Alimov Toshtemir Amirqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Badiiy tarjimada gender aspektining qiyosiy tipologik tadqiqi (“O‘tkan kunlar” romani tarjimalari misolida), 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2751.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
 Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Abdulla Eshquvatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlar doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy tarjimada gender aspektining o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tipologik va chog‘ishtirma asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy genderni belgilash jamiyatdagi stereotiplar, ijtimoiy-tarixiy va kontekstual omillarga bog‘liq holda bir jamiyatdan, madaniyatdan, kontekstdan yoki davrdan boshqasiga o‘zgarishi sababli, tarjimonlarning tarjima qilishda murakkab muammolarga duch kelishining omili ekanligi murojatga oid so‘zlar; qarindoshlikka oid so‘zlar; tashqi ko‘rinishga oid so‘zlar; subkategoriyalar; realiya;  lingvokulturemalar kabi  kategoriyalar orqali isbotlangan;
“O‘tkan kunlar” romani tarjima variantlarining sifat ko‘rsatkichlari baholash mezonlarining aniq va to‘g‘ri, o‘rtacha aniq, aniq emas, tarjimaning maqbullik darajasi – ma’qul, o‘rtacha ma’qul, ma’qul emas, tarjimaning o‘qilish darajasi – yuqori, o‘rtacha, past kabi mezonlarini ishlab chiqish orqali asoslangan;
“O‘tkan kunlar” romani gender ifodalangan quyidagi omillar ya’ni, urf-odatga; kiyim-kechakka; murojaatga; xarakterga; kasb-faoliyatga oid so‘zlar va ekvivalensiz leksika so‘zlari kategoriyalar asosida dalillangan;
A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani gender jihati asarning tarkibiy elementi sifatida tilning har bir sathida (morfologik, leksik, sintaktik va matn darajasida) namoyon bo‘lishi, gender bilan belgilangan birliklar ma’lum funksiyani bajarishi va ularning ifodalanishi adekvat tarjimaning muhim omili ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Badiiy tarjimada gender aspektining qiyosiy tipologik tadqiqi” (“O‘tkan kunlar” romani tarjimalari misolida) mavzusini o’rganish natijalari asosida:
tarjimaning gender aspekti, gender tilshunosligi va tarjimashunoslik chorrahasida gender masalasining tarjima natijasiga ta’siri bilan bog‘liq tarjima muommolarini tahlil qilish, badiiy tarjimada gender omili asar va tarjima matnining strukturaviy  elementi sifatida xizmat qilishiga oid ilmiy xulosalaridan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O’zRFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 15-may 17-01/147-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjima transformatsiyalari muammosini aniqlash, genderga oid tushunchalarni tarjima qilish amaliyotini yangi sifat darajasiga koʻtarishga va tarjimaga doir tahrir dasturlarini ishlab chiqishga erishilgan;
A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani gender jihati asarning tarkibiy elementi sifatida tilning har bir sathida (morfologik, leksik, sintaktik va matn darajasida) namoyon bo‘lishi, gender bilan belgilangan birliklar har bir darajada ma’lum funksiyani bajarishi va ularning ifodalanishi adekvat tarjimaning muhim omili ekanligi bilan bogʻliq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Najot bilimda” nomli radioeshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 24-avgustdagi 17-05/248-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy boʻlishiga, eshittirishning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilishiga erishilgan;
tarjimada gender aspekti muammolari, tarjimonning gender identifikatsiyasining tarjimaga ta’siri, tarixiy mavzudagi asarning badiiyligida tarix va milliylik chambarchas bog‘liqligini belgilovchi  omillarning tahlil qilinishi, ilmiy-nazariy qarashlar va gender ko‘rsatkichga ega bo‘lgan kategoriyalarga oid xulosalardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - 2020-1-DE01-KA107-005433- Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari uneversiteti va Rur unversiteti o‘rtasidagi qo‘shma loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 12-sentyabrdagi 12/22-son ma’lumotnomasi). Genderga oid tushunchalarning semantik, morfologik va sintaktik usullar yordamida shakllanishi xususiyatlari ham modullarni ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish