G‘ovsidinov Ma’ruf Nasridin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Y.E.Bertels ijodida Abdurahmon Jomiy falsafiy-tasavvufiy qarashlari tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal617.
Ilmiy rahbar: Bozorov Mustafo Jabborovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08
Rasmiy opponentlar: Namozov Bobir Baxrievich, falsafa fanlari doktori, professor; Axmedova Zebiniso Azizovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Y.Bertels ilmiy merosida Abdurahmon Jomiy falsafiy-tasavvufiy qarashlarining roli hamda nazariy va amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sharqshunos Bertelsning “Navoiy va Jomiy” asaridagi Abdurahmon Jomiy ma’naviy merosi Sharq xalqlari madaniyatining uyg‘unligini asoslashda, fors va turk adabiyotini qiyoslashda, ritorika, axloq, she’riyat, falsafa, astronomiya va musiqa sohalari rivojiga ta’sir o‘tkazganligi hamda mutafakkir dunyoqarashi shakllanishida so‘fiylik maktabining keng tarqalishi va Qur’onni sharhlash, fiqh, tasavvufning nazariy va amaliy asoslari kabi diniy ilmlar bilan bir qatorda matematika, astrologiya, astronomiya, musiqashunoslik, falsafa, axloq kabi dunyoviy ilmlar ta’siri aniqlashtirilgan;
Bertels ta’limotida Jomiy merosidagi bilimning ratsional-mantiqiy asosga ega bo‘lishi, mutlaq va metafizik bilimlar intuitiv idrok to‘g‘risidagi g‘oyalarning mashaqqat va zo‘ravonliklarni engib o‘tishda, gumanizmni targ‘ib etish, inson qadrini yuksaltirishdagi zarurati hamda tasavvufning g‘oyaviy taraqqiyoti, oqim va yo‘nalishlarning bir-biriga tasiri, uzviy mushtarakligi, ilmga da’vat qilish, inson ma’naviyatiga ehtirom kabi xususiyatlari asoslab berilgan;
Y.Bertelsning “Jomiy” asari asosida naqshbandiylik tariqatiga xos “vahdat ul-vujud” konsepsiyasi Abdurahmon Jomiyning mutlaq borliq shakllari (mavjudlik mohiyati, substansiya va mavjudlik, Allohning mavjudligi) g‘oyalariga hamohanglig hamda bu tariqatdagi bag‘rikenglik, xalqchillik, anʼanaviylik va zamonaviylikning garmoniyasi, xalqning manfaatini himoya qilish, kamtar, adolatli, insonparvar, mard va jasoratli mehr-shafqatli, ma’rifatli, halol bo‘lish kabi axloqiy tamoyillarning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati ochib berilgan;
Y.Bertels ilmiy merosida Jomiyning teosofik, tasavvuf tabiati, so‘fiylarning tajribalariga oid qarashlarining umumtasavvufiy mohiyati hamda tasavvufga xos “safar dar vatan”, komil inson, ma’naviy poklanish va takomillashish orqali ruhiy kamolikka erishish tamoyillarining konstruktiv ahamiyati va hurfikrlilikka, ilmli boʼlishga chorlovchi barkamol insonni tarbiyalashga oid g‘oyalarining prakseologik xususiyatlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Y.E.Bertels ijodida Abdurahmon Jomiy  ijtimoiy, falsafiy-tasavvufiy qarashlari mohiyatini ilmiy jihatdan tadqiq qilish boʼyicha olingan natijalar asosida:
sharqshunos Bertelsning “Navoiy va Jomiy” asaridagi Abdurahmon Jomiy ma’naviy merosi Sharq xalqlari madaniyatining uyg‘unligini asoslashda, fors va turk adabiyotini qiyoslashda, ritorika, axloq, she’riyat, falsafa, astronomiya va musiqa sohalari rivojiga ta’sir o‘tkazganligi hamda mutafakkir dunyoqarashi shakllanishida so‘fiylik maktabining keng tarqalishi va Qur’onni sharhlash, fiqh, tasavvufning nazariy va amaliy asoslari kabi diniy ilmlar bilan bir qatorda matematika, astrologiya, astronomiya, musiqashunoslik, falsafa, axloq kabi dunyoviy ilmlar ta’siriga doir ilmiy yangilik va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan KA-3-007-raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” (2019-2020 yy) amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023-yil 15-iyundagi 04/11-3702-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka Y.Bertels tomonidan naqshbandiylik tariqatining Jomiy merosidagi o‘rni va ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi ahamiyati borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning zaruriyatini asoslashga xizmat qilgan;
Bertels ta’limotida Jomiy merosidagi bilimning ratsional-mantiqiy asosga ega bo‘lishi, mutlaq va metafizik bilimlar intuitiv idrok to‘g‘risidagi g‘oyalarning mashaqqat va zo‘ravonliklarni engib o‘tishda, gumanizmni targ‘ib etish, inson qadrini yuksaltirishdagi zarurati hamda tasavvufning g‘oyaviy taraqqiyoti, oqim va yo‘nalishlarning bir-biriga tasiri, uzviy mushtarakligi, ilmga da’vat qilish, inson ma’naviyatiga ehtirom kabi xususiyatlariga oid umumlashma va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazining ilmiy-madaniy kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda, yurtimiz hududida VIII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi buyurtma asosida chop etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazining 2023-yil 19-yanvardagi 02/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘rta asrlar falsafiy-axloqiy va tasavvuf-she’riy g‘oyalari Jomiy dunyoqarashi shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, E.E.Bertels Jomiyning qo‘lyozma asarlarini o‘rgangan holda uning so‘fiy-panteistik qarashlarini tahlil qilganligi nashr etilgan ensiklopediyaning mavzularini ilmiy manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Y.Bertelsning “Jomiy” asari asosida naqshbandiylik tariqatiga xos “vahdat ul-vujud” konsepsiyasi Abdurahmon Jomiyning mutlaq borliq shakllari (mavjudlik mohiyati, substansiya va mavjudlik, Allohning mavjudligi) g‘oyalariga hamohanglig hamda bu tariqatdagi bag‘rikenglik, xalqchillik, anʼanaviylik va zamonaviylikning garmoniyasi, xalqning manfaatini himoya qilish, kamtar, adolatli, insonparvar, mard va jasoratli mehr-shafqatli, ma’rifatli, halol bo‘lish kabi axloqiy tamoyillarning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyatiga doir ilmiy yangiliklar, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-yanvar kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-yanvardagi 01-07/3-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jomiy ilmiy merosini tadqiq etishda u yashagan davr ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy-siyosiy ahvol, ilm-fan va madaniyat rivoji mutafakkir ijodini yoritishga, ma’naviy merosining o‘ziga xos jihatlari, axloqiy tarbiya rivojida tutgan rolini aniqlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Y.Bertels ilmiy merosida Jomiyning teosofik, tasavvuf tabiati, so‘fiylarning tajribalariga oid qarashlarining umumtasavvufiy mohiyati hamda tasavvufga xos “safar dar vatan”, komil inson, ma’naviy poklanish va takomillashish orqali ruhiy kamolikka erishish tamoyillarining konstruktiv ahamiyati va hurfikrlilikka, ilmli boʼlishga chorlovchi barkamol insonni tarbiyalashga oid g‘oyalarining prakseologik xususiyatlariga oid nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VI “Aholining internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar” asosida tashkil etilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 10-fevraldagi 03-22/122-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda Y.E.Bertels ilmiy tadqiqotlarida Sharq mutafakkirlari va Jomiy ma’naviy merosining falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish