Quldoshev G‘ulom Mamayusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kufestrol preparatini parrandalar organizmiga ta’siri”, 16.00.04–Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi, veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/V79
Ilmiy rahbar: Xolikov Abror Azamovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, professor; Yusupov Olimjon Shoxonovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kufestrol preparatini jo‘jalar va tovuqlar organizmiga farmakologik ta’sirini o‘rganish hamda ularning tuxum va go‘sht mahsulotlarini veterinariya sanitariya jihatidan baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kufestrol preparati qo‘llanilgan tuxum yo‘nalishidagi jo‘jalarning yashovchanligi 99 % ni, o‘rtacha tirik vazni 23,5 % ga o‘sganligi aniqlangan;
kufestrol preparati qo‘llanilgan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda gematologik va immunologik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri tajribalarda isbotlangan;
kufestrol preparati qo‘llanilgan tovuqlarda tuxum mahsuldorligi o‘rtacha 14% ga, tuxumning vazni 8,5% ga yuqori bo‘lishi va tuxumni veterinariya sanitariya jihatidan baholaganda uning sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etmasligi ilmiy asoslangan;
broyler jo‘jalariga kufestrol preparati bilan boyitilgan omuxta emning berilishi go‘sht mahsuldorligini 25,8 % ga ko‘paytirishi hamda ular organizmiga farmakostimullovchi ta’siri yuqori ekanligi tajribalarda isbotlangan;
kufestrol preparati qo‘llanilganda broyler jo‘jalar go‘shtining organoleptik, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kufestrol preparatini parrandalar organizmiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Parrandalarni mahsuldorligini oshirishda kufestrol preparatini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 09 iyundagi №02/23-155-son ma’lumotnomasi). Natijada broyler jo‘jalarida tana vaznining o‘rtacha 25,8% ga, tovuqlarda tuxum mahsuldorligining o‘rtacha 14% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
Kufestrol preparatini parrandalarning oziqa ratsioniga 20 g/tonna miqdorda aralashtirib berish usuli ishlab chiqilgan va Samarqand viloyatining parrandachilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 09 iyundagi №02/23-155-son ma’lumotnomasi). Kufestrol preparatini tovuqlar va broyler jo‘jalarda qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, sarflangan 1 so‘m xarajat hisobiga 6,56 so‘m sof foyda olingan.