Bozorbekov Ahmadbek Sohibjon o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida logistika terminlarining lingvistik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2755.
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yaqubov Jamoliddin Abduvalievich filologiya fanlari doktori, professor, Tursunova Nodira Fayzullo qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida logistika sohasida qo‘llaniladigan terminlarni, semantik va funksional xususiyatlarini chog‘ishtirma usulda olib borishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarida logistika sohasida qo‘llaniladigan terminlarning tarixiy-genetik ildizlari (etimologiyasi), leksik jamg‘armasi hamda tarixiy taraqqiyot bosqichidagi takomillashuvi orqali ularning semantikasida uchraydigan ma’no kengayishi va torayishi kabi funksional o‘zgarishlar dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida logistika terminlarining hozirgi bosqichdagi holati, soha diskursining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib borish yo‘llari isbotlanib, o‘zlashma qatlamning og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanishiga muvofiq faollik darajasi hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi logistika terminlarining lingvopragmatik jihatdan tarjimadagi kalkalash, yarimkalkalash va ichki imkoniyatlar asosida so‘z yasash bilan bog‘liq muqobillari mavjudligi ochib berilgan;
etimologik va maxsus lug‘atlarda logistikaga oid konstruksiya, qisqartma, arxaik terminlarning har ikkala tildagi pragmatik jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida logistika terminlarining semantik, struktur va paradigmatik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar assosida:
o‘zbek va ingliz tillarida logistika sohasida qo‘llaniladigan terminlarning tarixiy-genetik ildizlari (etimologiyasi), leksik jamg‘armasi hamda tarixiy taraqqiyot bosqichidagi takomillashuvi orqali ularning semantikasida uchraydigan o‘ziga xos o‘zgarishlar va yangilanishlarning faktik-analitik materiallari asosida turli pragmatik-stilistik vositalarni o‘rganishga oid xulosalardan TEMPUS dasturi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161 TEMPUS-l-2013-l-UK- TEMPUS-JPCR Aston Universiteti DeTEL ’’Developing the teaching of European languaGES: modernizing language teaching through the development of blended masters programmes” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 28-fevraldagi 573/30.02.03-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillarida logistika sohasida qo‘llaniladigan terminlarning tarixiy-genetik ildizlari, leksik jamg‘armasi hamda tarixiy taraqqiyot bosqichidagi takomillashuvi orqali ularning semantikasida uchraydigan o‘ziga xos o‘zgarishlar va yangilanishlar faktik-analitik materiallar asosida dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida logistika terminlarining hozirgi bosqichdagi holati, soha diskursining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib borish yo'llarini aniqlanishga doir xulosalaridan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020-2021-yillarga muljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasini bajarishda qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 28-fevraldagi 572/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillarida logistika terminlarining hozirgi bosqichdagi holati, soha diskursining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib borish yo'llari isbotlangan, o‘zlashma qatlamning og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanishiga muvofiq faollik darajasi hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi logistika terminlarining lingvopragmatik jihatdan tarjima muqobillari va logistika sohasidagi terminlarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo'llariga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2021-2022-yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2023-yil 3-martdagi 04-36-348-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturlar uchun tayyorlangan media materiallar mazmun jihatdan mukammalashgan.
o‘zbek va ingliz tillaridagi logistika terminlarining lingvopragmatik jihatdan tarjimadagi muqobillari mavjudligini aniqlashga doir ma’lumotlardan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajararilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 23-14-sentyabrdagi 38-01/30.1925-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tillarida logistika terminlarining hozirgi bosqichdagi holati, soha diskursining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib borish yo'llari isbotlangan, o‘zlashma qatlamning og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanishiga muvofiq faollik darajasi hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan. Natijada, o‘zbek va ingliz tillaridagi logistika soxasi terminlarining lingvopragmatik jihatdan tarjimadagi muqobillari terminlarining genezisi, tarixiy taraqqiyoti xisobiga o‘zgargani aniqlangan.