Nematullaev Ozod Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xlorella suspenziyasini broyler jo‘jalar va tovuqlar organizmiga hamda mahsulotlari sifatiga ta’sirini veterinariya sanitariya jihatidan baholash”, 16.00.04–Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi, veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V65
Ilmiy rahbar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor, biologiya fanlari doktori, professor. Yunusov Xudaynazar Beknazarovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yo‘ldashov Soatboy Jiyanboevich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xlorella suspenziyasini broyler jo‘jalar va tovuqlar ratsioniga qo‘shimcha tabiiy biologik faol moddalar sifatida qo‘llashning maqsadga muvofiqligi va ulardan olinadigan mahsulotlarni veterinariya sanitariya sifatiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamiz sharoitida xlorella suspenziyasi tarkibidagi faol moddalar va ularning broyler jo‘jalar tana vaznining o‘sish ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
xlorella suspenziyasining broyler jo‘jalar va tovuqlar qonining morfologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri tajribalarda isbotlangan;
xlorella suspenziyasining broyler jo‘jalar va tovuqlar mahsuldorlik va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri ilmiy asoslangan;
xlorella suspenziyasi qo‘llanilgan tovuqlarda tuxum mahsuldorligi 16,5% ga, tuxumning og‘irligi o‘rtacha 14,7% ga, broyler jo‘jalar tana vaznining 20% ortishi aniqlangan;
xlorella suspenziyasini parrandachilik sohasida samarali qo‘llashning maqbul dozasi va muddati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqarilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xlorella suspenziyasini broyler jo‘jalar go‘shti, tovuqlar tuxumi va go‘sht mahsulotlari sifatiga ta’sirini veterinariya sanitariya jihatidan baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Parranda mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida xlorella suspenziyasini biologik faol oziqa qo‘shimchasi sifatida qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan hamda qo‘llash uchun parrandachilik xo‘jaliklari va hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlariga joriy qilingan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 05 iyundagi №02/23-141-son ma’lumotnomasi) Ushbu tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash orqali parrandachilik xo‘jaliklarida broyler jo‘jalar go‘shti va tovuqlar tuxumi hamda go‘shtining sifat ko‘rsatkichlarini veterinariya sanitariya jihatdan yuqori darajada bo‘lishiga erishilgan;
Xlorella yashil suv o‘tidan suspenziya tayyorlangan, parranda mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini organoleptik va biokimyoviy jihatdan baholangan hamda ma’qbul berish miqdorlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 05 iyundagi №02/23-141-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandalarda go‘sht sifatining yuqori darajada bo‘lishiga hamda tuxumdorlikni 16,5-foizgacha, tuxum og‘irligini esa 14,7- foizga oshishiga erishilgan;
Xlorella suspenziyasini tabiiy biologik faol oziqa qo‘shimchasi sifatida tovuqlar va broyler jo‘jalar ratsioniga qo‘shimcha ravishda qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va parrandachilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 05 iyundagi №02/23-141-son ma’lumotnomasi). Xlorella suspenziyasini parrandachilikda qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, sarflangan 1 so‘m xarajatlar hisobiga 6,57 so‘mni tashkil etadi.