Tursunov Baxtiyor Temurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning komil inson konsepsiyasini yoshlar qalbiga singdirishda sinergetik metodologiyaning o‘rni”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal375.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Mahbuba Xotambekovna falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Xudoyberganov Rovshan Xudoybergan o‘g‘li falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinergetik metodologiya imkoniyatlariga tayangan holda Alisher Navoiyning komil inson konsepsiyasining ontologik va gnoseologik mohiyatini ochib berish hamda uni yoshlar qalbiga singdirishning ustuvor jihatlarini falsafiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy komil inson konsepsiyasining ontologik va gnoseologik mohiyatida namoyon bo‘luvchi gumanizm g‘oyalarini yoshlar axloqiy tarbiyasida dominant omil ekanligi sinergetikaning nochiziqli yondashuv tamoyili vositasida asoslangan;
Alisher Navoiyning komil insonni tarbiyalashga oid g‘oyalarida “o‘z-o‘zini tashkillashtirish”, “kelajakning bugunga ta’siri”, “bifurkatsiya”, “fluktuatsiya” kabi sinergetik tamoyillarning namoyon bo‘lishi aniqlangan;
Alisher Navoiy asarlarida yoritilgan komil inson g‘oyasining bunyodkorlik xususiyatlari attraktor sifatida ijtimoiy tizimda yangi sifat va xossalarni vujudga keltiruvchi ontologik omil bo‘lib kelishi isbotlangan;
globallashuv sharoitida yuz berayotgan axloqiy degradatsiya oqibatlarini bartaraf etishda Alisher Navoiy ma’naviy merosining sistema yaratuvchanlik tabiati ijtimoiy-regulyativ ta’sirga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning komil inson konsepsiyasini yoshlar qalbiga singdirishda sinergetik metodologiyaning o‘rnini aniqlash masalalarini tadqiq etish asosida:
Alisher Navoiy komil inson konsepsiyasining ontologik va gnoseologik mohiyatida namoyon bo‘luvchi gumanizm g‘oyalarini yoshlar axloqiy tarbiyasida dominant omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan chop etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari” ensiklopediyasi, “Ma’naviyat: Asosiy tushunchalar” izohli lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022-yil 24-noyabrdagi 02-03/8963-son ma’lumotnomasi). Natijada barkamol avlod tarbiyasiga oid nazariy xulosalar, amaliy taklif hamda metodologik tavsiyalar diniy o‘rta maxsus billim yurtlari, oliy ta’lim muassasalari va shuningdek, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiyning komil insonni tarbiyalashga oid g‘oyalarida “o‘zini-o‘zi tashkillashtirish”, “kelajakning bugunga ta’siri”, “bifurkatsiya va fluktuatsiya” kabi sinergetik tamoyillarning namoyon bo‘lishiga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan nashr etilgan “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” fotoalbomini tayyorlashda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2022-yil 24-oktyabrdagi 783-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy ma’naviy merosida ilgari surilgan komil inson konsepsiyasi mohiyatining falsafiy-sinergetik tadqiqiga doir yangi nazariy bilimlarning ortishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy asarlarida yoritilgan komil inson g‘oyasining bunyodkorlik xususiyatlari attraktor sifatida ijtimoiy tizimda yangi sifat va xossalarni vujudga keltiruvchi ontologik omil ekanligi hamda globallashuv sharoitida yuz berayotgan axloqiy degradatsiya oqibatlarini bartaraf etishda Alisher Navoiy ma’naviy merosining sistema yaratuvchanlik tabiati ijtimoiy-regulyativ ta’sirga egaligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022-yil 7-noyabrdagi 02-30-1858-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy ma’naviy merosining mohiyati keng jamoatchilikka etkazilib, uning konstruktiv jihatlari yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlarga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.