Saidova Zulfizar Xudoyberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida inson ruhiy holatini ifodalovchi frazeologizmlarning lisoniy xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1993.
Ilmiy rahbar: Haydarov Anvar Askarovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Safarboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson ruhiy holatini ifodalovchi frazeologizmlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi inson ruhiy holatini ifodalovchi frazeologizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari, tarkibiy hamda leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan;
har ikkala tildagi frazeologiyalarning inson aqliy faoliyatini aks ettirish bilan bog‘liq qiyosiy mafkuraviy tahlili RJShX (Ruhiy jarayonlar va shaxs xususiyatlari) konseptual zonasi bilan ifodalangan voqelik sohasi frazeologik semantika nuqtai nazaridan eng boy bo‘lgan xususiyatlar “Inson his-tuyg‘ulari”, “Shaxsiy xususiyatlar”, “Iroda” va “Tafakkur” bo‘lib, ular RJShX konseptual zonasida frazeologizmlarning notekis taqsimlanishini va insonning ichki dunyosi bilan bevosita aloqasi jarayonida zohirlanishi dalillangan;
qardosh bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni qo‘llash ehtiyoji muloqot qiluvchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati, bilim darajasi, nutqiy vaziyatning bevosita ishtirokchisi ekanligi va mazkur jihatlar muayyan eksperiensial matnda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi substantiv frazeologizmlar asosan “Fikrlash”, “Iroda” va “Shaxsiy xususiyatlar”ni aks ettirsa, sifatdosh frazeologizmlar “Fikrlash”, “Inson his-tuyg‘ulari va “Shaxs xususiyatlari” subzonalarini hamda ikkala tildagi kesimli frazeologizmlar asosan g‘azab va hayrat tuyg‘ularini ifodalash uchun xizmat qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida inson ruhiy holatini ifodalovchi frazeologizmlarning lisoniy xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
qardosh bo‘lmagan ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni qo‘llash zarurati muloqot ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati, fundamental bilimi, nutqiy vaziyatga bevosita bog‘liq ekanligi va mazkur jihatlar muayyan eksperiensial kontekstda namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzusidagi innovatsion fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 18-noyabrdagi 04/1-3188/1-son ma’lumotnomasi). Natijada frazeologizmlar tahliliga asoslangan materiallar yangi ilmiy manba bilan boyigan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi inson ruhiy holatini ifodalovchi frazeologizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari, tarkibiy hamda leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 2-dekabrdagi 3458/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi inson ruhiyati bilan bog‘liq frazeologizmlar qardosh bo‘lmagan ingliz tilidagi shunday birliklardan psixolingvistik jihatdan farqlanishini asoslashga erishilgan;
har ikkala tildagi frazeologizmlarning inson aqliy faoliyatini aks ettirish bilan bog‘liq qiyosiy mafkuraviy tahlili RJShX (Ruhiy jarayonlar va shaxs xususiyatlari) konseptual zonasi bilan ifodalangan voqelik sohasi frazeologik semantika nuqtayi nazaridan eng boy bo‘lgan xususiyatlar “Inson his-tuyg‘ulari”, “Shaxsiy xususiyatlar”, “Iroda” va “Tafakkur” bo‘lib, ular RJShX konseptual zonasida frazeologizmlarning notekis taqsimlanishini va insonning ichki dunyosi bilan bevosita aloqasida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Til va tafakkur” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-noyabrdagi 1/310-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan hamda ilmiy-nazariy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.