Tursunova  Gavhar  Begmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Rossiya imperiyasining  Sirdaryo viloyatiga aholini ko‘chirish  siyosati  va uning oqibatlari  (XIX asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlari), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar709.
Ilmiy rahbar: G‘offorov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akram Muminovich tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; To‘xtabekov Kozimbek Azimbekovich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Sirdaryo viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasining aholini Turkistonga ko‘chirish siyosati asosan 4 ta katta bosqichda yuz berganligi, bu 1847-1881, 1881-1886, 1886-1903, 1903-1917 yillarga to‘g‘ri kelishi va Sirdaryo viloyatiga aholini ko‘chirish siyosatining boshlanishi ko‘chirishning birinchi davri, ya’ni 1847–1881 yillardan boshlanganligi ochib berilgan;
Sirdaryo viloyatiga Rossiyaning markaziy rayonlaridan aholini ko‘chirish Turkiston general-gubernatorligi boshqa viloyatlaridan (Samarqand, Farg‘ona)ga nisbatan ertaroq boshlanganligi sabablari, ko‘chirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar, ko‘chirilganlarni joylashtirish bilan bog‘liq muammolar aniqlashtirilgan;
viloyatga ko‘chirilgan aholi muammolarini hal etishda mahalliy boshqaruv bilan Turkiston general-gubernatori va imperiya ma’murlari o‘rtasidagi munosabatlar, ko‘chirishni ommaviy tus olishi omillari, mahalliy aholi va ko‘chganlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatli munosabatlar tufayli kelib chiqqan salbiy holatlar ochib berilgan;
Sirdaryo viloyatiga ko‘chirilgan aholining Turkiston general-gubernatorligi boshqa viloyatlaridagi (Ettisuv viloyatida-kazaklar, Kaspiyorti viloyatida dehqonlar va asosan chorvadorlar, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida asosan dehqonlar, shahar kambag‘allari) kabilardan ijtimoiy tarkibi farqlanishi, ularning milliy-etnik tarkibi bilan bog‘liq jihatlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasining aholini Turkistonga ko‘chirish siyosati asosan 4 ta katta bosqichda yuz berganligi, bu 1847-1881, 1881-1886, 1886-1903, 1903-1917 yillarga to‘g‘ri kelishi va Sirdaryo viloyatiga aholini ko‘chirish siyosatining boshlanishi ko‘chirishning birinchi davri, ya’ni 1847–1881 yillardan boshlanganligi hamda Sirdaryo viloyatiga Rossiyaning markaziy rayonlaridan aholini ko‘chirish Turkiston general-gubernatorligi boshqa viloyatlaridan (Samarqand, Farg‘ona)ga nisbatan ertaroq boshlanganligi sabablari, ko‘chirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar, ko‘chirilganlarni joylashtirish bilan bog‘liq muammolar aniqlashtirilganligi doir taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori Sh.G‘offorovning 2021 yil SamDU nashriyotida chop etilgan “O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmasining “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlari Turkiston o‘lkasida maorif tizimi” nomli bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2022 yil 9 sentyabrdagi 3827-sonl ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ma’lumotlari o‘quv qo‘llanmani ushbu davrga oid yangi materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
viloyatga ko‘chirilgan aholi muammolarini hal etishda mahalliy boshqaruv bilan Turkiston general-gubernatori va imperiya ma’murlari o‘rtasidagi munosabatlar, ko‘chirishni ommaviy tus olishi omillari, mahalliy aholi va ko‘chganlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatli munosabatlar tufayli kelib chiqqan salbiy holatlar ochib berilganligi hamda Sirdaryo viloyatiga ko‘chirilgan aholining Turkiston general-gubernatorligi boshqa viloyatlaridagi (Ettisuv viloyatida-kazaklar, Kaspiyorti viloyatida dehqonlar va asosan chorvadorlar, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida asosan dehqonlar, shahar kambag‘allari) kabilardan ijtimoiy tarkibi farqlanishi, ularning milliy-etnik tarkibi bilan bog‘liq jihatlar dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023 yil 29 martdagi 02-06-467-son ma’lumotnomasi). Natijada Rossiya imperiyasi davrida Turkiston, jumladan Sirdaryo viloyatiga aholini qo‘chirish siyosati bo‘yicha yangi tadqiqot materiallari asosida yanada boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish