Musaeva Yulduz Alpisovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda klinik-patomorfologik o‘zgarishlarning korrelyasiyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.13 – Nevrologiya, (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib859.
Ilmiy maslahatchilar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximbaeva Gul`nara Sattorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Daurexanov Asatay Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kardiogen etiologiyali insul`tlarning patomorfologik parallellar asosida kasallikning patogenetik davolash tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miya, yurak, miyadan tashqari va intratserebral arteriyalardagi aterosklerotik o‘zgarishlarni kompleks baholashda uyqu va vertebrobazilar tizimlarning arterial havzalarida turli o‘lchamdagi miya infarktining paydo bo‘lishida obstruktiv aterotromboz va serebrovaskulyar etishmovchiligi mexanizmining o‘rni isbotlangan;
miyaning karotid, vertebrobazilar va ikkala arterial havzalarining ko‘plab infarktlarining asosiy sabablarining ateroskleroz rivojlanishi bilan kardiogen xususiyatlarini o‘zgartirish imkoniyati isbotlangan;
miyaning karotid va vertebrobazilar havzalarining ko‘plab infarktlari sabablari alohida infarktlarning sabablariga mos kelishi, miyaning ikkala arterial tizimi havzalarining bir nechta infarktlari asosan tamdem aterostenoz bilan bog‘liqligi isbotlangan;
yurak patologiyali ishemik insul`tlarda mahalliy yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishi, yallig‘lanishga qarshi darajadagi erta oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasining kechikishi, klinik ko‘rinishni kuchaytiruvchi sitokinlar, TNF-α ning pasayishi va IL-10 ning oshishi insul`tning kechishi va rivojlanishining bashoratlash tartibini belgilovchi patomorfologik mezonlari isbotlangan;
kardiogen etiologiyali insul`tli bemorlarning asosiy patogenetik terapiyasiga o‘tkir va o‘tkir osti davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi antikoagulyantlarni kiritish orqali bemorlarning kognitiv faoliyatini saqlab qolish, kasallikning davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan davolash algortmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 21 oktyabrdagi 10/036-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 6 yanvardagi 8/n-r17-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: miya, yurak, miyadan tashqari va intratserebral arteriyalardagi aterosklerotik o‘zgarishlarni kompleks baholashda uyqu va vertebrobazilar tizimlarning arterial havzalarida turli o‘lchamdagi miya infarktining paydo bo‘lishida obstruktiv aterotromboz va serebrovaskulyar etishmovchiligi mexanizmining o‘rni isbotlangani Toshkent shahridagi «Shoh med» shifoxonasi bo‘yicha (10.06.2023 y.; № 27/2) hamda Respublika angioneyroxirurgiya markazi bo‘yicha (12.06.2023 y.; № 27/2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda xavf omillarini erta tashxislash orqali mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; davolash chora-tadbirlarini sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish chastotasini 29% ga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda yurak qon – tomir xavf omillarini erta tashxislash 31% holatda ateroskleroz avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi. 2) kardiogen etiologiyali otkir insul`tlarda omillarini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini va asoratlarini oldini olgan holda bitta bemor uchun statsionar sharoitda davolanishi bir kunlik xarajati: 989000 so‘m bo‘lsa, 86 nafar bemordan kasallikni avj olib borishini va asoratlarini 7 bemordan 4 bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 989000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 nafar bemor uchun 2967000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda yurak qon-tomir xavf omillarini erta tashxislash, kasallikni rivojlanishini va asoratlarini oldini olish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2967000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 989000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: miyaning karotid, vertebrobazilar va ikkala arterial havzalarining ko‘plab infarktlarining asosiy sabablarining ateroskleroz rivojlanishi bilan kardiogen xususiyatlarini o‘zgartirish imkoniyati isbotlangani Toshkent shahridagi «Shoh med» shifoxonasi bo‘yicha (10.06.2023 y.; № 27/2) hamda Respublika angioneyroxirurgiya markazi bo‘yicha (12.06.2023 y.; № 27/2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda uyqu arteriyasi dopplerografiyasini o‘rganish orqali tomirlarda ateroskleroz rivojlanishini erta tashxislashga, kasallik kechishini va noxush asoratlarni kamayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda uyqu arteriyasi dopplerografiyasi qo‘llanilishi orqali tomirlardagi aterosklerotik o‘zgarishlarni erta aniqlash natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘ning hamda uning natijasida statsionarda davolanish muddatining 2 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 2 kunda 700000 ming so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif qilingan uyqu arteriyalarini tekshirish usuli 150000 so‘m bo‘lsa, bemordan kunlik 550000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: taklif qilingan kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda uyqu arteriyasini doppler tekshiruvi usulini tatbiq etish natijasida bemorlardagi tomirlarda ateroskleroz rivojlanishi barvaqt aniqlangan, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olingan hamda bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: miyaning karotid va vertebrobazilar havzalarining ko‘plab infarktlari sabablari alohida infarktlarning sabablariga mos kelishi, miyaning ikkala arterial tizimi havzalarining bir nechta infarktlari asosan tamdem aterostenoz bilan bog‘liqligi isbotlangani Toshkent shahridagi «Shoh med» shifoxonasi bo‘yicha (10.06.2023 y.; № 27/2) hamda Respublika angioneyroxirurgiya markazi bo‘yicha (12.06.2023 y.; № 27/2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanish oldi sitokini bo‘lgan interleykin-6 miqdorini, ateroskleroz xavf omillarini aniqlash, kasallik faolligini kamaytiruvchi dori vositalarini vaqtida tavsiya qilish orqali rivojlanishi mumkin bo‘lgan kardiovaskulyar asoratlarning oldini olish natijasida ko‘p xarajatli va qo‘shimcha vaqt talab qiluvchi tekshiruv, davolash usullarini qo‘llash sarf xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda lokal yallig‘lanishni, dislipidemiya jarayonini va TNF-α miqdorini kamaytirish maqsadida antikoagulyant vosita, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita va antioksidant dori vositasi bilan birga statin qo‘llash tavsiya etilgan. Natijada bemorning shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqarishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 126000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlari kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun 53000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: bemorda yuqoridagi jarayonlarni kamaytirish maqsadida gen-injener biologik dori vositasi bilan birga statin qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqarishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 179000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurak patologiyali ishemik insul`tlarda mahalliy yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishi, yallig‘lanishga qarshi darajadagi erta oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasining kechikishi, klinik ko‘rinishni kuchaytiruvchi sitokinlar, TNF-α ning pasayishi va IL-10 ning oshishi insul`tning kechishi va rivojlanishining bashoratlash tartibini belgilovchi patomorfologik mezonlari isbotlangani Toshkent shahridagi «Shoh med» shifoxonasi bo‘yicha (10.06.2023 y.; № 27/2) hamda Respublika angioneyroxirurgiya markazi bo‘yicha (12.06.2023 y.; № 27/2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda antikoagulyant va antioksidant preparatlarining yurak qon-tomir tizimiga ijobiy ta’siri aniqlandi, ya’ni, chap qorincha qon otish fraksiyasini 6,1% ga ortishi va IMK qalinligini 8,8% ga kamayishi bilan namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga, davo ta’sirida kasallik faolligining pasayishi natijasida dislipidemiya ko‘rsatkichlarini ishonchli ravishda o‘zgarishiga erishildi (XS18,4%, TG 54%, ZPLP 31,8%, AK43,8% ga pasayishi va ZYULP 28,2% ga ortishi) va aterosklerozning avj olishini oldi olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda mahalliy yallig‘lanish, TNFα miqdorini va dislipidemiyani kamaytirish maqsadida yallig‘lanish va giperkoagulyasiya sifatida antikoagulyant va antioksidant bilan qo‘llash natijasida bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy xarajatlarini 29% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,7 kundan 8,8 kungacha qisqartirib, shifoxonada davolash to‘lov miqdori 830000 so‘mga kamaytirildi. Xulosa: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda davolash chora-tadbirlarini barvaqt boshlash orqali kasallik faolligini kamaytirish, yurakdagi fibroz jarayonlarini rivojlanishini oldi olish hamda uning oqibatida kuzatiladigan asoratlar bartaraf etilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 830000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: kardiogen etiologiyali insul`tli bemorlarning asosiy patogenetik terapiyasiga o‘tkir va o‘tkir osti davrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi antikoagulyantlarni kiritish orqali bemorlarning kognitiv faoliyatini saqlab qolish, kasallikning davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan davolash algortmi ishlab chiqilgani Toshkent shahridagi «Shoh med» shifoxonasi bo‘yicha (10.06.2023 y.; № 27/2) hamda Respublika angioneyroxirurgiya markazi bo‘yicha (12.06.2023 y.; № 27/2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiogen etiologiyali insul`tli bemorlarning asosiy patogenetik terapiyasiga kuniga ikki martta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi antikoagulyantning yangi avlodini kiritish bemorlarning kognitiv faoliyatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda mahalliy yallig‘lanish, TNFα miqdorini va dislipidemiyani kamaytirish maqsadida yallig‘lanish va giperkoagulyasiya sifatida antikoagulyant va antioksidant bilan qo‘llash natijasida bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy xarajatlarini 29% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,7 kundan 8,8 kungacha qisqartirib, shifoxonada davolash to‘lov miqdori 830000 so‘mga kamaytirildi. Xulosa: kardiogen etiologiyali o‘tkir insul`tlarda davolash chora-tadbirlarini barvaqt boshlash orqali kasallik faolligini kamaytirish, yurakdagi fibroz jarayonlarini rivojlanishini oldi olish hamda uning oqibatida kuzatiladigan asoratlar bartaraf etilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 830000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.