Karimova Diloromhon Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda “o‘lim” konseptining lingvokulturologik xususiyatlari va gender tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2563.    
Ilmiy rahbar: Isroilova Dildoraxon Muxtarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamaliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Abduvaliev Mahammadjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillarda “o‘lim” konseptining lingvokulturologik xususiyatlari,  ingliz va o‘zbek tillaridagi urf-odatlari,  etikasi va gender jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida “o‘lim” konseptini ifodalovchi odatlar, irim va etikaning nutqiy kommunikatsiyada ifodalanishining  semantik jihatdan ularning ingliz va o‘zbek tillaridagi farqli va o‘xshash tomonlari  ochib berilgan;  
“o‘lim” konseptida verbal va noverbal vositalarning gender xususiyatlari va konseptual jihatlari, ingliz va o‘zbek tillarida “o‘lim” konseptini ifodalovchi leksemalarning badiiy matnlarda, shuningdek, maqol va matallardagi invariant turlari tizimining kommunikativ-pragmatik  metodlari asoslangan;
turli tizimli tillarda “o‘lim” konsepti doirasidagi evfemizm va frazeologik birliklarning milliy madaniy xususiyatlari, marhumlarning oxirgi so‘zlari uning diniga, e’tiqodiga bog‘liq ravishda shakllanishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarda “o‘lim” konsepti mohiyati va “hurmat”, “qadr-qimmat”, “ehtirom”, “xotirlash”, “ulug‘lash”, “sharaflash” kategoriyalarining gender xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda “o‘lim” konsepti ongda shakllangan kognitiv jarayon mahsuli bo‘lib, uni ifodalovchi til birliklarining pragmatik aspektini ochib berishda olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
turli tizimli tillarida “o‘lim” konsepti bilan bog‘liq janrlar tasnifi, uning nutqiy aktlarda namoyon bo‘lishi, ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan berilgan ilmiy va nazariy fikrlardan Samarqand davlat chet tillari institutining Evropa Ittifoqining Tempus dasturi 2014–2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161–TEMPUS-1 2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston DeTEL “Developing the Teaching of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining Evropa Ittifoqining Tempus dasturi 2014–2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161–TEMPUS-1 2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston DeTEL “Developing the Teaching of blended Masters Programmes” loyihasning 2022-yilning 7- fevraldagi 208\30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, filologiya yo‘nalishi talabalariga “o‘lim” konseptining mohiyati va uning madaniyatlararo tafovutlarini o‘rganishga xizmat qilgan;
turli tizimli tillarda “o‘lim” konsepti doirasidagi evfemizm va frazeologik birliklarning milliy madaniy xususiyatlari “o‘lim” konseptida verbal va noverbal vositalarning gender xususiyatlari Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli inovatsion tadqiqotlar loyihasining 2022-yil 7-fevraldagi 207\30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv tilshunoslik faniga oid fan dasturi va metodik ta’minot leksikasining boyitilishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “o‘lim” konsepti mohiyati va “hurmat”, “qadr-qimmat”, “ehtirom”, “xotirlash”, “ulug‘lash”, “sharaflash” kategoriyalarining gender xususiyatlari, “o‘lim” konseptini ifodalovchi odatlar, irim va etikaning nutqiy kommunikatsiyada ifodalanishi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining DUK “Madaniy–ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston” telekanali DM “Madaniy–ma’rifiy va badiiy eshittirishlarning ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-fevral 04-36-303-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar efirga uzatilgan eshittirishlarni tayyorlashda va ularning mazmun-mohiyatini boyitishda manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish