Zakirova Dilrabo Xaydarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va rus tillarida qarg‘ish nutqiy janrining qiyosiy tadqiqi”, 10.00.06. – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1801.
Ilmiy rahbar: Nabieva Diloro Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika institutini
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sultonova Shoxista Muxammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillaridagi qarg‘ishlarning janr shakllari mavzu guruhlari, ularning matniy tuzilishidagi milliy xususiyatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tillaridagi qarg‘ish matnlarining janr shakllari mavzu guruhlari, ularning matniy tuzilishidagi milliy xususiyatlari aniqlanib, funksional-pragmatik, semantik-sintaktik aspektlari ochib berilgan;
rus va o‘zbek tillaridagi qarg‘ishlarning shakliy strukturasi, til xususiyatlari va semantik-sintaktik xususiyatlari aniqlanib, ularning so‘zlashuv tipidagi nutqiy aktlarga tegishli ekanligi dalillangan;
turli lingvomadaniy muhitdagi qarg‘ishlarning tasnifi bilan bog‘liq muammolar o‘rganilib, tasnif mezonlari belgilanib, qarg‘ishlar semantik, sintaktik-struktur jihatdan ochib berilgan;
o‘zbek tili antiqarg‘ishlarida(“er yutmagur“, “qurib ketmagur“, “baraka topgur“, “uying bug‘doyga “to‘lgur“ kabi) mazmun va shakl nomutanosibligi, ularning tuzilish jihatdan sodda va murakkab turlarga egaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek tillarida qarg‘ish nutqiy janrining chog‘ishtirma tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
rus va o‘zbek tillaridagi qarg‘ish nutqiy janri yuzasidan berilgan ilmiy va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan XT-F2-011 “Qoraqalpoq tilini o‘qitishni takomillashtirishning nazariy –uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi va “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida va turli tillardagi qarg‘ishlarning ahamiyati, qarg‘ish nutqiy janrining milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganish haqidagi xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 28 oktyabrdagi 300-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot materiallari til va nutq birliklarining milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berish, shakliy-mazmuniy tuzilishidagi o‘ziga xosliklarini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar berishda asos bo‘lgan;
qarg‘ish nutqiy janrining lingvistik vositalariga oid ikki tildagi materiallardan olingan natijalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan F32016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 28 oktyabrdagi 300-son ma’lumotnomasi). Qarg‘ish nutqiy janrining mavzuiy tasniflanishi, ikki tilga oid qarg‘ish matnlarida milliy va farqli xususiyatlarning aks etishi. qarg‘ish nutqiy janrining leksik-semantik xususiyatlari kabi ilmiy-nazariy xulosalardan manba sifatida foydalanildi. Bu esa rus va o‘zbek xalqlari madaniyati, tili va an’analariga oid umumiy va xususiy nutqiy vaziyatlarni oydinlashtirishga, tarjima jarayonidagi leksik-semantik, leksik-stilistik, kompozision, uslubiy va lingvomadaniy xususiyatlarga oid muammolarni aniqlashga xizmat qilgan;
qarg‘ishlarning kommunikatsiya jarayonida tutgan o‘rni, rus va o‘zbek tillarida qarg‘ishlarning ahamiyati, qarg‘ish nutqiy janrining milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganish haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Til-millat kuzgusi” eshittirishlarida (2021-2022-yillar davomida) dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-oktyabrdagi 04/36-1791-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu materiallar efir uchun eshittirishlarni tayyorlashda va ularning mazmun-mohiyatini boyitishda manba bo‘lib xizmat qilgan;
qarg‘ish nutqiy janrining mavzuiy tasniflanishi, ikki tilga oid qarg‘ish matnlarida milliy va farqli xususiyatlarning aks etishi, qarg‘ish nutqiy janrining leksik-semantik xususiyatlari kabi ilmiy-nazariy xulosalar Qo‘qon davlat pedagogika instituti qoshidagi S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) “FY2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihasida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar, madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni samarali tashkil etishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022-yil 24-okyabrdagi 290-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbekcha qarg‘ish so‘zlarga beriladigan leksikografik izohlari mukammallashgan.