Gafurov Baxtiyor Zakirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Reklama diskursida tibbiyot leksikasi: funksional-semantik va lingvomadaniy jihatlar (rus va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2.DSc/Fil423.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Muminov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Saparova Qunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillaridagi reklama diskursida tibbiyot leksikasining funksional-semantik jihatlarini aniqlash orqali ularning til va nutqdagi o‘rnini, lisoniy, milliy-madaniy, lingvomadaniy, lingvopragmatik, lingvodidaktik, lingvokognitiv hamda kommunikologik tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tillarida tibbiyot leksikasining funksional, semantik, lingvomadaniy, personologik, kommunikologik xususiyatlari,  kompleks  tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligining reklama diskursida voqelanishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillarning reklama diskursidagi tibbiy leksikaning integral va geterogen belgilari, nutqiy imkoniyatlari va voqelanishi, uslubiy ta’sirchanligi, emotsionallik, ekspressivlik, intensivlik, voqea-hodisalarni baholash hamda ularning  belgilari mavjudligi dalillangan;
tibbiy xizmatlar va farmatsevtika sohalarini reklama matnlarida aks etgan eng faol tibbiyot leksikasi birliklari rus terminologiyasida hind-yevropa tillar oilasining  yunon, roman, german til guruhlaridan, o‘zbek terminologiyasida esa turkiy, fors-tojik, arab, ingliz va rus tillaridan o‘zlashtirilganligi aniqlangan;
an’anaviy tibbiyot va xalq tabobati leksikasi rus va o‘zbek tillaridagi reklama diskursida tor va keng doirada terminologik, lingvodidaktik, lingvomadaniy xususiyatlari paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika bo‘linmas uchligida namoyon bo‘lishi isbotlangan;  
reklama matnlarida tibbiy leksikadan foydalanishning denotativ va konnotativ, gender, milliy-madaniy xususiyatlari, semantik strukturasi, konseptual talqiniga xos makro va mikro semantik maydonlar ko‘rinishidagi tipologik va giperonimlik tabiati namoyon bo‘lishi kabi differensial belgilari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Reklama diskursida tibbiyot leksikasi: funksional-semantik va lingvomadaniy jihatlarni (rus va o‘zbek tillari misolida) o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
 rus va o‘zbek tillarida tibbiy leksikasining funksional, semantik, lingvomadaniy, personologik, kommunikologik xususiyatlari,  kompleks  tasnifi asosida ularning yuqori funksional potensialga va o‘zining pragmatik tabiatiga egaligi, kontekstual va kommunikativ shartlanganligining reklama diskursida voqelanishiga oid nazariy xulosalardan FA-FI-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”) va FA-FI-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 1-iyuldagi  30.06/397-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan ilmiy xulosalardan qoraqalpoq tilida so‘zlar yasalishi va qaraqalpoq paremiyalari tizimida rus va o‘zbek tillarining tibbiy lug‘atidan foydalangan holda, kontekstual va kommunikativ shartlanganligining reklama diskursida voqelanishiga doir muhim muammolarni yoritishga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi reklama diskursidagi tibbiy leksikaning integral va geterogen belgilari, nutqiy imkoniyatlari va voqelanishi, uslubiy ta’sirchanligi, emotsionallik, ekspressivlik, intensivlik, voqea-hodisalarni baholash hamda ularning  belgilari mavjudligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 1-iyuldagi 04/1-2185/1-son  ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari orqali ayol jinsining fe’l-atvori, tabiati, uning ojizaligi, zaifligi, nozikligi va go‘zalligini, erkak jins vakilining shaxsiy fazilatlari: o‘ziga ishonch, mardlik, iroda, hatti-harakatlaridagi tavakkalchilikni tasvirlashga; matnni maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilganligini ta’minlashga; matn mazmunining autentlik darajasini oshirish kabi lingvistik omillarni ishlab chiqishga erishilgan;
tibbiy xizmatlar va farmatsevtika sohalarini reklama matnlarida aks etgan eng faol tibbiyot leksikasi birliklari rus terminologiyasida hind-evropa tillar oilasining  unon va roman-german tillari guruhidan, o‘zbek terminologiyasida esa turkiy, fors-tojik, arab, ingliz va rus tillaridan o‘zlashtirilganligiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 01-dekabrdagi 04/1-3290-son  ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi klinikalar, farmatsevtika mahsulotlari, ularning brendi nomlarini to‘plash va lingvistik jihatdan tahlil qilish, o‘zbek tilida neyming - nomlashning me’yoriy asoslari; o‘zbek tilida neymingning milliy va umuminsoniy jihatlari; xorij neyming texnologiyasi asosida o‘zbek xalqining milliy-madaniy qarashlari, mentaliteti hamda o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslangan neyming yaratishning elektron dasturiy ta’minoti; tibbiy xizmat turlari, farmatsevtika mahsulotlari nomlarini yaratish bilan bog‘liq tavsiyalar ishlab chiqilgan;
an’anaviy tibbiyot va xalq tabobati leksikasi rus va o‘zbek tillaridagi reklama diskursida tor va keng doirada terminologik, lingvodidaktik, lingvomadaniy xususiyatlari paradigmatik va sintagmatik aktuallashuvi semantika-funksiya-pragmatika bo‘linmasi uchligida namoyon bo‘lishiga hamda reklama matnlarida tibbiy leksikadan foydalanishning denotativ va konnotativ, gender, milliy-madaniy xususiyatlari, semantik strukturasi, konseptual talqiniga xos makro va mikro semantik maydonlar ko‘rinishidagi tipologik va giperonimlik tabiati bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Dolzarb mavzu”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Sog‘lom bo‘ling” kabi turkum ko‘satuvlar hamda “Ma’naviyat gulshani”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 1-iyuldagi 1/165-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida ko‘rsatilgan dasturlarning ilmiy-ommabopligi oshirilib, teletomoshabinlar va radiotinglovchilar tibbiy lug‘at boyligining inson hayotidagi ahamiyati va roli, rus va o‘zbek tillarida tibbiy xizmat va farmatsevtika mahsulotlari reklama matnlaridagi tibbiy atamalar (so‘zlar) yoki iboralardan maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish