Islamov Kamol Tashkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo va Evropa Renessansining o‘ziga xos xususiyatlari (tarixiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal803.
Ilmiy rahbar: Masharipova Gularam Kamilovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo va Evropa Renessansining dialektik aloqadorligi va farqli jihatlarini aniqlashtirish hamda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdagi ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo va Evropa allomalarining ilmiy-falsafiy va ma’naviy merosini qiyosiy tadqiq etish asosida ularning dunyoviylik va ratsionalizm ustuvorligi, tabiiy-ilmiy bilimlar rivoji, ilm-fanni ulug‘lash kabi umuminsoniy prinsiplar tayangani hamda Sharq allomalari ta’sirida G‘arbda dunyoviy bilimlar, fan qonuniyatiga xos xususiyatlar va boshqaruvning demokratik ildizlari shakllanganligi, undan foydalanishning ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojiga substansional ta’siri asoslab berilgan;
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning “Kitob al-amal bi-l-asturlobot” (Asturloblar bilan amal tutish haqida kitob) risolasi XII acp o‘rtalariga kelib, “Muqaddas Rim imperiyasi”da, Avstriya va Germaniyada, umuman Sharq va G‘arb kundalik hayoti talabi va ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda olimlar va hunarmandlar uchun arifmetika va yangi hisoblash tizimini ishlab chiqilishiga, o‘nlik pozision hisoblash sistemasining va raqamlarning tarqalishida muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan;
G‘arbda XIV-XV asrlarda olamning ilmiy manzarasi va kosmologik ta’limotlar rivojiga Abu Rayhon Beruniyning geliosentrik konsepsiyasi tabiat falsafasining rivojiga, uning tabiiy va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab ontologik muammolarini hal etishda va aqlning yuqori ahamiyati, bilishga intilish va manfaatdorlik kabi gnoseologik asoslarini boyitishga hissa qo‘shganligi aniqlashtirilgan;
Sharq va G‘arbda yaratilgan astronomik g‘oyalar jo‘g‘rofiy iqtisodiyotda amaliy qo‘llanilgani va Buyuk Ipak yo‘li orqali mamlakatlar taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shganligi, inson faqat moddiy boylikka emas, ko‘proq ma’naviy boylik, e’tiqod va imon tomon intilishiga oid konsepsiyalar komparativistik jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo va Evropa Renessansining o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Markaziy Osiyo va Evropa allomalarining ilmiy-falsafiy va ma’naviy merosini qiyosiy tadqiq etish asosida ularning dunyoviylik va ratsionalizm ustuvorligi, tabiiy-ilmiy bilimlar rivoji, ilm-fanni ulug‘lash kabi umuminsoniy prinsiplar tayangani hamda Sharq allomalari ta’sirida G‘arbda dunyoviy bilimlar, fan qonuniyatiga xos xususiyatlar va boshqaruvning demokratik ildizlari shakllanganligi, undan foydalanishning ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojiga substansional ta’siriga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Xorazm Ma’mun Akademiyasida bajarilgan A-FA-2019-9-raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” (2019-2022 yy) amaliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Xorazm Ma’mun Akademiyasining 2023-yil 10-apreldagi 78/1-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyo va Evropa allomalari merosiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni boyitishga, mazkur materiallar mavzuga oid targ‘ibot ishlarida material sifatida, shuningdek amaliy grant loyihasining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning “Kitob al-amal bi-l-asturlobot” (Asturloblar bilan amal tutish haqida kitob) risolasi XII acp o‘rtalariga kelib, “Muqaddas Rim imperiyasi”da, Avstriya va Germaniyada, umuman Sharq va G‘arb kundalik hayoti talabi va ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda olimlar va hunarmandlar uchun arifmetika va yangi hisoblash tizimini ishlab chiqilishiga, o‘nlik pozision hisoblash sistemasining va raqamlarning tarqalishida muhim ahamiyat kasb etganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 20-apreldagi 02-22/359-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz yoshlarni ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini shakllantirishda Markaziy Osiyo va Evropa allomalarining ilmiy, falsafiy va ijtimoiy munosabatlariga oid qarashlari yoshlarimizni vatanparvarlik, fidoiylik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, innovatsion g‘oyalarni yaratish ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
G‘arbda XIV-XV asrlarda olamning ilmiy manzarasi va kosmologik ta’limotlar rivojiga Abu Rayhon Beruniyning geliosentrik konsepsiyasi tabiat falsafasining rivojiga, uning tabiiy va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab ontologik muammolarini hal etishda va aqlning yuqori ahamiyati, bilishga intilish va manfaatdorlik kabi gnoseologik asoslarini boyitishga hissa qo‘shganligiga doir ilmiy yangiliklar va umumlashmalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlash va suratga olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston telekanali” davlat muassasasining 2023-yil 22-maydagi 06-50-982-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvni yangi materiallar, faktik ma’lumotlar bilan boyitilishiga, teletomoshabinlarning dunyoqarashi kengayishiga xizmat qilgan;
Sharq va G‘arbda yaratilgan astronomik g‘oyalar jo‘g‘rofiy iqtisodiyotda amaliy qo‘llanilgani va Buyuk Ipak yo‘li orqali mamlakatlar taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shganligi, inson faqat moddiy boylikka emas, ko‘proq ma’naviy boylik, e’tiqod va imon tomon intilishiga oid konsepsiyalarga oid ilmiy xulosalar va yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yuksak intellektual salohiyatga ega ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatida, xususan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan “Yoshlar festivali” ko‘rik tanlovi dasturining II-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy Kengashining 2023-yil 26-apreldagi 04-13/338-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari hududida Markaziy Osiyo va Evropa allomalar merosiga bag‘ishlangan kitobxonlik, vatanparvarlik, fidoyilik, Vatanga sadoqatlilik, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, alturizm sohalaridagi ishlarni samarali tashkil qilishga xizmat qilgan.