolsheviklar bu masalada foydalanuvchi yo‘sinda yondashishga majbur bo‘lgani va Turkiston «sobiqlarining» tajriba va bilimlaridan sotsialistik qurilishda vosita sifatida foydalangani dalillangan;
sovet davri manbashunoslik va tarixshunosligida qarama-qarshilik ustun bo‘lgani va bunda Turkiston «sobiqlari» ijtimoiy guruhi – ekspluatatorlar sinfi o‘laroq manbalarda keng aks etgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonda «sotsializm g‘alabasi»da kommunistik partiyaning hal qiluvchi o‘rni sun'iy dolzarblashtirilgani tufayli ushbu guruh tarixiy tadqiqotlar mavzusi sifatida rivojlanmagani aniqlangan;
Sovet hukumatining O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati, shuningdek, «yot unsurlar»ning begonalashtirilishi, Turkistonning ijtimoiy jihatdan turlicha bo‘lgan jamiyatini birxillashtirish, shaxslarni mehnatdan mahrum qilish, yakkalash va imkoniyatlarni cheklash kabi yaratuvchanlikka to‘sqinlik qilinishi natijasida Sovet davrida ijtimoiy-madaniy turg‘unlik kelib chiqqani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkistonda 1917-yil fevral inqilobidan keyingi davrda kelib chiqishi yoki kasbiy faoliyati tufayli hokimiyatning turli usullar, jumladan, hibsga olish, noqonuniy qarorlar, mulkni musodara qilish, ijtimoiy kafolatlardan mahrum qilish yo‘llari bilan ta’qib qilingan hamda yangi hokimiyatning jamiyatni “ishonchli” va imperiya ma’muriyatining sobiq xodimlari, zobitlar, savdo vakillari, ziyolilardan iborat bo‘lgan “inqilob dushmanlari”ga bo‘lish siyosati tufayli kelib chiqqan siyosiy va ijtimoiy jarayonlar tarixini o‘rganishga oid ilmiy natijalar F1-132 “O‘zbekiston davlatchiligi tarixshunosligi: shakllanish nazariyasi va tarixiy bosqichlari” fundamental loyihasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 3/1255-383-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar 1917-yil fevral inqilobi voqealari hamda keyingi davrda Turkistonda yuz bergan ijtimoiy jarayonlar haqidagi tushunchalarni kengaytirishga xizmat qilingan;
“Sobiq”larning tajriba va bilimlaridan Sovet jamiyatining qurilishi, Qizil armiyani shakllantirish, ularning sovet hokimiyatiga xizmat qilishga o‘tish sabablari, xalq xo‘jaligi va madaniyat sohalarida foydalanish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Haqiqat chorrahalarida” teledasturida namoyish etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-yanvardagi 02-30-20-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi tarixini yoritish, sotsialistik qurilishning mahalliy xususiyatlarini ko‘rsatish, o‘rganilayotgan davrda Turkiston ASSR va O‘zbekiston SSRda kechgan ijtimoiy jarayonlarni chuqur anglashga yordam bergan;
Ish yuritish hujjatlari, statistik hisobotlar, ro‘yxatga olish materiallari va davriy matbuot nashrlarini o‘rganish orqali olingan, amalda jamiyatning ijtimoiy tuzilmasiga kirmagan, balki, o‘zbek jamiyatining ijtimoiy tuzilmasida sun’iy ravishda yaratilgan, marginallashtirilgan ijtimoiy tuzilma – “sobiqlar” ijtimoiy toifasi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq filiali Qoraqalpoq ilmiy tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilayotgan PZ 20170915198 “Qoraqalpog‘iston jamiyatining ijtimoiy ko‘rsatmalarining o‘zgarishi: tarix va amaliyot” nomli loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 3/1255-383-son ma'lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy natijalar XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekistonda sovet jamiyatining ijtimoiy tuzilishi haqidagi tushuncha va bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
Sovet davlatining O‘zbekiston “sobiqlar”iga nisbatan ma’muriy surgun va saylov huquqidan mahrum qilish kabi qatag‘on siyosati choralari, har ikkala jazo ham fuqarolarni o‘zlarining mol-mulklari va mashg‘ulotlaridan voz kechib, yashayotgan joylaridan SSSRning boshqa hududlariga ko‘chishga majbur qilgani, chunki “mahrum qilinganlar”ga aylanib, ular nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy huquqlarida ham cheklovlarga uchraganligi bilan bog‘liq manbalarni o‘rganish jarayonida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlardan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining 2023-yil 10-yanvardagi 7-son ma’lumotnoma). Olingan ilmiy natijalar sovetlashtirish jarayonlarini, shu jumladan XX asrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan qatag‘on siyosatini tushunishga ko‘maklashgan.